|
BUYURTMA BAJARISHDA BIRINCHILIK QOIDALARI
|
bet | 35/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruza8.2. BUYURTMA BAJARISHDA BIRINCHILIK QOIDALARI.
Logistik zanjir bo‘g‘inlaridan buyurtmalarning o‘tish ketma – ketligi ishlarning taqsimlanish (buyurtmalarning bajarilish) qoidalari yordamida o‘rnatiladi, ya’ni bu qoidalar ishlar bajarilishning u yoki bu birinchiligini belgilaydi. Moddiy oqimlarni boshqarish amaliyotida quyidagi birinchilik qoidalari qo‘llaniladi:
FIFO: «birinchi keldi, birinchi ketdi», ya’ni tizimga birinchi bo‘lib tushgan buyurtmaga eng katta e’tibor qaratiladi.
LIFO: «oxirgi keldi – birinchi ketdi», ya’ni eng katta e’tibor oxirgi kelib tushgan buyurtmaga qaratiladi. Bu qoida omborlashtirish tizimida tez - tez qo‘llaniladi, chunki, omborda materiallar shunday taxlangan bo‘lishi mumkinki, ularni faqat yuqoridan olish imkoni mavjud bo‘ladi.
SPT: «eng qisqa jarayon qoidasi» berilgan bo‘g‘inda eng qisqa davomiyligiga ega bo‘lgan buyurtma birinchi bo‘lib bajariladi.
Ko‘rsatilgan qoidalar kutish vaqtini va buyurtma bajarilishssiklining o‘rtacha davomiyligini qisqartirish imkonini beradi.
Moddiy oqimlarni boshqarishning maqsadi etkazib berishning o‘rnatilgan muddatlarini ta’minlash zarur bo‘lgan hollarda, buyurtmalar bajarilish vaqti haqidagi ma’lumotlarni hisobga oladigan boshqaruv qoidalari qo‘llaniladi:
MST: «minimal vaqt zaxirasi», eng kam vaqt zaxirasiga ega bo‘lgan buyurtmaga eng katta e’tibor qaratiladi. Vaqt zaxirasi - buyurtmaning bajarilish muddatlari bilan jarayonlar orasidagi to‘xtashlar mavjud bo‘lmagan holatda, buyurtma bajarilishi mumkin bo‘lgan muddatlar orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
EDD: «bajarilishning eng qisqa muddati», ya’ni eng qisqa bajarilish muddatiga ega bo‘lgan buyurtma birinchi bo‘lib bajariladi.
8.3. BOSHQARISHNING ITARIB CHIQARUVCHI VA
TORTIB CHIQARUVCHI TIZIMLARI.
Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar doirasida moddiy oqimlarni boshqarish ikki prinsirial usul yordamida amalga oshirilishi mumkin: buyurtmani «itarib chiqarish» yoki «tortib chiqarish» yo‘llari bilan.
Moddiy oqimlarni boshqarishning itarib chiqaruvchi tizimi logistik zanjirning har bir bo‘g‘ini uchun zarur xom ashyo, materiallar va detallar zaxirasi miqdorini bashorat qilishga asoslanadi. Bu bashoratdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning butun ko‘p bosqichli jarayonini boshqarish amalga oshiriladi, bu qayta ishlashning har bir bosqichida moddiy zaxiralarning asoslangan hajmini ta’minlashdan iborat. Moddiy oqimlarni boshqarishning bu tizimida mehnat predmetlari bir uchastkadan ikkinchisiga (texnologik jarayon bo‘yicha keyingi) uni qayta ishlashga tayyorligidan va bu detallarga bo‘lgan ehtiyojdan qat’iy nazar, ya’ni maxsus buyurtmasiz ko‘chiriladi. Moddiy oqim, ishlab chiqarishni boshqarishning markaziy tizimidan keladigan buyruq bo‘yicha qabul qiluvchiga «itarib chiqarilganday» bo‘ladi (8.2-rasm).
Moddiy oqimlarni boshqarishning bu usuli murakkab ishlab chiqarish mexanizmini bir butun tizimga birlashtirish hamda ishlab chiqarishda ishchilarni va uskunalarni maksimal imkoniyatlarida qo‘llash imkonini beradi. Lekin talab keskin o‘zgarib ketgan holda «itarib chiqaruvchi» tizimni qo‘llash oshiqcha zaxirani hosil qilinishiga va ishlab chiqarishning har bir bosqichini qayta rejalashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmagani uchun tovarlarning taxlab tashlanishiga olib keladi.
Tortib chiqaruvchi tizim ishlab chiqarishning har bir bosqichida zaxiralarning minimal darajasini saqlashni va buyurtmani keyingi uchastkadan oldingiga qaratilgan harakatini nazarda tutadi. Keyingi uchastka me’yorga va mahsulotlarni iste’mol qilinish vaqtiga mos ravishda materiallarga buyurtma beradi. Ishning reja grafigi faqat iste’molchi -ssex uchun o‘rnatiladi. Ishlab chiqaruvchi –ssex aniq grafik va rejaga ega emas hamda tushgan buyurtma bo‘yicha ishlaydi. SHunday qilish detallar faqat haqiqatan zarur bo‘lganda va faqat zaruriyat tug‘ilganda ishlab chiqariladi.
8.2–rasm. Moddiy oqimlarni boshqarishning itarib chiqaruvchi tizimi.
Moddiy oqimlarni boshqarishning tortib chiqaruvchi tizimining ishlash mexanizmini ko‘rib chiqamiz (8.3–rasm).
Korxona 10 dona mahsulot ishlab chiqarishga buyurtma oldi deb faraz qilaylik. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi yig‘ishssexiga jo‘natdi. Yig‘ishssexi buyurtmani bajarish uchun 1-sexdan 10 ta detal’ so‘raydi. O‘zining zaxirasidan 10 ta detal’ berib, 1-sex zaxirani to‘ldirish maqsadida 2-sexdan 10 ta yarim tayyor mahsulotga buyurtma beradi. 2-sex esa 10 ta yarim tayyor mahsulotlarni jo‘natib, xuddi shu miqdordagi yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo omboridan materiallarga buyurtma beradi, bu ham zaxirani to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladi. SHunday qilib, moddiy oqim har bir keyingissex tomonidan «tortib olinadi».
8.3-rasm. Moddiy oqimlarni boshqarishning tortib chiqaruvchi tizimi.
|
| |