|
Ditorlik opеratsIYalar
|
bet | 33/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaLogistik jarayon ishtirokchilari harakatlarini bir tizginga keltirish. Ya’ni korxonadagi bo‘linmalarni orasidagi kelishuvni ta’minlash;
Ishlab chiqarishda material oqimlarini tashkil etish Tovar aylanishi ishtirokchilari orasida oraliq va vaqt bog‘liqliklarini tuzish va o‘rnatish, undan tashqari korxonada material oqimlari tizimlarini yaratish;
Material oqimlarini rejalashtirish Bunda u ilmiy-texnik va iqtisodiy bashoratlash, harakatlar ketma ketligini va rejalarni mukammalligini ishlab chiqish ikkilamchi funksiyalarini bajarishdan iborat.
Bashoratlash maqasadlariga ko‘ra materiallar oqimini boshqarish quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
Texnik rivojlanish bashoratlari.
Mahsulotga bo‘lgan talabni bashoratlash;
Material resurslari bashoratlari;
Materiallar narxining o‘zgarishini bashoratlari.
ICHL korxonaning bo‘linmalarinining materiallar oqimini boshqarishida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Tovar aylanmasi jarayonlarini nazorat qilish O‘rnatilgan parametrlarga binoan korxonada tovar aylanishini nazorat qiladi. Bunda material oqimlari haqida ma’lumot yig‘ilib analiz qilinadi, keyin u buyurtmalar rejasidan chetlanishi ko‘rib chiqiladi. Oxirida xulosa qilinib chora tadbirlar ko‘riladi.
Ishlarni bajarilish yo‘llarini boshqarish. U o‘zida quyidagi operatsiyalarni birlashtiradi: ishlab chiqarish buyurtmalari grafigidan chetlashishni va u bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni analiz qilish, chetlashishga barham berishda sturini ishlab chiqish va chora tadbirlari, chora tadbirlarni amalga oshirilishi.
Ishlab chiqarishda material oqimlari harakatlarini boshqarish “Voronka” modeli orqali amalga oshirilishi mumkin. “Voronka” modeli logistic zanjirni alohida qadamlarida material oqimlarini harakatini sodda ifoda etishni afzal ko‘radi. Misol sifatida quyidagilarni keltirshimiz mumkin: sex, maydon, ishchi joyi, omborlar tizimi yoki transport tizimi 7.3.rasmda “voronka” modeli tasvirlangan
7.3-rasm. Logistika tizimlarining varonkasimon modeli
Varonkaga tushdigan buyurtmalar rasmda har xil o‘lchamli sharlar bilan tasvirlangan. SHarni o‘lchami buyurtmani qanchalik ko‘p xizmatliligini bildiradi. Bu tizim maksimal o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib bunga tizim materiallar oqimi harakati ratsional rejalashtirganda erishadi.Buyurtma berish sikliga ketadigan o‘rtacha vaqt quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
Buerda – buyurtma berish siklini o‘rtacha davomiyligi;
– tugallanmagan ishlab chiqarishning o‘rtacha kattaligi;
Nsr – bir vaqt oralig‘idan bajarilgan buyurtmalarning o‘rtacha qiymati.
|
| |