Masala bayoni .”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun




Download 0,69 Mb.
bet64/75
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#117499
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
Dinshunoslik maruza

Masala bayoni .”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq beshinchi sessiyasida (1998) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Shu nomda qabul qilingan avvalgi qonun (1991 va 1993 y.) Konstitutsiya mazmunini to‘liq aks ettirolmas, respublika hayotidagi o‘zgarishlardan orqada qolgan edi. Bundan tashqari, diniy tashkilotlarning faoliyatini qonunga muvofiqlashtirish, davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga keltirish zarurati ham paydo bo‘lgandi. Shu mulohazalarga ko‘ra, qonunning yangi tahriri ancha to‘ldirildi, kengaydi va uning moddalari batafsil va tushunarli qilib bayon etildi.
Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun 23 moddadan iborat bo‘lib, ularda vijdon erkinligi huquqi, dinga munosabat va fuqarolik huquqlari tengligi, davlatning dindan ajratilgani, davlat, davlat organlarining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining diniy tashkilotlar bilan munosabati, din va ta’lim, diniy tashkilotlarning ta’rifi va huquqlari, diniy o‘quv yurtlari, diniy tashkilotlarni ro‘yhatga olish tartibi, diniy urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning mulki, davlat mol-mulkidan foydalanish yo‘llari nashr ishlari va diniy adabiyotlarni tarqatish, diniy missionerlik, murtadlik (prozelitizm) kabi masalalarga munosabat o‘z ifodasini topgan. Ushbu moddalar faqat davlatning dinga munosabatini ham ifodalaydi. Zero, qonun diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi barobarida, ayrim noqonuniy guruhlar, chunonchi, jamiyat osoyishtaligiga xavf soladigan, mamlakatimiz milliy manfaatlariga zid keladigan xatti-harakatlarni cheklashni ham nazarda tutadi. Ushbu qonunga ko‘ra, konstitutsion tuzumni ag‘darishga chog‘langan hamda jamiyat tinchligini xavf ostida qoldirishga intiluvchi yashirin diniy tashkilotlar man etiladi, “dindan davlatga va Konstitsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Shu kabi terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan diniy harakatlar va jamoalar faoliyati taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan: 57-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarning tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzilishi taqiqlanadi.
Dinga bo‘lgan munosabatdagi muhim jihatlardan biri missionerlik va prozelitizmdir. Missionerlik (da’vatchilik) “qayta qurish” yillari va o‘tgan asrning 90-yillari boshida avj olgan edi. Bir tomondan, xorijiy Sharq mamlakatlaridan kelgan islom da’vatchilari faoliyati, vahhobiylik oqimi tarafdorlari faollashgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, boshqa dinlarning da’vatchilari ham mahalliy aholining turli qatlamlari orasida tashviqot ishlarini kuchaytirgan edi. Bu tashviqotchi – da’vatchilarning har biri o‘z dinni haq din emas, deyish orqali tarafdor qidiradi. Ikkinchidan, xorijdan kelgan musulmon da’vatchilari bizning an’anaviy dindorlik rasm-rusumlar, milliy odatlarni nazar-pisand qilmasdan, o‘zlarida shakllangan odatlar, mazhablarni o‘rnatishga intilardi. Ular nazarida, Markaziy Osiyoda sho‘ro zamonida yoppasiga hamma “dahriy”, “kofir” bo‘lib ketgan emish. Holbuki, xalq o‘sha dahriylik mafkurasi hukm surgan sharoitda ham o‘z imon-e’tiqodini saqlab qolgan, ajdodlari an’analarini saqlab kelmoqda edi. Shu bois bunday “da’vatchilik” harakati aholining haqli noroziligiga uchradi va tezda yo‘qotildi.
Shularni hisobga olgan holda zikr etilgan Qonunning 5-moddasida bunday deb yoziladi: “Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi”.



Download 0,69 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masala bayoni .”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun

Download 0,69 Mb.