|
-MA’RUZA.
ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASINI BOSHQARISH VA TASHKIL ETISH
|
bet | 30/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruza7-MA’RUZA.
ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASINI BOSHQARISH VA TASHKIL ETISH
REJA
Ishlab chiqarish logistikasining vazifalari.
Ishlab chiqarish logistikasining funksiyalari.
Raqobat muhiti o‘zgarishi
Tayanch so‘z va iboralar
Ishlab chiqarish logistikasi, bashorat qilish, ish grafigi, buyurtma berish sikli, materiallar narxining o‘zgarishi, material resurslari, mahsulotga bo‘lgan talab, texnik rivojlanish, raqobat muhiti, raqobat platformalari.
7.1. ISHLAB CHIQARISH LOGISTIKASINING VAZIFALARI
Ishlab chiqarish logistikasi tushunchasi. Moddiy oqim xom ashyoning birinchi manbaidan oxirgi iste’molchigacha yetib borgunigacha bir qator ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridan o‘tadi. Bu bosqichda moddiy oqimni boshqarish o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, u ishlab chiqarish logistikasi deb nomlanadi.
Ishlab chiqarish logistikasining o‘rganish ob’ekti bo‘lib ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar hisoblanadi: sanoat korxonalari, omborxonalarga ega bo‘lgan ulgurji savdo korxonalari; yuk stansiyalari va boshqalar.
Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarni makro – va mikrodarajada ko‘rib chiqish mumkin.
Makrodarajada ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar, makrologistik tizimlarning elementlari sifatida qabul qilinadi. Ular bu tizimlarning ishlash tezligini belgilaydi va moddiy oqimlarning manbai sifatida xizmat qiladi.
Mikrodarajada ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar ma’lum butunlikni, birdamlikni tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan tizimostilarning kompleksini tashkil etadi. Bu quyidagi tizimostilar: xarid qilishni tashkil etish, omborlarning ishi, transport – ombor, ishlab chiqarishda materiallar harakatini boshqarish, mahsulot sotishni tashkil etish va boshqalar. Ular moddiy oqimning tizimga kirishini, uning ichida harakatlanishini va tizimdan chiqib ketishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish logistikasining asosiy vazifasi, korxonada moddiy oqimlarni boshqarishning integrallashgan tizimni tashkil etishdan iborat.
Sanoat korxonasida moddiy oqimni boshqarish, moddiy va axborot oqimlarini mahsulot ishlab chiqarish nuqtasidan iste’mol nuqtasiga o‘tkazish bilan band bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘linmalariga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazish jarayonidan iborat.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ishlab chiqarish buyurtmalarining bajarilishi, resurslar va iste’mol talabi haqidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi (7.1-rasm).
7.1–rasm. Moddiy oqimlarni boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy ma’lumotlar.
Sotish va ta’minot bozoridan kelib tushadigan ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish, moddiy ta’minot va tayyor mahsulotlarni sotishning kompleks rejasi tuziladi, bu reja asosida buyurtmalarning bajarilishi bilan bog‘liq faoliyat tashkil etiladi. Tekshirish natijalari asosida ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarish grafigidan chetlashishlarni yo‘qotishga qaratilgan boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi. Shunday qilish moddiy oqimlarni boshqarish tizimida ma’lumotning aylanishi amalga oshiriladi va teskari aloqa bilan boshqarishning berk konturi shakllanadi. 7.2-rasmda moddiy oqimlarni boshqarishning sxema ko‘rinishi berilgan.
7.2–rasm. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi.
|
| |