• 10-MA’RUZA. MODDIY OQIMLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI REJA
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet44/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Ishlab chiqarish logistikasi tushunchasi.

    2. Ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarish funksiyalari.

    3. Logistik tizimning urama sifat modelini qurishning xususiyatlari.

    4. Buyurtmalarni bajarishda birinchilik qoidalari.

    5. Moddiy oqimlarni boshqarishda itarib chiqaruvchi va tortib chiqaruvchi tizimlarning tasnifi.

    6. Ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarish va tashkil etishning o‘zaro bog‘liqligi.

    7. Logistik tizimning joy va vaqt tuzilmasi va uni aniqlovchi omillar.

    8. Buyurtma bajarilishssiklining tuzilmasi.

    9. Moddiy oqimlarni tashkil etish shakllari tushunchasi.

    10. Moddiy oqimlarni tashkil etishning asosiy shakllari.

    11. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi.



    10-MA’RUZA.
    MODDIY OQIMLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI


    REJA

    10.1. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari haqida tushuncha.


    10.2. Moddiy oqimlarni boshqarishning tizim turlari.

    10.3. Bevosita mahsulot foydabopligi




    Tayanch so‘z va iboralar
    Moddiy oqimlar, axborot oqimlari, samolyot, avtomobil, yuk tashuvchi mashinalar, teplovozlar, tranzit avtobuslari, temir yo‘l vagonlari, kema, truboprovodlar.


    10.1. MODDIY OQIMLARNI BOSHQARISH TIZIMLARI
    HAQIDA TUSHUNCHA.
    Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi deb ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizim doirasida moddiy oqimlarni nazorat qilish va rejalashtirishni shakllantirishning tashkiliy mexanizmi tushuniladi.
    Moddiy oqimlarni boshqarishning bir qancha tizimlari mavjud:

    • MRP – materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;

    • DRP – resurslar taqsimlanishini rejalashtirish;

    • JIT – moddiy va axborot oqimlarini «aniq vaqtida» tamoyili bo‘yicha boshqarish;

    • KANBAN – «aniq vaqtida» tamoyili bo‘yicha moddiy oqimlarni operativ boshqarish axborot ta’minoti;

    • OPT – ishlab chiqarishni optimallashtirish texnologiyasi.

    Materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish – bu ishlab chiqarishni zarur moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi. MRP rejadagi masalalardan chetlashishlarni hisobga olgan holda aniq vaqt masshtabida buyurtmalar bajarilishini rejalashtirishni, hamda ishlab chiqarish zaxiralari nazoratini amalga oshiradi. MRP ning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning kafolatli qondirilishi; zaxiralarni minimal darajada ushlab turish; ishlab chiqarishni, materiallarni xarid qilish va etkazib berishni rejalashtirishning aniqligini oshirish.
    Resurslar taqsimlanishini rejalashtirish chiqib ketayotgan tovarlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi sifatida tasniflanishi mumkin. U MRP ning oyna aksi bo‘lib, xuddi shunday logika, vositalar va metodlardan foydalanadi. Tizimning asosiy funksiyalari qatoriga quyidagilar tegishli: taqsimot zanjirining har xil darajalarida (markaziy – pereferik omborlar) zaxiralar va kelib tushishlarni rejalashtirish; mahsulot taqsimotining axborot ta’minoti; yuk tashishni rejalashtirish. Ishlab chiqarishning asosiy grafigi talabni bashoratlash asosida shakllantiriladi. SHunday qilish DRP mahsulotni ishlab chiqarish va sotish funksiyalarini birlashtirish imkonini beradi, hamda logistik xarajatlarni transport xarajatlar va tovar harakatiga ketadigan xarajatlarni qisqartirish hisobiga optimallashtiradi.
    MRP va DRP itarib chiqaruvchi tizimlar turiga kiradi.
    Moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning integrallashgan tizimi ishlab chiqarish jarayoni, hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan ta’minot va sotuv tizimlari bitta uzluksiz oqim sifatida namoyon bo‘ladi. Moddiy oqimlarni umumiy tizimida boshqarish, muddatlarni teskari rejalashtirish asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchi ishning tugatilgan rejasiga va grafigiga ega emas, u umuman buyurtmalar bilan emas, balki shu mahsulot iste’molchisining aniq buyurtmasi bilan bog‘langan va o‘zining ishini shu buyurtma chegarasida optimallashtiradi. Hamma bo‘linmalar uchun faqat o‘rtalashtirilgan (1 oyga) rejalar tuziladi, ularni dekadalar (kun, soat) bo‘yicha rejalashtirishni esa, detallarni topshirish muddatlarini va olingan buyurtma hajmini hisobga olgan holda ish bajaruvchilar amalga oshiradi.
    «Aniq vaqtida» tamoyili bo‘yicha moddiy oqimlarni operativ boshqarishning axborot ta’minoti tizimi. Buyurtma kartasi «KANBAN» iste’molchi haqida to‘liq axborotni o‘z ichiga oladi. Asosan bu axborot quyidagilardan iborat bo‘ladi: detalning nomlanishi va shifri; qadoq idishlarning spetsifikatsiyasi (xususiyati), ularning turi va ularga solinadigan detallarning soni; mahsulotni ishlab chiqaruvchi – uchastka va iste’molchi – uchastkalarning nomlanishi; mahsulotni ishlab chiqarish davomiyligini hisobga olgan holda aniqlanadigan etkazib berish vaqti. Texnologik zanjir bo‘yicha har bir uchastka «KANBAN» kartasida ko‘rsatilgan buyurtma bo‘yicha ishlaydi. Ishlab chiqarish ustidan nazorat muomilada bo‘lgan kartalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Ishlab chiqarishni optimallashtirilgan texnologiya tizimi ta’minot va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradigan «tortib chiqaruvchi» mikrologistik tizimlar sinfiga kiradi. Bu tizimning asosiy tamoyili bo‘lib ishlab chiqarish jarayonida tor joylarni va kritik resurslarni aniqlash hisoblanadi. Hisobda OPT KANBANning komp’yuterlashtirilgan turi hisoblanadi, ular orasida faqatgina bitta farq mavjud. OPT «ta’minot – ishlab chiqarish» logistika tarmog‘ida tor joylarni paydo bo‘lishining oldini olsa, KANBAN paydo bo‘lib ulgo‘rgan tor joylarning samarali yo‘qotilish imkonini beradi.
    Logistik tizimning samarali ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi kritik resurslar sifatida quyidagilar olinishi mumkin: xom ashyo va materiallar zaxirasi, tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish texnologiyasi, personal va boshqalar. OPT tizimidan foydalaniladigan korxonalar nokritik operatsiyalarni bajaradigan personalni maksimal tarzda ish bilan ta’minlashga intiladi, chunki bu tugatilmagan ishlab chiqarish zaxiralarini o‘sishini keltirib chiqaradi. Logistika nuqtai nazaridan OPT tizimining samaradorligi mahsulot ishlab chiqarilishini oshirish, ishlab chiqarish va transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
    Moddiy oqimlar logistikaning eng asosiy tushinchalaridan biri hisoblanadi. Moddiy oqimlar mahsulot xom-ashyosini birlamchi boshlanish mabaidan to oxirgi iste’molchiga etib borgunga qadar bo‘lgan jarayonlarda namoyon bo‘ladi.Bu jarayon xom-ashyoga ishlov berish, yarim xom-ashyo va tayyor maxsulotlarni tashish, omborlarga joylashtirish davrida vujudga keladi.
    Shosseda belgi, markirovka va signallar yordamida xaydovchilar transport vositasini boshqaradilar. Bular o‘z navbatida xavfsizlikni taminlaydi. Transport injeneri grafikni kontrol’ qilish uchun oxirgi texnologiyalarni qo‘llab, avtomobilistlarga axborot etkazib beradi. Xavo transporti boshqaruvi troller nazorat bo‘lib, xar bir samolyotning qaerdaligi, tezligi, balandligi va qo‘nish joyini aniqlaydi. Temir yo‘llari tizimi bunga qarama-qarshi bo‘lib, temir yo‘l signallari, yo‘li va tezligini avtomatik boshqaradi. Lokomativ xaydovchisi radioboshqaruv yoki vizual’ boshqaradi. Xar bir xolatda transport injeneri boshqaruv sistemasini ishlab chiqaruvchi respon sible bo‘lib, u boshqaruvning yuqori darajasiga qabul qilingan xavfsizlik darajasiga mos keladi. Milliy transport tizimi yuqori ishchi xolatdaligiga transport infrostrukturalari dalolat beradi. Xarakatlarni kamaytirish maqsadida ushbu xizmat turidan foydalanilmaydi, bu o‘z o‘rnida yomon oqibatlarga olib keladi. Xizmat ko‘rsatishning o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi oxir oqibatda yomon xolatlarga olib kelishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish ehtiyot qismlarni almashtirish, tratuarlarni remont qilish va xokazolarni o‘z ichiga oladi. Xizmat ko‘rsatish yana loyihani rejalashtirish, ish faoliyatini boshqarish, texnik xizmat tahlili ish xajmining bajarilishi va tejamkorligi kafolatlaydi. Transport injeneri grafikni bajarishni ta’minlaydi, xizmat ko‘rsatish strategiyasi istiqbolini belgilaydi, manag-taxlika, xuquqbuzarlikni oldini olish, xizmat dastkurlarining tejamkorligi, yangi maxsulotlar testi va xizmatchilar va jixozlarni planlashtirish bilan shug‘ullanadi.
    Moddiy oqim-bu logistik operatsiya va funksiyalar qo‘llanilayotgan va harakat holatida bo‘lgan moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari (yarim fabrikatlar) va tayyor mahsulotlardir.



    Download 1,77 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




    Download 1,77 Mb.