|
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi psixologik maslaxat va psixokorreksiyaBog'liq l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb3."Barmoqni ushlab ol!".
Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishibdi. Trener:"Hozir hammamiz
1-deganimda o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘taramiz
2-deganimda chapqыlimizni chap tomondagi sherigimizning kыrsatkich
barmog‘i ustiga qo‘yamiz.
3-deganda esa o‘ng qo‘l barmog‘imizni olib qochib, chap qo‘limiz bilan
sherigimizning barmog‘ini ushlab olamiz"- deydi.
(ko‘rsatkich barmoq tepaga qaratildan holda elkadan pastroq va yon tomonda
tutiladi).Qo‘li ushlangan odam qandaydir savolga javob berishi yoki shart bajarishi
kerak.
Aqlli o‘yinlar.
4. "Taqlid"
Yutqizgan 4 kishi xonadan tashqariga chiqarib yuboriladi, qatnashuvchilar
doira bo‘lib o‘tiradilar. Kirgan odamga vazifa berilgach hamma uning har bir
harakatiga baravar taqlid qilishi kerakligi tushuntiriladi. So‘ng birinchi odam
kirgiziladi va boshlovchi:
"Siz shunday ish bajaringki hamma qoyil qolib chapak chalsin!"- deydi.
O‘yin har bir ishtirokchi chapak chalish kerakligini uqib olmaguncha davom etadi.
Agar tushunolmasa trener yo‘naltiradi, yani "Biz nimaqilyapmiz?" deb so‘raydi.
Bu o‘yin mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi, sezgirlikka, topqirlikka
o‘rgatadi.
Ahillashtiruvchi va tana to‘siqlarini bartaraf qiluvchi o‘yinlar.
5."Kema
"
Guruh ikki komandaga bo‘linadi. Har bir guruhga bittadan gazeta beriladi.
Guruh azolari gazetani katta ochib, oyoqlarini qo‘yib gazeta, yani kemaga chiqib
5-sekund turishlari kerak (sanash hamma tayyor bo‘lib turgach boshlanadi). Keyin
gazeta ikki buklanadi, azolar chiqishadi. Keyin yana ikkiga buklanadi yana
chiqishadi. Shu tariqa gazeta to hamma sig‘ib tura olguncha buklanaveradi. Eng
kichik kemada 5 sekund turgan guruh g‘olib hisoblanadi.
Bu o‘yin bir tan bir jon bo‘lishga, guruhning jipslashuviga, ahillashuviga,
yordam beradi, epchillikka, chaqqonlikka o‘rgatadi.
|
| |