• Y a kuniy bitim
  • 8.2 jadval Tarkibiy xizmat indeksi
  • Og‘irlashgan baho (i)x(ii) Buyurtmani tugallash darajasi
  • 9-MA’RUZA. MODDIY OQIMLARNI TASHKIL ETISH REJA
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • 9.1. MODDIY OQIMLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH.
  • 9.2. TASHKIL ETISH JARAYONIDA JOY VA VAQT ALOQALARI.
  • Jadval. Buyurtmani nihoyasiga etkazishning ehtimolligi




    Download 1,77 Mb.
    bet38/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    8.1 Jadval.
    Buyurtmani nihoyasiga etkazishning ehtimolligi

    Buyurtmadagi liniyalar coni

    Liniya buyumlarining mavjudligi
    90% 92% 94% 95%

    1

    0.900

    0.920

    0.940

    0.950

    2

    0.810

    0.846

    0.848

    0.903

    3

    0.729

    0.779

    0.831

    0.857

    4

    0.656

    0.716

    0.781

    0.815

    5

    0.590

    0.659

    0.734

    0.774

    6

    0.531

    0.606

    0.690

    0.735

    7

    0.478

    0.558

    0.648

    0.698

    8

    0.430

    0.513

    0.610

    0.663

    9

    0.387

    0.472

    0.573

    0.630

    10

    0.348

    0.434

    0.538

    0.599

    11

    0.314

    0.399

    0.506

    0.569

    12

    0.282

    0.368

    0.476

    0.540

    14

    0.225

    0.311

    0.400

    0.488

    15

    0.206

    0.286

    0.395

    0.463

    16

    0.195

    0.263

    0.372

    0.440

    17

    0.167

    0.243

    0.349

    0.418

    18

    0.150

    0.223

    0.328

    0.397

    19

    0.135

    0.205

    0.309

    0.377

    20

    0.122

    0.185

    0.290

    0.358

    Ideal tashkilotlar standartlarni belgilashi va ijrolarni mijozlar xizmatlari me’yorlari tizimi orqali monitoping qilishlari kerak. Misol uchun, dastlabki bitim, bitim va yakuniy bitim tuzilmalaridan foydalanib quyidagi me’yorlar, ijrolarning qiymmatli ko‘psatkichlarini taqdim etadi.


    Dastlabki bitim

    Bitim

    • Buyurtmani tugallash darajasi

    • O‘z vaqtida yetkazish

    • Buyurtmani o‘z davpiga qaytarish

    • Yuk kechikishi

    • Mahsulot almashtirilishlari

    Yakuniy bitim

    • Dastlabki chaqiruv aralash darajasi

    • Mijoz shikoyatlari

    • Qaytimlar/talablar

    • Faktura kamchiliklari

    • Xizmat qismlari mavjudligi

    Tarkibiy indeksni ko‘p tomonlama xizmat me’yorlariga asoslangan holda ishlab chiqarish mumkin va foydali menejment vositasi, ayniqsa aloqa xizmati orqali bajarish mumkin bo‘la oladi. Bunday indeks 8.2 jadvalda ko‘rsatilgan bo‘lib, bu yerda og‘irlik har bir xizmat elementiga qo‘shilib, mijozlarning ushbu elementlarga birikishi ahamiyatini o‘zida aks ettiradi.
    8.2 jadval
    Tarkibiy xizmat indeksi

    Xizmat elementi

    Kerakli vazn (i)

    Ijro etish darajasi (ii)

    Og‘irlashgan baho (i)x(ii)

    Buyurtmani tugallash darajasi

    30%

    70%

    0.21

    O‘z vaqtida yetkazish

    25%

    60%

    0.15

    Buyurtma tartibi

    25%

    80%

    0.20

    Faktura tartibi

    10%

    90%

    0.09

    Qaytimlar

    10%

    95%

    0.095




    Indeks =

    0.745

    Mijoz xizmati tashkilotlar uchun ularning raqobat ustunligini qidirishlaridagi mavjud elementlarining eng muhimlaridan biri va hozirda u yaxshi tashkil qilinganhicoblanadi. Ushbu bobning asosiy ishi mijoz axamiyati, ijrosi sifatining qobiliyatga tayangan bo‘lishi, ya’ni logistika tizimi ishlab chiqilib boshqarilgan bo‘lishidir. Soddaroq qilib aytganda, barcha moddiy texnik faoliyatning natijasi mijoz xizmati bo‘ladi12.


    Buyurtmani bajarishda ustunlik qoidalari
    Qabul qilingan buyurtmalarning bajarilishi u yoki bu qoida asosida amalga oshiriladi.Amaliyotda bu ustunlik qoidalaridan foydalanilib, ular buyurtmani bajarishga ketadigan vaqtni minimum qiymatiga erishishga yordam beradi:

    • FIFO: «birinchi keldi – birinchi ketdi», ya’ni ustunlik eng birinchi kelgan buyurtmaga beriladi;

    • LIFO: «oxirgi keldi – birinchi ketdi»,ya’ni ustunlik buyurtmalarning eng oxirgi kelganiga beriladi. Bu usul materiallar ustma ust taxlanganda ishlatiladi, chunki eng pastdagi materialni ustidagi materiallarni olib tashlamasdan xizmat ko‘rsatib bo‘lmaydi;

    • SPT: «eng qisqa operatsiya qoidasi», ustunlik eng tez bajariladigan buyurtmaga beriladi;

    • MST: «minimal vaqt rezervi», ustunlik minimal rezerv vaqtiga ega bo‘lgan buyurtmaga beriladi;

    • EDD: «eng erta bajarilish muddati», ya’ni ustunlik eng erta muddatda tayyor bo‘ladigan buyurtmaga beriladi.



    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Logistik tizimning urama modelini tushuntirib bering.

    2. Buyurtma bajarishda birinchilikni qanday qoidalari mavjud?

    3. Boshqarishning itarib chiqaruvchi va tortib chiqaruvchi tizimlarini ishlash jarayonini ayib bering.

    4. Belgilanishi kerak bo‘lgan standartlar uchun mijoz xizmati elementlari nimalar?

    5. Biznes bilan shug‘ullanishda qabul qiluvchimizmi?

    6. Biz mijozning nuqtai nazaridan qanday ko‘pinamiz?

    7. Bizning tizimlarimiz ularning tizimlarini muhokama qiladimi?

    8. Jami buyurtmaning ppopopsionalligining nimasi o‘z vaqtida etkazilishi kerak?

    9. Talablardagi tpend nima? Ularning sabablari nimalar?

    10. SHikoyatlar va talablar bilan qanchalik tez kelishib keta olamiz?

    11. Xizmat tiklanishi uchun bizda qoidalar mavjudmi?



    9-MA’RUZA.
    MODDIY OQIMLARNI TASHKIL ETISH


    REJA



      1. Moddiy oqimlarni tashkil etish va boshqarish.

      2. Tashkil etish jarayonida joy va vaqt aloqalari.

      3. Tashkil etishning shakllari.
      4. Logistika xarajatlari va ijrolarini o‘lchash




    Tayanch so‘z va iboralar
    zaxiralarni boshqarish, diversifikatsiya, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, yig‘uvchi shakl, metalll va yarim tayyor mahsulotlar omborlari; detallar, bog‘lovchi va yig‘uvchi qismlarning ushastka oraliq omborlari; tayyor mahsulot omborlari; texnik ta’minot omborlari.


    9.1. MODDIY OQIMLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH.
    Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etish va ularni boshqarish bir - biri bilan uzluksiz bog‘langan tizimni hosil qiladi. SHunday qilib olingan buyurtmalarni bajarish jarayonida materiallar harakati boshqaruvsiz amalga oshmaydi, bu boshqaruv moddiy resurslarni taqsimlash, xo‘jalik aloqalarini rejalashtirish va hokazo yo‘llar bilan amalga oshiriladi, lekin shu bilan birga tashkillashtirishni talab qiladi: kelib tushishlarni ritmik bajarilishini ta’minlash; materiallar tashishning optimal tizimini tanlash va boshqalar. Tashkillashtirish jarayonida elementar oqimlarni birlashtirishga erishiladi va ishlab chiqaruvchi logistik tizim samarali ishlashi ushun sharoitlar yaratiladi. Moddiy oqimlarni boshqarish ishlab chiqarish buyurtmalarining bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlaydi va korxona oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish ushun logistik tizim parametrlarini berilgan chegaralarda ushlab turuvchi ta’sir o‘tkazadi.


    9.2. TASHKIL ETISH JARAYONIDA JOY VA VAQT ALOQALARI.
    Moddiy oqimlarni qayta ishlash jarayonining alohida bosqichlari (saqlash, qayta ishlash, tashish), korxonada, alohidalashgan bo‘linmalar orqali amalga oshiriladi, ularning har biri ma’lum funksiyalarni bajaradi.
    Moddiy oqimlarning shakllanishida va qayta ishlanishida qatnashuvchi korxonaning funksional bo‘linmalarining tarkibi, ularning o‘zaro joylashuvi va ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarishda o‘zaro aloqalarining shakllari logistik tizimning joylashuv tuzilmasi deb ataladi.
    Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimning tuzilmasi bir qator omillar orqali aniqlanadi, ular orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
    - ishlab chiqarish diversifikatsiyasi;
    - mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
    - yuklarni tashishni tashkil etish uslubi;
    - zaxiralarni boshqarish tizimining turi.
    Diversifikatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalarining tarkibiga va maxsus yo‘naltirilganligiga, omborlarning soniga, zaxiralarning assortimentiga, etkazib beruvchilar bilan aloqalarning xilma – xillik darajasiga va ularning soniga ta’sir o‘tkazadi.
    Mahsulot ishlab chiqarish hajmi zaxiralarning va alohida ishlab chiqarishning hajmini, ularning miqdorini hamda yuk oqimlarining quvvatini aniqlaydi.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha ishlab chiqarish bo‘linmalari yirikrok, ularning maxsus yo‘naltirilganligi aniqroq, korxonaga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan yuklarning hajmi katta bo‘ladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o‘sishi o‘rtasha bir kunlik materiallar xarajatining o‘sishiga olib keladi va kattaroq zaxiralarni tashkil etishni asoslaydi.
    Yuklarni tashishni tashkil etish uslubi, transport bo‘linmalarining soniga, ishlar bajarilish qatnashchilarining tarkibiga, mahsulot harakatida bo‘g‘inlarning soniga va oraliq omborlarning miqdoriga ta’sir qiladi. Masalan, yuk oqimlarini tashkil etishning tranzit sxemasiga o‘tish, mahsulot harakatida bo‘g‘inlar sonining kamayishiga va yuklarni qayta ishlash bo‘yicha ishlar hajmining qisqarishiga olib keladi.
    Ishlab chiqarishni tashkil etish, ichki tashish ishlarining hajmi va miqdoriga hamda tugatilmagan ishlab chiqarish miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.
    Zaxiralarni boshqarish tizimining turi ishlab chiqarishda ularning kattaligiga ta’sir o‘tkazadi: kelib tushishlar orasidagi vaqt intervali va buyurtma hajmi qancha katta bo‘lsa, ishlab chiqarish zaxiralarining darajasi shuncha katta bo‘ladi.
    Logistik tizimning oraliq tuzilmasi moddiy oqimlarni vaqt bo‘ylab qayta ishlash amallarini bajarilish ketma - ketligini oldindan aniqlab beradi. Bunda yuzaga keladigan vaqt aloqalari buyurtma bajarilish jarayonida alohida bosqichlar oqib o‘tadigan yoki oraliq natijalari – voqealari belgilab olinadigan vaqt kesmalari bilan xarakterlanadi.
    Moddiy oqimlarni tashkil etishning vaqt aspektini tasniflashda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: buyurtmaning bajarilishssikli, buyurtma bajarilishssiklining tuzilmasi (tuzilma), buyurtmassiklining davomiyligi.
    Buyurtma bajarilishssikli – bu vaqt bo‘ylab ma’lum tarzda tashkil etilgan elementar oqimlarning kompleksi, bu oqimlar buyurtmaning qabul qilinishidan to bajarilishigasha bo‘ladigan harakati jarayonida logistik amallar bajarilishi natijasida yuzaga keladi.
    Buyurtmaning qabul qilinish vaqti ma’lum turdagi va yo‘nalishdagi mahsulotni ishlab chiqarishga talabni kelib tushishining vaqt nuqtasini xarakterlaydi.
    Buyurtma bajarilish vaqti mahsulotni savdo sotiq tizimiga (shaxsiy iste’mol mahsulotlari) yoki buyurtmashi korxonaning omboriga (ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar) kelib tushishligini bildiradi.
    Buyurtma bajarilishssiklining tuzilmasi 6 ta bosqichni o‘z ichiga oladi: buyurtmaning qabul qilinishi; texnik tayyorgarlik (yangi buyurtma olinganida faqat bir marta rejlashtiriladi), materiallarni etkazib berish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, ishlab chiqarishning o‘zi (yig‘uvchi qismlar bilan ta’minlangan buyurtmaning ishlab chiqarishga berilishidan, ishlab chiqarishdagi hamma ishlarning tugatilishigasha), buyurtmani yetkazib berish.
    Buyurtma bajarilish sikli 9.1–jadvalda ko‘rsatilgan.
    9.1-jadval.


    Download 1,77 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




    Download 1,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadval. Buyurtmani nihoyasiga etkazishning ehtimolligi

    Download 1,77 Mb.