• Mustaqil O‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi.
  • Masala bayoni. Vijdon erkinligi – diniy e’tiqod erkinligidir




    Download 0,69 Mb.
    bet63/75
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #117499
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
    Bog'liq
    Dinshunoslik maruza

    Masala bayoni. Vijdon erkinligi – diniy e’tiqod erkinligidir.

    Din erkinligi nuqtai nazaridan vijdon erkinligi - bu fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yohud hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik xuquqidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida qayd etilganidek, «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki heya qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi»57. Mazkur qonuniy kafolatga muvofiq, biron bir kishi boshqa odamlarga sen u dinga, sen bu dinga e’tiqod qilasan. Sening biror dinga e’tiqod qilishga haqqing yo‘q, Sen bedinsan deb ayta olmaydi. Ayni paytda u yoki bu aqidaga bo‘ysunishga majbur eta olmaydi. Hech kim dindor kishini «Diniy e’tiqodingizdan qayting» deb majbur ham qilolmaydi. Bunday xolatlarga qonun yo‘l bermaydi. Dindor yoki daxriy bo‘lish, o‘zi hoxlagan dinga ishonish yoki hech qaysi dinga ishonmaslik har kimning shaxsiy ishi. Bu xuquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida qonun bilan mustahkamlangan.
    Mustaqil O‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion kafolatlanishi.Vijdon erkinligining kafolatlari ko‘p qirralidir. Bu – avvalo dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi; barcha fuqarolar uchun ularning dinga e’tiqod qilish yoki qilmasligidan qat’i nazar maorif va madaniyat maskanlari eshiklarining ochiqligi; maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi; dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarning yaratib berilganligi va boshqalardan iborat.
    Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yangi sharoitda dinning va diniy tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini yana bir karra aniqlab olish ehtiyoji tug‘ildi. Bunga sabab ayrim kimsalarning o‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirish uchun dindan va diniy tashkilotlardan foydalanishga urinib kelayotganliklaridir.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilgan. Oradan yetti yil o‘tib 1998 yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi birinchi chaqiriq Oliy Majlisining o‘n birinchi sessiyasida bu qonunning yangi taxrirdagi matni qabul qilindi.
    Mazkur qonun, avvalo har bir fuqaroga mustaqil ravishda, biron-bir tarzda majburlashsiz o‘zining dinga munosabatini belgilash, dushmanlik va adovat uyg‘otish, ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi munosabati bilan bog‘liq xis-tuyg‘ularni haqorat qilish mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, muqaddas qadamjoh hisoblangan diniy inshoatlar – masjid, madrasa, maqbaralarni oyoqosti qilish qonunga muvofiq jazolanishi, hech kimning o‘zining diniy e’tiqodiga ko‘ra, qonunda belgilangan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashi mumkin emasligi tayin etilgan.
    Qonunning 5-moddasi «Dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilishi» deb yuritiladi. Bu qanday ma’noni anglatadi? Bu degani – mamlakatimizda dinlar va diniy tashkilotlar davlat ishiga aralashmaydi, ayni paytda esa davlat diniy tashkilotlarning va dindorlarning qonunlarga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi, davlat o‘z vazifasini va din ham o‘z vazifasini bajarishi lozim.
    Davlat dindor fuqarolarning diniy e’tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat qilsa, dindorlar ham davlat qonunlarini va siyosatini shunchalik hurmat-extirom qilishlari ham shart. Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, ammo ular jamiyatdan ajratilmagan. Binobarin, dindorlar va diniy tashkilotlar jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida qatnashish xuquqiga egadirlar.
    Shu o‘rinda diniy tashkilot nima, uning maqomlari qandayligini bilib olish ham foydadan holi emas. Diniy tashkilot – diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma. U ayni vaqtda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri sanaladi. Diniy tashkilotlarning eng muhim belgisi ularning o‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan.
    Diniy tashkilotlar o‘z Nizomlariga asosan mustaqil ish olib boradilar.
    Yangi taxrirdagi qonunga binoan diniy tashkilot O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan va respublika xududida doimiy yashayotgan 100 kishidan kam bo‘lmagan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Tuzilgan uyushma va tashkilotlar Respublika Adliya vazirligi tomonidan, joylarda tegishli viloyat, tuman, shahar, qishloq xududida bo‘lgan adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yhatga olinadi.
    Qonunga muvofiq, diniy tashkilotlar biron bir siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashish, siyosiy partiyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish huquqiga ega emas. Shuningdek diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan.
    Diniy tashkilotlar, dindorlar va boshqa fuqarolarning dindan davlatga, Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishiga, dindan o‘z siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun niqob sifatida foydalanishga davlat yo‘l qo‘ymaydi.
    «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonunda belgilangan tartiblarni buzganlar qonunga binoan javobgarlikka tortiladi.
    Qonunning yana bir muhim moddasi «Maktabni dindan va diniy tashkilotlardan ajratish» deb ataladi. Buni qqqanday tushunmoq va izohlamoq kerak? Mamlakatimizda davlat bilim yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi bilim yurtlaridir. Umumiy ta’lim, kollejlar, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga diniy bilim berish dars sifatida kiritilmaydi. Biroq, bu fuqarolar diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan gap emas.
    Mamlakatimizda diniy ta’lim qanday tarzda amalga oshiriladi. Buni ham bilib qo‘yish muhimdir. Qonunning 3-moddasi 2-qismida ko‘rsatilganidek «Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi». Mazkur qonunga zid ravishda voyaga yetmagan bolalarni dinga o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 145-moddasiga muvofiq – eng kam ish haqining ellik barobaridan yetmish besh baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud uch yilgacha ozodlikdan maxrum etish bilan jazolanadi. Qonunga binoan diniy ta’lim maxsus diniy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari tashkil etishga haqlidirlar.
    Dindan saboq beruvchilar, murabbiylar tegishli puxta bilimga va uni o‘qitish haqidagi maxsus ruhsatnomaga ega bo‘lishlari shart.
    Qonunda xususiy tartibda, ya’ni uyda diniy ta’lim berish man etilgan.
    Xozirda O‘zbekistonda 16 ta diniy o‘quv yutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomli Islom instituti, Toshkent Islom universiteti, «Ko‘kaldosh», Buxorodagi «Mir Arab» madrasalari; shuningdek, Toshkentdagi «Xadichai Kubro», Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar islom o‘rta maxsus bilim yurtlari; Namangandagi «Mulla Qirg‘iz», Urganchdagi «Faxriddin ar-Roziy», Andijondagi «Said Muxyiddin Maxdum» islom o‘rta maxsus bilim yurtlari va boshqalar. O‘zbekistonda din davlatidan ajratilgani uchun diniy o‘quv yurtlari davlat xalq ta’limi tizimiga kirmaydi.
    Endi ana shu diniy bilim yurtlarining ba’zilari haqida ma’lumot beramiz.
    Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti oliy diniy o‘quv yurti bo‘lib 1970 yilda tashkil etilgan va 1971 yil oktyabridan faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. U dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, arab tilida so‘zlasha oladigan mutaxassislar, imom xatiblar tayyorlaydi. O‘qish muddati 4 yil. Toshkent Islom instituti O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida o‘rta umum ta’lim hamda o‘rta maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lgan 35 yoshgacha yoshlarni qabul qiladi. Bu yerda 130 talaba taxsil oladi. Bu ta’lim maskani mustaqilligimizga qadar sobiq Ittifoqda yagona oliy islom o‘quv yurti bo‘lgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi Farmoniga binoan tashkil etilgan.
    Farmonda ta’kidlashicha bunday nufuzli ilm o‘chog‘ini tashkil etishdan maqsad: «Xalqimizning muqaddas e’tiqodi – islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy merosimizni asrab-avaylash, diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish, tahlil etish va zamonaviy ruhda rivojlantirish, shu sohada ilmiy-nazariy tadqiqotlar olib borish, zamon talablari darajasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, ularga lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish hamda ajdodlarimizdan qolgan noyob manbalar asosidagi tadqiq etilgan ma’lumotlar bilan xalqimizning diniy savodxonligini oshirish…»58 ekanligi ta’kidlangan. Mazkur universitetda xozirgi kunda 500 dan ziyod talaba dinshunoslik, islomshunoslik, islom falsafasi, islom huquqi, sharq va g‘arb tillari, jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish va boshqa fanlarni chuqur o‘rganmoqda. O‘niversitet tarkibida tashkil etilgan Islomshunoslik ilmiy-tadqikot markazida: Qur’on, tafsirlarni o‘rganish, islom tarixi va falsafasi, shariat, manbashunoslik, qo‘lyozmalarni o‘rganish kabi bo‘limlar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Mamlakatimizda malakali diniy mutaxassislar tayyorlaydigan bilim yurtlaridan yana biri Buxorodagi Mir Arab madrasasi sanaladi. U 1530-1536 yillarda qurilgan. Sobiq Sho‘rolar davrida uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan va 1945 yilda yana qayta tiklangan. O‘quv yurtiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi.
    Dunyoviy umumta’lim maktablarida va boshqa bilim yurtlarida dinlar tarixi, jumladan Islom dini tarixi – dinshunoslik sifatida o‘rganiladi.




    1. Download 0,69 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masala bayoni. Vijdon erkinligi – diniy e’tiqod erkinligidir

    Download 0,69 Mb.