• 6-MA’RUZA. ISHLAB CHIQARISHNI MATERIALLAR BILAN TA’MINLASH REJA
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Ditorlik opеratsIYalar




    Download 1,77 Mb.
    bet25/91
    Sana09.07.2024
    Hajmi1,77 Mb.
    #267097
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91
    Bog'liq
    umumiy ma\'ruza

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Logistika qanday jarayon?

    2. Logistikaning tamoyillari nimalarda namoyon bo‘ladi?

    3. Logistikada qanday oqimlar o‘rganiladi?

    4. Logistikani joriy etish uchun nimalar zarur bo‘ladi?

    5. Logisikaning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?

    6. Logistik zanjir nimani anglatadi?

    7. Moddiy oqim nimani o‘zida mujassam etadi?

    8. Servisli oqimi nima?

    9. Logistik tizim nimani anglatadi?

    10. Logistik tizimga ta’sir ko‘rstauvchi omilllar nimalarini o‘z ichiga oladi?

    11. Logistik tizimlar qanday belgilarga ko‘ra tasniflanadi?

    6-MA’RUZA.
    ISHLAB CHIQARISHNI MATERIALLAR BILAN TA’MINLASH


    REJA



      1. Ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan ta’minlash uslublari.

      2. Kelib tushishlarni hisoblash uslublari.

      3. Ishlab chiqarilayotgan partiyaning ortimal miqdorini aniqlash.

      4. Ulgurji narxlarni arzonlashtirilgan sharoitlarda buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash.

      5. Defitsitni hisobga olgan holda buyurtmaning samarali miqdorini aniqlash.

    Tayanch so‘z va iboralar
    Ishlab chiqarish, moddiy resurs, korxona, reja, buyurtma, ombor zaxirasi, ko‘zlangan zaxira, zarur tezlik, yillik ehtiyoj, ulgurji narxlar.

    6.1. ISHLAB CHIQARISHNI MODDIY RESURSLAR


    BILAN TA’MINLASH USLUBLARI.
    Korxona ishi amaliyotida, ishlab chiqarish moddiy ta’minotini rejalashtirishning bir qancha uslublari ishlatiladi (6.1-rasm):
    - buyurtmali;
    - rejadagi vazifalar asosida;
    - amalga oshirilayotgan ehtiyojlar asosida.
    6.1-rasm. Ishlab chiqarishning moddiy ta’minotini rejalashtirish uslublari.
    Buyurtmali uslub talab etilayotgan xom ashyoni faqatgina ehtiyoj tug‘ilganda sotib olishni nazarda tutadi, shuning uchun ham ombor zaxiralari hosil qilinadi. Bu uslub donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishni, omborlashtirilishi qiyin bo‘lgan, yuqori sifatli materiallarga va ko‘p joy egallaydigan detallarga, hamda sozlash ishlarini olib borish uchun zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojni qoniqtirish uchun qo‘llaniladi.
    Buyurtmalar asosida moddiy ta’minot alohida va bir qancha pozitsiyalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bir qancha pozitsiyalar bo‘yicha moddiy ta’minot bir xil vaqt oraliqlaridan (masalan haftalardan) keyin amalga oshiriladi, bunda berilgan davr bo‘yicha kelib tushgan arizalarni hisobga olgan holda bitta umumiy buyurtma shakllantiriladi.
    Rejadagi vazifalar asosida moddiy ta’minot. Bu uslub materiallarga bo‘lgan ehtiyojning determinant hisobiga asoslanadi. Bunda ma’lum davrda vujudga keladigan birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarni aniqlash imkonini beruvchi mahsulot strukturasi hamda qo‘shimcha ehtiyojlarning ma’lum bo‘lishi nazarda tutiladi.
    Rejadagi vazifalar asosida xom ashyo bilan ta’minlashda buyurtmalar hajmi netto ehtiyojdan kelib chiqqan holda aniqlanadi, bunda rejalashtirilayotgan kelib tushishlar va omborda mavjud materiallar miqdori hisobga olinadi. Bu hisob ketma-ketligi 3-jadvalda ko‘rsatilgan. Materiallarga buyurtmalar faqatgina umumiy ehtiyoj mavjud zaxiralardan oshsa beriladi.

    6.1-jadval.


    Rejadagi vazifalar asosida moddiy ta’minot ( netto ehtiyojni aniqlash )




    Download 1,77 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   91




    Download 1,77 Mb.