|
Jism og’irligining uning harakat turlariga bog’liqligi
|
bet | 2/6 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 29,27 Kb. | | #151474 |
Bog'liq impulsJism og’irligining uning harakat turlariga bog’liqligi
Jism tomonidan tayanchga yoki osmaga ta’sir etuvchi kuchga jismning og’irligi deyiladi. Og’irlik kuchi esa yer tomonidan jismga ta’sir etuvchi kuchdir. Agar jism yerga nisbatan tinch tursa, gorizontal tekislik bo’ylab harakat qilsa yoki jism osilgan tayanch vertikal o’q bo’ylab tekis yuqoriga yoki tekis pastga harakatlansa, jismning og’irligi og’irlik kuchiga son jihatdan teng bo’ladi, ya’ni
Agar yuk osilgan tayanch vertikal o’q bo’ylab tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlansa jismning og’irligi ifoda yordamida aniqlanadi. Demak, jism vertikal yuqoriga tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlansa, uning og’irligi yerga nisbatan tinch yoki gorizontal tekislikda harakatlanayotgan jism og’irligiga nisbatan ma qiymatga ortar ekan. Agar yuk osilgan tayanch vertikal o’q bo’ylab (a<g) tezlanish bilan pastga harakatlansa, uning og’irligi ifoda yordamida topiladi. Demak, jism vertikal pastga tezlanish bilan harakatlanganda uning og’irligi yerga nisbatan tinch yoki gorizontal tekislikda harakatlanayotgan jism og’irligiga nisbatan ma qiymatga kamayar ekan. Ayni paytda cho’zilmas arqonga osilgan yukning og’irligi arqonning taranglik kuchiga teng bo’ladi. Jismning vertikal o’q bo’ylab yuqoriga tezlanuvchan harakat qilganda yuzaga kelgan jism og’irligini uning tinchlikdagi og’irligidan necha marta katta ekanligini ifodalovchi kattalik yuklanish deyiladi. U quydagicha hisoblanadi.
Yuqori qavatli binolarda liftda turgan odam lift tezlanish bilan yuqoriga harakatlanganida yuklanishni sezadi. Biroq bu yuklanishning kattaligi va ta’sir vaqti kichik bo’lganligi uchun u salbiy oqibatni yuzaga keltirmaydi.
Samolyotni sho’ng’itib olib chiqayotgan uchuvchiga traektoriyaning pastki qismida ortiqcha yuklanish ta’sir qiladi (1-rasm). Darhaqiqat, traektoriyainng bu qismida samolyot markazga intilma tezlanishga ega bo’lib, ayni paytda bu tezlanish vertikal yuqoriga yo’nalgandir, ya’ni botiq bu tezlanish vertikal bo’ylab pastga yo’naladi. Bu tezlanish avtomobilga og’irlik kuchi bilan ko’prikning reaksiya kuchlarining teng ta’sir etuvchisini beradi. Natijada avtomobil og’irligi ifoda orqali aniqlanadi. Demak, qavariq ko’prik ustida harakatlanayotgan avtomobil o’sha ko’prikda tinch turganidan yengil bo’ladi. Shuningdek, qavariq ko’prikdan o’tayotgan avtomobil ichida o’tirgan yo’lovchining og’irligi ham kamayadi. Xususiy holda (6) ifodaga ko’ra agar avtomobilning teligi = ga teng bo’lsa, avtomobil va uning ichidagi haydovchi shu onda vaznsizlik holatida bo’ladi, ya’ni P=0.
|
| |