• Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u doimiy bir xil tezlikda harakatqiladi yoki o‘zining tinch holatini saqlaydi.
  • Jismning boshqa jismlar ta’siri bo‘lmaganida o‘zining tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash xossasi inersiya deyiladi




    Download 3,08 Mb.
    bet6/13
    Sana22.11.2023
    Hajmi3,08 Mb.
    #103398
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    kurs ishi aaaaaaaaaa (2)

    Jismning boshqa jismlar ta’siri bo‘lmaganida o‘zining tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash xossasi inersiya deyiladi.
    Inersiya borligi tufayli jismning tezligini to‘satdan oshirib yoki kamaytirib bo‘lmaydi. Jism holatini o‘zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak.Ma‘lum tezlikda kelayotgan avtomobil birdaniga to‘xtay olmaydi. Shu tezlikda kelayotgan poyezd sostavining to‘xtashi uchun yana ham ko‘proq vaqt va masofa kerak bo‘ladi. Shuning uchun yurib ketayotgan transport vositasi oldini kesib o‘tish juda xavfli.Transport vositasining to‘xtashi davomida bosib o‘tgan yo‘li tormozlanish masofasi deb ataladi

    Nyutonning birinchi qonuni - Nyuton o‘zidan oldin yashab ijod etgan olimlarning xulosalariga, o‘zining kuzatish va tajribalari natijalariga asoslanib, inersiya qonunini quyidagicha ta’rifladi:
    Jismga kuch ta’sir etib, uni tinch yoki to‘g‘richiziqli tekis harakat holatidan chiqarmaguncha, u shu holatini saqlaydi. Bu qonun Nyutonning birinchi qonuni deb ataladi.
    Uni boshqacha ta’riflash ham mumkin:
    Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u doimiy bir xil tezlikda harakatqiladi yoki o‘zining tinch holatini saqlaydi.
    Ipga osib qo‘yilgan sharchaga Yer tortish kuchi →F1 ta’sir etib, pastga tushirishga harakat qilsa, ip →F 2 kuch bilan uni tepaga tortib, tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada sharcha osilgan holda tinch turadi. Agar ip uzib yuborilsa, jism pastga tushib ketadi(3-rasm). Bu yerda Ibn Sinoning ishkomning qulashi haqidagi misolini eslash o‘rinli. Ya’ni ishkom unga ta’sir etuvchi ikkita kuching tengligi sababli muvozanatda turgan edi.Yuqoriga ko‘tarib turuvchi ustun ta’siri olib tashlanganida esa og‘irlik kuchi ta’sirida ishkom harakatga keldi va qulab tushdi.




    1.2.Jism massasi. Nyutonning 2-qonuni
    Jismlarning inertligi Jismga boshqa jism ta’sir etmaganda uning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash xossasiga inertlik deyiladi.
    Jismga kuch ta’sir qilganda, shu jism inertligining katta yoki kichikligi namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham, gantelni shtangaga nisbatan ko‘tarish, ya’ni harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga nisbatan kichik. O‘yinchoq mashinani qo‘limiz bilan turtib yuborsak, u harakatlanadi. Lekin haqiqiy mashinani turtib yurgizish uchun ancha katta kuch kerak bo‘ladi. Chunki haqiqiy mashinaning inertligi katta. Poyezdning inertligi har qanday mashina inertligidan katta. Shuning uchun poyezdni joyidan qo‘zg‘atib, tezligini oshirish va aksincha, u harakatda bo‘lsa, to‘xtatish qiyin. Katta tezlikda ketayotgan poyezdning to‘xtashi uchun katta kuch va vaqt kerak bo‘ladi.

    Download 3,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 3,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismning boshqa jismlar ta’siri bo‘lmaganida o‘zining tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash xossasi inersiya deyiladi

    Download 3,08 Mb.