TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI




Download 1,77 Mb.
bet40/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

9.3. TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI.
Materiallar oqimini tashkil etish imkonini beruvchi texnik vositalar yig‘indisi va unga nisbatan omborlarning va ishlab chiqarish ushastkalarining joylashuvi moddiy oqimlarning harakatini tashkil etish shakllarini hosil qiladi.
Amaliyotda materiallar harakatini tashkil etishning ushta shakli qo‘llaniladi:

  • Yig‘uvchi;

  • Transport – yig‘uvchi;

  • Nul zaxira.

Tashkil etishning yig‘uvchi shakli: logistik tizimlarning me’yorli ishlashi ushun, ularning tarkibida omborlarning kompleksi ko‘zda tutilishi bilan xarakterlanadi. Bularga metalll va yarim tayyor mahsulotlar omborlari; detallar, bog‘lovchi va yig‘uvchi qismlarning ushastka oraliq omborlari; tayyor mahsulot omborlari; texnik ta’minot omborlari taalluqli bo‘ladi. Material metall va yarim tayyor mahsulot omborxonasidan oraliq omborlari orqali ishlab chiqarish ushastkalariga harakatlanadi va oxir- oqibatda tayyor mahsulot omborxonasiga kelib tushadi.
Moddiy oqimlar harakatini tashkil etishni bu shaklining afzalligi tizimga kirish va chiqishda materiallarni katta hajmda yig‘ish imkonining mavjudligi, bu esa bir tarafdan, zarur detallar, yarim tayyor mahsulotlar, yig‘uvchi qismlarning ishlab chiqarishga vaqtida etkazib berilishini ta’minlasa, ikkinchi tarafdan mahsulot iste’molchilarining muhim buyurtmalarining bajarilishini kafolatlaydi. Materiallar harakatini yig‘uvchi shaklining asosiy kamchiligi bu transport yo‘nalishlarining tarmoqlashganligi va omborlarning ko‘pligi natijasida moddiy oqimlar harakatini boshqarish va zaxiralar ustidan nazoratning qiyinlashuvidir. Bundan tashqari mablag‘larni materiallarga immobillashtirish va omborlar tizimini tashkil etish ushun kapital qo‘yilmalar zarurligi bilan asoslanadigan xarajatlar oshadi.
Tashkil etishning transport – yig‘uvchi shakli aralash transport – ombor tizimini (TOT) mavjudligini nazarda tutadi, bu tizim ma’lum ish joylar (ushastkalar) sonini, har bir ish joyini (ushastkani) boshqasi bilan axborot va moddiy oqimlar orqali aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan birlashtiriladi. Bunda mexanik qayta ishlash (yig‘ish), nazorat, ishlab chiqarishni tayyorlash, materiallarni omborga joylashtirish va nazorat qilish jarayonlari TOT yordamida ishlab chiqarishning bitta umumiy jarayoniga birlashtiriladi. Moddiy oqim harakatini boshqarish quyidagi sxema orqali amalga oshiriladi: zarur yarim tayyor mahsulotni ombordan qidirish – ish joyiga tashish – qayta ishlash – detalni omborga qaytarish. Materiallar markaziy omborda yoki demarkazlashgan holda ushastkalarda yig‘iladi. Birinchi holatda ombor bir qancha ishlab chiqarish bo‘linmalariga xizmat qiladi va detalni qayta ishlashni boshlanishi bilan tugatilishi o‘rtasida zaxira yig‘uvchi sifatida qo‘llaniladi. Ikkinchi holatda omborlar alohida ushastkalarda hosil qilinadi va detalni qayta ishlash va tashishda yuzaga keladigan vaqt yutkazishlarni qoplash ushun xizmat qiladi. Ba’zi hollarda aralash TOT qo‘llaniladi, bunda ham markazlashgan ombor, ham ish ushastkalarida zaxira yig‘uvchilari mavjud bo‘ladi.
Moddiy oqimlarni tashkil etishni bu shaklining qulayliklari quyidagilardan iborat: TOTni tashkil etish hisobiga ish joylarida zaxira hajmining kamayishi;ishlab chiqarishssiklining tashkil etuvchilari o‘rtasidagi to‘xtashlarni yo‘qotish orqali ishlab chiqarish jarayonining davomiyligini qisqartirish; zaxiralar ustidan doimiy nazorat; materiallar harakatini boshqarishning yaxshi tashkil etilgan tizimining mavjudligi.
Kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: transport – yig‘uvchi shakl konstruktiv va texnologik bir xil detal guruhlari ushun samarali, bu esa, birinchidan uning qo‘llanilish sohasini toraytiradi, ikkinchidan bir qator tayyorgarlik ishlarini o‘tkazish zaruriyatini tug‘diradi; bu shakl ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishga katta miqdordagi qo‘yilmalarni talab etadi.
Nol zaxirani tashkil etish shakli avtonom holda o‘z - o‘zini boshqaruvchi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari asosida nazorat qilishning birlashgan konturlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Konturning markazi bo‘lib alohida ushastkalarni bir-biri bilan bog‘lovchi buferlari ombor hisoblanadi.
Ushastkalarning har biri boshqasi bilan mos yig‘uvchi orqali amalga oshiriladigan axborot va moddiy oqimlarni boshqarish yo‘li bilan aloqador bo‘lishi mumkin (9.1–rasm).



9.1-rasm. Nazorat qilishning birlashgan konturining sxemasi.


Nazorat qilishni birlashgan konturining prinsipial xususiyati bo‘lib butun texnik zanjir bo‘ylab gorizontal aloqalarning shakllanishi hisoblanadi, bu esa ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining mustaqil ravishda va to‘g‘ridan - to‘g‘ri bir – biri bilan aloqador bo‘lish imkonini beradi. Detallarni ishlab chiqarishga berilishi va ularning qayta ishlanishi olingan buyurtmaga mos holda, kichik partiyalar bilan amalga oshiriladi. Bir ishlab chiqarish moduli chegarasidagi operatsiyalar bajarilgandan so‘ng detallar omborga kelib tushadi va u erda keyingi qayta ishlovchi ushastkadan buyurtma olinmagancha qoladi.


Bu shaklning qulayligi moddiy oqimlarni boshqarishning tortib chiqaruvchi tizimni qo‘llash imkonining mavjudligi, bu esa minimal me’yoriy ishlab chiqarish zaxirasini ta’minlab beradi. Lekin korxonalarimizda uni qo‘llash qiyin, chunki ishlab chiqarshni boshqarishning komp’yuterlashtirilganlik darajasi past va zarur materiallar bilan ta’minlovchi tizim ishlashi zarur darajaga etmagan.



    1. Download 1,77 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Download 1,77 Mb.