MATERIALLARGA BO‘LADIGAN EHTIYOJLARNING TURLARI




Download 1,77 Mb.
bet21/91
Sana09.07.2024
Hajmi1,77 Mb.
#267097
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Bog'liq
umumiy ma\'ruza

5.1. MATERIALLARGA BO‘LADIGAN EHTIYOJLARNING TURLARI.
Xom ashyo va materillarga bo‘lgan ehtiyoj deb mavjud buyurtmani yoki belgilangan ishlab chiqarish dasturi bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ularning miqdorini ma’lum muddatga etkazilishi tushuniladi.
Ma’lum davr davomida vujudga keladigan materiallarga ehtiyoj davriy ehtiyoj deb ataladi. U birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi ehtiyojlardan iborat.
Birlamchi ehtiyoj deb sotishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlarga, bog‘lovchilarga va detallarga hamda xarid qilinadigan ehtiyot qismlariga bo‘lgan ehtiyoj tushuniladi. Birlamchi ehtiyoj hisobi matematik statistika va bashorat qilish uslublari yordamida amalga oshiriladi, bu uslublar kutilayotgan ehtiyojni aniqlash imkonini beradi. Ehtiyojlarni noto‘g‘ri baholash yoki noaniq bashorat qilish xavfi sug‘urta zaxirasini oshirish yo‘li bilan qoplanadi.
Birlamchi ehtiyoj savdo – sotiq sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda moddiy oqimlarni boshqarishning asosi hisoblanadi. Sanoat korxonalari uchun birlamchi ehtiyojni ikkilamchi tashkil etuvchilarga ajratish lozim.
Ikkilamchi ehtiyoj deb tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarga, detallar va xom ashyoga bo‘lgan ehtiyoj tushuniladi.
1 - misol .
Mebel fabrikasi oshxona mebeli uchun stollar ishlab chiqaradi. Stolda idish yuvish moslamasi joylashtiriladi, u o‘z o‘rnida issiq va sovuq suv krani bilan komplektlanadi.
Idish yuvish moslamasi va smesitellarga bo‘lgan ehtiyoj ikkilamchi deb ataladi, chunki u birlamchi ehtiyoj (ish stollari miqdori)dan kelib chiqadi. Agar idish yuvish moslamalari va smesitellar savdo – sotiq tarmog‘iga zarur ehtiyot qismlar sifatida etkazilsa, unda bu mahsulotlarga ham birlamchi, ham ikkilamchi ehtiyojlar o‘rinli bo‘ladi.
Ikkilamchi ehtiyoj hisobida quyidagilar berilishi ko‘zda tutiladi: hajm va muddatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan birlamchi ehtiyojlar; o‘ziga xosligi yoki qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar; qo‘shimcha yetkazib berish imkonining mavjudligi; korxonaning qo‘l ostida bo‘lgan materiallar miqdori. Shuning uchun ikkilamchi ehtiyojlarni aniqlash uchun hisobning determinant uslublari qo‘llaniladi. Agar o‘ziga xos jihatlarning yo‘qligi yoki materiallarga bo‘lgan ehtiyojning kamligi natijasida bu uslubni qo‘llab bo‘lmasa, u holda xom ashyo va materiallar harakati haqida ma’lumot asosida ehtiyojlar bashorat qilinadi.
Uchlamchi ehtiyoj deb ishlab chiqarishni yordamchi materiallarga va eskiruvchi moslamalarga bo‘lgan ehtiyoji tushuniladi. U ikkilamchi ehtiyojdan kelib chiqqan holda materiallarni ishlatish ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi (ehtiyojlarni determirnantlar orqali aniqlash), bunda mavjud materiallar harakati asosida statistik hisoblar olib boriladi yoki ekspertli yo‘nalishlar ishlatiladi.
Mavjud xarajatlar hisobidan kelib chiqqan holda materallarga brutto va netto ehtiyojlar ajratiladi.
Brutto ehtiyoj deb rejali davr mobaynida materiallarga bo‘lgan ehtiyoj tushuniladi, bunda omborda yoki ishlab chiqarishda mavjud zaxiralar hisobga olinmaydi. Netto ehtiyoj deb rejali davr davomida materiallarga bo‘lgan ehtiyoj tushuniladi, bunda aksincha mavjud zaxiralar hisobga olinadi. U ma’lum muddat mobaynida omborda mavjud zaxiralar bilan brutto ehtiyoj o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
2 - misol.
Materiallar joylashishining bitta nuqtasida ham birlamchi, ham ikkilamchi ehtiyojlar o‘rinli bo‘lsin. Bu holatda ham mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan detallar (ikkilamchi ehtiyoj), ham kelib tushadigan yig‘uv birliklari (birlamchi ehtiyoj) to‘g‘risida gap ketmoqda. 5.1 - jadvaldan ko‘rinib turibdiki, brutto ehtiyoj birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Omborda 450 dona material mavjud. Netto ehtiyoj 650 donadan (1100 – 450) iborat. Ma’lum muddatda netto ehtiyojni aniqlash uchun ombordagi zaxiralar, uni qoniqtirishga zarur bo‘lgan zaxiralar hajmi ayirib tashlanadi. Shunday qilishda davrlar bo‘yicha quyidagi natijalar kuzatiladi: birinchi davr – netto ehtiyoj mavjud emas, chunki ombordagi zaxiralar brutto ehtiyojdan oshib ketgan; ikkinchi davr – netto ehtiyoj mavjud emas, davr boshiga ombordagi zaxiralar 210 donadan iborat (450 – 240); uchinchi davr – mavjud zaxiralar 50 donadan(210 – 260) va netto ehtiyoj 170 donadan (220 – 50) iborat.
5.1 - jadval
Ehtiyot qismlarga bo‘lgan brutto va netto ehtiyojlarning hisobi(dona).

Ko‘rsatkichlar.

Ko‘rsatkichlarning davr bo‘yicha o‘zgarishi

Jami

1

2

3

4

5

6

Ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyoj

80

40

40

30

40

40

270

Ikkilamchi ehtiyoj

160

120

180

90

120

160

850

Brutto ehtiyoj

240

160

220

120

160

200

1100

Mavjud zaxiralar

450

210

50

0

0

0

710

Netto ehtiyoj

-

-

170

120

160

200

650

Amaliyotda materiallarga bo‘lgan umumiy ehtiyoj qo‘shimcha ehtiyojning brutto ko‘rsatkichiga nisbatan o‘sib boradi, bu ehtiyoj ishlab chiqarishdagi brak va moslamalarni sozlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlatilib borilishi bilan asoslanadi. Omborda mavjud zaxiralar bilan taqqoslangandan keyin qoldiq ehtiyoj kelib tushishi zarur bo‘lgan zaxiralar miqdoriga moslashtiriladi.


Materiallarga bo‘lgan har xil turdagi ehtiyojlarning o‘zaro ta’siri 5.1. - rasmda ko‘rsatilgan.




    1. - rasm . Materiallarga bo‘lgan har xil turdagi ehtiyojlarning o‘zaro ta’siri.




Download 1,77 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Download 1,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MATERIALLARGA BO‘LADIGAN EHTIYOJLARNING TURLARI

Download 1,77 Mb.