|
Dinamika asoslari
|
bet | 3/13 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #103398 |
Bog'liq kurs ishi aaaaaaaaaa (2)Kurs ishining obyekti: Kuch. Massa. Nyuton qonunlari
Kurs ishining predmeti: Nyuton qonunlarini o’rganish
Kurs ishining maqsadi: Nyuton qonunlarini o’rganish,tahlil qilish,
formulalari bilan tanishish
Kurs ishining vazifalari:
1.Kuch, jism massasi, inersial sanoq sistemalarini o’rganish
2.Nyuton qonunlari haqida ma’lumot to’plash va o’rganish
3.Butun olam tortishish qonuni haqida ma’lumot
izlash,to’plash va o’rganish
1.1 Nyutonning 1-qonuni. Inertsial sanoq tizimlari
Kuch (mexanikada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexanik taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan ta'sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning deformatsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuch G' jism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: G' = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, massa, prujina yoki sterjenning cho'zilishi (siqilishi)da vujudga keluvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional:Gʻ = — Kx, bunda K — prujina yoki sterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega bo'lib, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshidir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va Isaak Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2.
Fizikada kuch fizik jism harakati, yoʻnalishi yoki geometrik tuzilishini oʻzgartiruvchiharqandaytaʼsirdir.Boshqachaaytganda,kuch massali jism tezligini oʻzgartiradi (tezlatadi yo sekinlatadi), yoki egiluvchan jismni deformatsiyalaydi. Kuchni tortish yoki itarish kabi intuitiv konseptlar orqali ifodalash mumkin. Kuch vektor kattalikdir, u ham son qiymatga, ham yoʻnalishga ega. Newton ikkinchi qonuni, F = ma, aslida biroz boshqacha ifodalangan edi: Jismga taʼsir etuvchi sof kuch uning impulsi oʻzgarishiga ketadigan vaqt hosilasiga tengdi
Jismlarning o‘zaro ta’siri miqdor jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, metall sharchani katta yoshdagi odam yosh bolaga qaraganda uzoqroqqa uloqtiradi. 100 kg li shtangani har kim ham ko‘tara olmaydi. Lekin shtangist uni dast ko‘tara oladi.
Mexanik ta’sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi (kontaktda bo‘lishi) yoki ularning maydoni orqali sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, yerda turgan yukni tortish, itarish yoki ko‘tarish, prujinani cho‘zish yoki siqish, iрni eshish (burash) kabi holatlarda ta’sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi orqali yuz beradi. Shuningdek, temir bo‘lagiga ta’sir magnit maydon orqali, jismlarning Yerga tortilishi esa gravitatsion maydon natijasida yuzaga keladi. Fizikada ko‘pincha tahlil qilinayotgan jismga qaysi jism va qanday ta’sir qilayotgani ko‘rsatilmay, faqat qisqagina qilib jismga kuch ta’sir etmoqda deyiladi. Jismlar o‘zaro ta’sirini tavsiflash uchun fizik kattalik – kuch tushunchasi kiritiladi. Demak, kuch jism tezligini o‘zgartiruvchi sabab ekan.
Kuch ta’sirida jismning hamma qismi tezligi o‘zgarmasdan, balki bir qismining tezligi o‘zgarishi mumkin. Masalan o‘chirgichning bir qismi siqilsa, uning shakli o‘zgaradi, ya’ni deformatsiyalanadi Yuqorida keltirilgan barcha misollarda jism
boshqa jism ta’siri ostida harakatga keladi, to‘xtaydi yoki o‘zining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni tezligi o‘zgaradi.
|
| |