ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASINING FUNKSIYALARI




Download 1,77 Mb.
bet31/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

7.2. ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASINING FUNKSIYALARI.
Korxonada moddiy oqimlarni boshqarish quyidagi funksiyalar bajarilishini nazarda tutadi:

  • Logistik jarayon qatnashchilarining harakatlarini bir - biriga moslashtirish;

  • Ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish;

  • Moddiy oqimlarni rejalashtirish;

  • Ichki ishlab chiqaruvchi tizim doirasida tovar harakati jarayoni ustidan nazorat qilish;

  • Ishlarning olib borilishini boshqarish.

Harakatlarni bir - biriga moslashtirish – bu moddiy oqimlarning boshqarish maqsadlarini shakllantirish va alohida bo‘linmalarga etkazish, aytib o‘tilgan maqsadlarni korxonaning global maqsadlari bilan moslashtirish va shu asosda logistik zanjirning hamma bo‘g‘inlarini samarali ishlashini ta’minlash.
Tashkillashtirish moddiy oqimlarni shakllantirishni va tovar harakati qatnashchilari orasida aloqalarni o‘rnatishni hamda korxonada moddiy oqimlarni boshqarish tizimini tashkil etishni nazarda tutadi.
Rejalashtirish quyidagi funksiyalarni bajarilishini o‘z ichiga oladi: ilmiy - texnik va iqtisodiy bashorat; amalga oshiriladigan faoliyatlar dasturini ishlab chiqarish va rejalarni detallashtirish.
Bashorat qilish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshiriladigan faoliyat dasturini tuzishdan oldin amalga oshiriladi. U ichki ishlab chiqaruvchi tizimning kelajakdagi tendensiya (yo‘nalish) larini baholash vazifasini bajaradi.
Ko‘zlangan maqsadlarga qarab, moddiy oqimlarni boshqarishda bashoratlar quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin:

  1. texnik rivojlanishni bashorat qilish, buning maqsadi bo‘lib yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘llarini qidirish va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish sohasini hamda yangi turdagi xom ashyoning vujudga kelishini bashorat qilish hisoblanadi.

  2. mahsulotga bo‘lgan talabni bashorat qilish, bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangi turdagiga almashtirish yoki ishlab chiqarilish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish diversifikatsiyasining chuqurlashish tendensiyalarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

  3. moddiy resurslar bashorati, bu materiallarga bo‘lgan ehtiyojni, korxonaning tovar siyosati o‘zgarishi mumukinligini hisobga olgan holda aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

  4. xom ashyoga qo‘yilgan narxlar o‘zgarishini bashorat qilish, bu narxlar o‘sib ketishi mumkin bo‘lgan materiallar zaxirasini tashkil etish maqsadida qo‘llaniladi.

Ishlab chiqarish logistikasining maqsadlarini korxonaning alohida bo‘linmalari faoliyatining natijalari bilan bog‘liqligi, moddiy oqimlarni boshqarish dasturi doirasida ma’lum ishlarni vaqt bo‘ylab rejalashtirish (ishlar bajarilishining kalendarь grafigini aniqlash) va logistik vazifalarni bajarishda qatnashuvchi funksional bo‘linmalar orasida resurslarni taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nazorat qilish moddiy oqimlarni boshqarishning funksiyasi sifatida, korxonaning tashkiliy tuzilmasini aniqlaydigan kanallar orqali amalga oshiriladi va u belgilangan parametrlar bo‘ylab tovar harakati jarayonining o‘tishini uzluksiz kuzatishdan iborat. Buning uchun moddiy oqimlarning holati haqida ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash amalga oshiriladi, ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarish bo‘yicha rejadagi vazifalardan chetlashishlar aniqlanadi va tahlil qilinadi, olib borilgan ishlarning qo‘yilgan maqsadga moslik darajasi haqida xulosalar chiqariladi. Aniqlangan kamchiliklarni yo‘qotish boshqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Boshqarish o‘zining ichiga quyidagi amallarni oladi: ishlab chiqarish buyurtmalarining bajarilishi bo‘yicha ish grafigining buzilishi va bu keltirib chiqargan sabablarning tahlili; chetlanishlarni yo‘qotish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar.
Aytib o‘tilgan amallar bir vaqtda amalga oshiriladi va birgalikda moddiy oqimlarni boshqarish mexanizmini tashkil etadi.




    1. Download 1,77 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASINING FUNKSIYALARI

Download 1,77 Mb.