|
Jismning inertligi qancha katta bo‘lsa, uning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini o‘zgartirish shuncha qiyin kechadi
|
bet | 7/13 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #103398 |
Bog'liq kurs ishi aaaaaaaaaa (2)Jismning inertligi qancha katta bo‘lsa, uning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini o‘zgartirish shuncha qiyin kechadi.
Jismlar sistemasining massasi
Massa skalyar kattalikdir. Bir nechta jismning umumiy massasini topish uchun har qaysi jism massasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladi. Masalan, qaralayotgan sistemada m1 va m2 massali ikkita jism mavjud bo‘lsin. Bu jismlar sistemasining massasi m = m1 + m2 ga teng bo‘ladi. Agar Sistema m1, m2, m3, . . , mn massali n ta jismdan tashkil topgan bo‘lsa, sistemaning massasi shu jismlar massalarining yig‘indisiga teng bo‘ladi:
m = m1 + m2 + m3 + . . . + mn .
Ushbu xossaga ko‘ra, massa modda miqdorining o‘lchovi vazifasini bajaradi
Massa
Massa — asosiy fizik kattaliklardan biri boʻlib, materiyaning inersion va gravitatsion xossalarini aniqlovchi skalyar kattalik. SIda massa kgda oʻlchanadi.
Massa (lotincha: massa — katta tosh; boʻlak) (fizikada) — jismning inertlik va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi fizik kattalik. M. tushunchasini fanga birinchi boʻlib I. Nyuton 1687-yilda "Natural falsafaning matematik asoslari" nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar taʼsir etmaguncha tinch yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlilik deb ataladi. Jism inertliligining oʻlchovi — inersion M. Berk sistemani tashkil etuvchi ikki jism faqat oʻzaro taʼsirlashadi. At vaqt mobaynida birinchi jism tezligi Di, va ikkinchi jism tezligi Di, ga oʻzgargan bulsin. Nyuton qonunlariga asosan mt&v=—t2Di, boʻladi, bunda t, va t2 — koeffitsiyentlar. At oʻzgarsa, unga mos ravishda Di, va Di2 lar ham oʻzgaradi, lekin /i, va t2 oʻzgarmas kattalik boʻlib qolaveradi, /i, va t2 lar faqat birinchi va ikkinchi jismlarning oʻziga bogʻliq boʻlganligi uchun ular inersion M.lar deb ataladi. Ammo jism faqat inersion xususiyatlarga ega boʻlibgina qolmay, atrofidagi fazoda gravitatsiya maydonini vujudga keltiradi. Bu maydon oʻz xususiyatlari boʻyicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga oʻxshaydi. Gravitatsiya maydonini vujudga keltiruvchi zaryad gravitatsion zaryad yoki gravitatsion M. deb ataladi. Nyutonning butun olam tortishish qonunita asosan, Yerning gravitatsiya maydoniga emas, Yer sirti yaqinida joylashgan jismga Yerning tortishish kuchi taʼsir etadi.
Tinch holatdagi M.si nolga teng boʻlgan zarralar ham bor. Masalan, fotonlar.Bunday zarralar tinch holatda mavjud boʻlmaydi.Paydo boʻlgan ondayoq c(yorugʻlik tezligi) tezlik bilan harakatlana boshlaydi.
Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Tajribalardan ko‘rinadiki, bitta jism o‘rniga shunday kattalikdagi ikkita jism bir-biriga yopishtirib qo‘yilsa, bir xil kattalikdagi kuch ta’sirida ularning olgan tezlanishlari ikki marta kamayadi. Bir xil hajmdagi turli moddalardan tayyorlangan jismlar bir xil kuch ta’sirida turlicha tezlanish oladi, ya’ni inertligi turlicha miqdorda bo‘ladi. Demak, har bir jism inertligini jism ma’lum kuch ta’sirida olgan tezlanishini mexanik usulda o‘lchash yo‘li bilan topish mumkin. Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, turli jismlarning inertligi turlicha miqdorda bo‘ladi. Har bir jismning inertligi shu jismning o‘zigagina xos kattalikdir. Jismlarning inertligini taqqoslash uchun maxsus kattalik – massa qabul qilingan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jismning inertligi qancha katta bo‘lsa, uning tinch yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini o‘zgartirish shuncha qiyin kechadi
|