|
N – bu 1 kg massali jismga 1 —m/s
|
bet | 9/13 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #103398 |
Bog'liq kurs ishi aaaaaaaaaa (2)1 N – bu 1 kg massali jismga 1 —m/s2 tezlanish beradigan kuchdir.
Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi vektor ko‘rinishda quyidagicha ifodalanadi: Aslida, Nyutonning birinchi qonuni ikkinchi qonunining F = 0 dagi xususiy holidir. Chunki, F = 0 = ma da m ≠ 0 bo‘lgani uchun, a = 0 ekanligi kelib chiqadi. Ya’ni, jismga kuch ta’sir etmasa, unda tezlanish bo‘lmaydi.
Tezlanish — vaqt birligida jismning tezligining oʻzgarishiga aytiladi. Tezlik vektori V ning son qiymati va yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarish surʼatini ifodalovchi vektor kattalik. Xalqaro birliklar tizimi SI da tezlanish birligi qilib 1 m/s² qabul qilingan.
1.3 Nyutonning 3-qonuni
Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta’siri bir tomonlama bo‘lmay, doimo o‘zaro bo‘ladi. Bir jism ikkinchi jismga ta’sir etsa,ikkinchi jism ham birinchi jismga ta’sir ko‘rsatadi.o‘tkazilgan tajribani yana bir bor tahlil qilib ko‘raylik.
4-rasm.
4-rasm tasvirlangan aravachalarning massalari o‘zaro teng, ya’ni m1 = m2. Birinchi aravachadagi egilgan plastinka iрi uzib yuborilsa, ikkala aravacha qarama-qarshi tomonga bir xil tezlanish (→ a1 = → a2) bilan harakat qila boshlaydi. Demak, ikkala aravachaga bir xil kattalikda, lekin qarama-qarshi yo‘nalgan F1 va F2 kuchlar ta’sir etmoqda. O‘zaro ta’sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo‘lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun
5-rasm
Inertligi har xil bo’lgan aravachalarning harakati
5-rasmda tasvirlangan tajribani yana bir bor tahlil qilib chiqaylik.Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo‘yish bilan uning massasi oshirilgan va m2 > m1 deb olingan. Bukilgan plastinkani tortib turgan iр uzib yuborilganida, ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya’ni a1 > a2 bo‘lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikiga nisbatan necha marta katta bo‘lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo‘ladi. Lekin har bir aravacha massasining olgan tezlanishiga ko‘paytmasi o‘zaro teng bo‘laveradi:
m1 a1 = m2 a2. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan m1 · a1 = F1 va m2·a 2 = F2. Demak, massalari turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta’sir kuchlari miqdor jihatdan teng bo‘ladi, ya’ni: F1=F2 (6)
Ikkita dinamometrni bir-biriga ulab, ularni qarama-qarshi tomonga tortsak (6-rasm)
har ikki dinamometr ko‘rsatkichi bir xil ekanligini ko‘ramiz. Bu birinchi dinamometr qanday kuch bilan tortilsa, ikkinchisi ham xuddi shunday kuch bilan tortilganligini ko‘rsatadi. Tortayotgan kuch miqdori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qarama-qarshi tortayotgan kuch miqdoriga teng ekanligini kuzatamiz. Shu bilan birga biz dinamometrlarni qarama-qarshi tomonlarga tortganimiz uchun bu kuchlarni vektor ko‘rinishda bir chiziq bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalgan kuch ko‘rinishida ifodalashimiz kerak bo‘ladi. Prujinalari cho‘zilishga mo‘ljallangan dinamometrlar kabi siqilishga mo‘ljallangan dinamometrlarda ham birinchi dinamometr ikkinchisiga qanday kuch bilan ta’sir etayotgan bo‘lsa, ikkinchi dinamometr birinchisiga ana shunday kuch bilan ta’sir etayotganligi kuzatiladi.
(7-rasm) ikki qayiqning (8-rasm) qayiqning daraxtga
bir biriga tortilishi tortilishi
7-rasmda birinchi qayiqchi ikkinchi qayiqchini qanday kuch bilan tortsa, ikkinchi qayiqchi ham birinchi qayiqchini shunday kuch bilan tortadi. Natijada ikkala qayiq ham bir-biri tomon harakatlanadi. Agar qayiqchi boshqa qayiqni emas, qirg‘oqdagi daraxtni tortsa, o‘zi daraxtga shunday kuch bilan tortiladi . Xuddi shunday, 4-va 5-rasmlarda tasvirlangan aravachalarga ta’sir etayotgan kuchlar ham o‘zaro teng bo‘lsa-da, ular bir-biriga qarama-qarshiyo‘nalgan. Bu qonuniyat barcha ta’sirlashuvchi jismlar uchun o‘rinlidir. Shuning uchun aravachalarga ta’sir etayotgan kuchlarning vektor ko‘rinishidagi munosabatlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
F1=-F2 (7)
bunda minus ishora vektor bo‘lgan F→2 kuch F→1 kuchga qarama-qarshi yo‘nalganligini bildiradi (bu kuchlar bir to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalganligini sedan chiqarmaslik kerak).
|
| |