6.2. KELIB TUSHISHLARNI HISOBLASH USLUBLARI
Buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ortimal miqdorini aniqlash
Ulgurji narxlar kichik bo‘lgan sharoitda buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash
Defitsit bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitda buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash
Buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash. Buyurtmaning samarali miqdori deb, buyurtmaning bajarilishiga va materiallarni saqlashga ketadigan yillik xarajatlarning umumiy miqdorini minimumgacha kamaytirish imkonini beruvchi materiallar partiyasiga aytiladi. Buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash metodikasi materiallarni katta va kichik partiyalab xarid qilishning afzalliklarini va kamchiliklarini taqqoslashdan, hamda zaxiralarni to‘ldirishga ketadigan umumiy xarajatlarning eng kichik miqdoriga mos keluvchi buyurtma miqdorini aniqlashdan iborat.
Buyurtma hajmi hamda kelib tushishiga (buyurtma bajarilishi) va materiallarni saqlashga ketadigan xarajatlarning o‘zaro ta’siri grafik ko‘rinishida 6.2-rasmda ko‘rsatilgan.
6.2-rasm. Buyurtmaning bajarilishiga va materiallarni saqlashga ketadigan xarajatlarning buyurtma hajmiga bog‘liqligi.
X – bitta buyurtma natijasida xarid qilinayotgan materiallar soni bo‘lsin. Xarid qilinayotgan materiallar sonining oshib borishi, materiallarni (zaxiralarni) saqlashga ketadigan xarajatlarning oshib borishiga olib keladi (2-chiziq). SHu bilan birga partiyadagi materiallar sonining ko‘payishi yillik buyurtmalar miqdorining kamayishiga olib keladi. Bu buyurtmalarning bajarilishi bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishiga olib keladi. 6.1 - rasmdan ko‘rinib turibdiki, yillik umumiy xarajatlar chizig‘i (1-chiziq) X = X0 da minimumga erishadi.
Bu bog‘liqlikni misolda ko‘rib chiqamiz.
Materiallarga bo‘lgan yillik ehtiyoj 500 donadan iborat bo‘lsin va faqat bir buyurtma bajarilsin (6.3-rasm). Bu holda materiallar zaxirasi yil davomida 500 donadan 0 gacha kamayib boradi va zaxiralarning o‘rtacha miqdori 250 donani tashkil etadi. Zaxiralarni saqlashga ketadigan kundalik xarajatlar ularning o‘rtacha miqdoridan kelib chiqadi, buyurtma bajarilishiga ketadigan xarajatlar esa bir yilda bir marta vujudga keladi.
6.3–rasm. Materiallarning uzluksiz ishlatilish sxemasi. X=500 va bir yilda bitta buyurtma berilganda.
Materiallarni saqlashga va xarid qilishga ketadigan xarajatlarning xarid qilinayotgan materiallar soniga bog‘liqligini miqdoriy baholash asosida umumiy xarajatlar miqdorini kamaytiradigan buyurtma hajmini aniqlash mumkin.
Bunda quyidagilar bajarilishi kerak:
yillik zaxiralarni tashkil etuvchi materiallarning umumiy miqdori aniq bo‘lishi kerak.
talab darajasi o‘zgarmas.
buyurtmalar tez bajariladi, ya’ni buyurtmalar belgilangan muddat ichida bajariladi, o‘zib turish vaqti aniq va o‘zgarmas.
hujjatlashtirishga ketadigan xarajatlar ularning hajmiga bog‘liq emas.
ko‘rib chiqilayotgan davr ichida materiallarga qo‘yilgan narx o‘zgarmaydi.
Yuqoridagilarga muvofiq holda buyurtma bajarlishiga va zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar quyidagi formula orqali berilishi mumkin:
S=S1n + C2 * q/2,
Bu erda S1 va S2 – doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar, ular buyurtmaning bajarilishi va materiallarni saqlash bilan bog‘liq; n – yillik buyurtmalar miqdori; q/2 – zaxiraning o‘rtacha miqdori.
B uyurtmaning samarali miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
q ulg. = 2C1Q/C2
bu erda Q – materiallarga bo‘lgan yillik ehtiyoj.
Quyidagilar berilgan bo‘lsin: S1 – bir dona materialni xarid qilishga ketadigan xarajatlar – 8,33 pul birligi/dona; S2 – zaxiralarni saqlashga ketadigan yillik xarajatlar – 0,1 pul biriligi/dona. Materiallarga bo‘lgan yillik ehtiyoj Q – 1500 dona. Bunda buyurtmaning samarali hajmi
q ulg. = 2*8,33*1500/0,1 = 500 donaga teng.
Bu materiallarga yillik buyurtmalar soni n = 3 (1500/500) ligini bildiradi. Yil davomida talab o‘zgarmas deb olingani uchun buyurtma yilning har 80(240/3) ish kunida berilishi zarur.
6.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, buyurtmaning samarali miqdori xarajatlar summasi chizig‘ining nisbatan tekis xarakterga ega bo‘lgan sohasida joylashgan. Amalda xarajatlar summasi quyidagicha o‘zgarib turadi: buyurtma berilayotgan partiya hajmi 400 dona bo‘lganda – 51,24 pul birligi, 500 donada – 50,00 pul birligi, 600 donada – 50,83 pul birligi va 700 donada – 52,96 pul birligi. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, buyurtma miqdori uning ortimal hajmiga nisbatan 40%ga oshganda bor – yo‘g‘i 5,72%ga oshadi.
Keltirilgan formula buyurtmaning samarali miqdorini zaxiralarning ishlatilishi bir tekis va aniq belgilangan (determinantlashtirilgan) sharoitlarda amalga oshirilganda aniqlash imkonini beradi.
Amaliyotda korxonaning ishida bu shartlardan ba’zi bir chekinishlar mavjud bo‘ladi:
kelib tushishning cho‘zilib ketishi. Bu holatda material bittada etkazilib berilmaydi, balki, u yoki bu vaqt oralig‘i ichida ma’lum intensivlik bilan etkaziladi va ishlab chiqarish tomonidan bir tekis ishlatiladi. Uning ishlatilishi kelib tushishlar boshlanganidan keyin va tugashidan oldin boshlanadi.
tezlashtirilgan ishlatish. Bu holda zaxiralar ishlatilish intensivligi materiallar defitsitiga olib kelishi mumkin.
Aytib o‘tilgan maxsus sharoitlarni hisobga olgan holda, buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash bo‘yicha maxsus model’ ko‘riladi.
6.4-rasm. Buyurtmaning samarali miqdorini aniqlashning grafik ko‘rinishi.
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN PARITYANING ORTIMAL
MIQDORINI ANIQLASH.
Agar korxona o‘zini - o‘zi materiallar bilan ta’minlasa, ishlab chiqarilayotgan ortimal miqdorini, ya’ni zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari zaxirasini to‘ldirish uchun ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan mahsulot miqdorini aniqlash masalasi shakllanadi. Bu holatda materiallarning harkatlanish sxemasi 6.5-rasmda ko‘rsatilgan.
Zahiralarning ishlatilish davri.
6.5–rasm. Oxirgi interval uchun materiallar zaxirasini to‘ldirishda joriy zaxiralarning harakatlanish grafigi.
6.5–rasmdan ko‘rinib to‘rganidek, zaxiraning ishlatilishi asta – sekin, butun t – davri ichida amalga oshiriladi, uning to‘ldirilishi esa faqat ti – davr ichida, bu davrning davomiyligi ishlab chiqarilayotgan partiyaning tayyorlanish vaqti (ishlab chiqarish davri) bilan aniqlanadi. Zarur yig‘uvchi qismlar buyurtma tushishi bilan ishlab chiqarila boshlaydi va tayyor bo‘lishi bilan iste’molchiga yuboriladi: qayta ishlanishi uchun qabul qiluvchissex omborxonasiga yoki yig‘uvssexining omboriga yuboriladi. Zaxira tushishining kunduzgi tezligi quyidagi shartdan aniqlanadi:
(P – Q)/240,
bu erda P – yig‘uvchi qismlar ishlab chiqarilishining yillik hajmi.
Agar ishlab chiqarilish (kelib tushish) va materiallarning ishlatilish sur’atlari aniq bo‘lsa, zaxira fondi butun davr davomida to‘lib boradi va uning oxirida maksimal miqdorga erishiladi.
Zaxiraning maksimal darajasi
qmax = t1 (P – Q)/240 ni tashkil etadi.
O‘rtacha zaxira esa
qo‘rt = (t1/2)*(P – Q)/240 ni tashkil etadi.
Zaxiralarning to‘lish davri ishlab chiqarishning o‘rtacha bir kunlik hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanishi (t1 = 240 qulg/P) hisobga olingan holda, materiallarni ko‘paytirish va saqlash bilan bog‘liq yillik xarajatlar yig‘indisi quyidagicha aniqlanadi:
C = S1 * Q/qort + Q * Cdona + C2 * qulg. (1 – Q/P)/2,
Bu erda S1 – buyurtmlarni berish va hujjatlashtirish bilan bog‘liq, ishlab chiqarishni tayyorlashga ketadigan xarajatlar; Cdona – bir doni mahsulotning tannarxi.
qort ga nisbatan bu tenglamani echsak, ishlab chiqarish partiyasining ortimal hajmini aniqlaymiz:
q ort = 2S1` * Q / C2 ( 1 – Q / P )
Agar Q bilan P o‘rtasidagi farq 0ga yaqin bo‘lsa qort cheksizlikka intiladi. Bu talab darajasi ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lgan holda ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo‘lishi zarurligini bildiradi. Agar P Q dan ancha katta bo‘lsa, unda ishlab chiqarilayotgan partiyaning ortimal miqdori buyurtmaning ortimal miqdoriga teng va zaxira birinchi talab bo‘yicha to‘ldirilishi mumkin.
9-misol.
Detal’ korxonada ishlab chiqariladi va ishlab chiqarishni tayyorlashga ketadigan xarajatlar 8,33 pul birligi/donaga teng deb tasavvur qilaylik. Detallarning yillik iste’moli 1500 donani, bir dona zaxirani saqlashga ketadigan xarajatlar 0,1 pul birligini, mahsulotning yillik ishlab chiqarilish hajmi – 12000 donani tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan partiyaning ortimal miqdori
q ort = 2*8,33*1500 / 0,1 ( 1 – 1500/12000) = 535
donani tashkil etadi.
Zaxiraning to‘lish davri
t1 = 535 * 240 / 1200 = 11 donaga teng
davrning umumiy vaqti
t = qort / Q = 535 / 1500 = 0,35 yoki 0,35 * 240 = 8 kun.
ULGURJI NARXLAR ARZONLASHTIRILGAN SHAROITLARDA BUYURTMANING SAMARALI MIQDORINI ANIQLASH.
Agar ulgurji narxlar arzonlashtirilsa, unda buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash uchun bir qancha hisoblarni amalga oshirish kerak, chunki xarajatlar yig‘indisi funksiyasi uzluksiz bo‘lmay qoladi. Bunday funksiyaning global minimumini torish uchun uning lokal minimumlarini o‘rganib chiqish zarur va bunda ularining ba’zilari narxlarning uzilish nuqtalarida bo‘lishi mumkin.
Yetkazib beruvchi miqdoriga qarab arzonlashtirishni hisobga olgan holda quyidagi narxlarni taklif etgan bo‘lsin:
|