“ Yomonroq bo‘lishi mumkin edi” mashqi. Toza qog‘oz olib o‘zingiz uchun kichik insho yozing. Sizningcha
echimi yo‘q muammoingizni kisqacha tariflang. So‘ng bu muammoli
vaziyatning keyingi rivojining siz uchun eng qo‘rqinchli va muqarrar bo‘lgan
oqibatlarini qo‘z oldiga keltiring. Bu oqibatlarni o‘zingiz uchun yozib oling.
Xozir qandaysiz? O‘qiyapsiz. Muvaffaqiyatli. Siz o‘zingizni yaxshi his
qilyapsiz. Darhaqiqat, hammasi shunchalik qo‘rqinchli emas ekan. Endi
muammoingizga siqilgan paytda doimo bundanda yomonroq oqibatlar bo‘lishi
mumkinligini eslang. So‘ng real hayotingizga qaytib, muammoga optimizm
va quvonch nuqtai nazaridan qarang.
Psixologik treninglar 30 daqiqalik trening .
Tanishuv treningi. 1."Olma" Qatnashuvchilar davra bo‘lib o‘tiradilar. Boshlovchi "Mening ismim…. Men
…ni yaxshi ko‘raman (xohlagan narsa yoki kishining ismini aytish mumkin),-
deydi va olmani biron kishiga qarab otadi. Olmani ilib olgan ishtirokchi ham o‘zini
shunday tanishtiradi va olmani boshqa ishtirokchiga uzatadi. Keyin barcha
ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib bo‘lgunlariga qadar davom etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytish mumkin bo‘lgan jumlalar:
Men …ni yaxshi ko‘raman
Men yoqtiragan gul ….
Men yoqtiradigan rang ….
Ishchanlik muxitini yaratuvchi o‘yinlar. 2. "Azizim, men sizga yoqamanmi?" Maqsad: diqqatni bir joyga to‘plash, jimlikni saqlash, xotirani yaxshilash.
Hamma doira shaklida o‘tiradi. Boshlovchi o‘zining o‘ng yoki chap
tomonida o‘tirgan ishtirokchidan: "Azizim, men Sizga yoqamanmi?",- deb
so‘raydi. So‘ralgan odam esa quyidagicha javob beradi:"Azizim, siz menga
yoqasiz, lekin men sizga tabassum hadya eta olmayman". Boshlovchi o‘sha
odamning tabassum qilishiga erishish uchun turli hil yuz ifodalaridan, qiziqarli
narsalarni gapirib berishdan, qiliqlardan va oxirgi chora sifatida qitiqlashdan
foydalanishi mumkin. Shu yo‘sinda ishtirokchilar navbatma-navbat o‘yinni davom
ettiradilar. Etakchi o‘yin jarayonida nima mumkin yoki mumkinmasligini belgilab,
nazorat qilib turadi. Masalan, "Yo‘q, menga yoqmaysiz", deyish mumkin emas.
O‘yin to oxirgi ishtirokchi boshlovchini tabassum qilishiga erishmaguncha davom
etadi.