|
- Mavzu: O’zbekistonda vijdon erkinligi
|
bet | 62/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruza8- Mavzu: O’zbekistonda vijdon erkinligi.
Ma’ruza rejasi:
Din masalasida mavjud xalqaro me’yoriy hujjatlar
Vijdon erkinligi diniy e’tiqod erkinligidir. Mustaqil O’zbekistonda vijdon erkinligining Konstitutsion kafolatlanishi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” gi Qonun
Missionerlik va prozelitizmga qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari.
1 –masala bayoni. Din masalasida mavjud xalqaro me’yor (norma)lar.
Vijdon erkinligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u quyidagilarni bildiradi; Har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatdagi mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurganicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan esa unga demokratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy xuquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi56. Ko‘rinadiki vijdon erkinligi zamirida shaxsning xuquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Xozirgi vaqtda vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Biz bu o‘rinda vijdon erkinligini fuqarolarning din erkinligi nuqtai nazaridan izohlashni maqsad qilib qo‘yganmiz. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi barcha davlatlarning ijtimoiy hayotida muhim va shu bilan birga murakkab masalalaridan biri bo‘lib kelgan.
Bu masalada xalqaro me’yorlarga kelsak, BMTning Ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, dunyoviy davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o‘z ifodasini topgan. 1948 yil 10 dekabarda qabul qilingan «Inson xuquqlari umumiy deklaratsiyasi»ga muvofiq har bir inson erkin fikrlash, vijdon va din erkinligi xuquqiga ega. Bu xuquq o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, diniy ibodatlarni bajarishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar bilan birgalikda qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Din va vijdon erkinligi to‘g‘risida xalqaro hujjatlardagi yana bir muhim masala, turli dunyoqarash va e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat, din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda xuquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tegishli moddalarida aks etgan Vijdon erkinligi, shuningdek «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qabul qilingan qonun xalqaro hujjatlardagi talablarga mos holda tuzilgandir.
|
| |