|
EHTIYOJLARNI ANIQLASH USLUBLARI
|
bet | 22/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruza5.2. EHTIYOJLARNI ANIQLASH USLUBLARI.
Moddiy oqimlarni samarali boshqarishning muhim sharti bo‘lib, ehtiyojlarni oldindan ko‘ra bilish hisoblanadi. Ularni aniqlash uchun quyidagi uslublar qo‘llaniladi:
- ishlab chiqarish rejasi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot o‘ziga xos xususiyatlari bilan mos holda olib boriladigan hisobning determinant uslublari;
- hisobning statistik uslublari;
- mutaxassislarning xulosalariga tayangan holda sub’ektiv baholash.
Yuqorida aytib o‘tilgan uslublar klassifikatsiyasi rasm – 5.2-rasmda ko‘rsatilgan.
5.2 – rasm. Ehtiyojlarni aniqlash uslublarining tasnifi
Hisobning determinant uslublari materiallarga bo‘lgan ikkilamchi ehtiyojlarni hisobi uchun xizmat qiladi, bunda birlamchi ehtiyojlar aniq bo‘lishi kerak. Analitik uslubda hisob mahsulotdan (uning xususiyatlaridan) ierarxik pog‘ona bo‘yicha tyeradan pastga olib boriladi. Sintetik uslubda detallarning har bir guruhi bo‘yicha hisoblar olib boriladi, bunda ularni ierarxiyaning alohida pog‘onalarida qo‘llanilishi kelib chiqadi.
Hisobning statistik uslublari kutilayotgan ehtiyojni sonlar asosida aniqlash imkonini beradi, bunda ma’lum vaqt oralig‘i davomida ehtiyojning o‘zgarishi xarakterlanadi. Buning uchun o‘rtacha miqdorlarni approksimatsiyalashtirish, eksponensial tekislash va regression tahlillardan foydalaniladi.
O‘rtacha miqdorlarni approksimatsiyalashtirishda materiallarga ehtiyojning bitta o‘rtacha miqdori oylar bo‘yicha o‘zgarib to‘rgan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bu uslub bashorat qilish, materiallarga bo‘lgan ehtiyojning ma’lum miqdorini o‘rtacha ko‘rsatkich ko‘rinishiga keltirish jarayonidan iborat.
Eksponensial tekislash uslubi, moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning o‘zgarish jarayonini bashorat qilish dinamikasining bar qator darajalari asosida amalga oshirilganda qo‘llaniladi, bunda moddiy resurslarning hajmi bashorat vaqtiga berilgan darajadan uzoqlashishi davomida kamayib boradi. Buning uchun hisobotlarga o‘zgarmas tekislovchi koeffitsient kiritiladi, u bashorat xatosi minimumga etadigan qilib tanlanadi.
Eksponensial tekislashni hisobga oladigan bashorat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Yt+1=ayt + a(1-a)yt-1 + a(1-a)2yt-2 + … + a(1-a)kyt-k + … + (1-a)ty0
Bu erda, y0 - ba’zi boshlang‘ich shartlarni xarakterlovchi kattalik.
Regression tahlil moddiy resurslarni ishlatilish tendensiyalarini matematik funksiyalar yordamida yaqinlashtirishni ko‘zda tutadi, bunda ular keyingi davrga ekstrapolirlashtiriladi. Bog‘liqlik xarakteridan kelib chiqqan holda chiziqli va chiziqli bo‘lmagan regression tahlillar ajratiladi. CHiziqli regressiya uslubini ehtiyoj taxmini proporsional bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar ehtiyoj chizig‘i to‘g‘ri chiziq yordamida approksimatsiya- lashtirilmasa, chiziqli bo‘lmagan regression tahlil qo‘llaniladi.
|
| |