|
Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja
|
bet | 5/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 43,46 Kb. | | #244672 |
Bog'liq Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja-fayllar.orgOldingi tahrirga qarang.
don kamomadi, don va don mahsulotlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni korxonalarning sud organlari tomonidan aybdor deb topilgan moddiy javobgar shaxslari va rahbarlaridan undirish don va don mahsulotlarining bozor narxi bo‘yicha pul mablag‘lari korxonaning hisob raqamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan, istisno hollarda – sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talablariga muvofiq bo‘lgan teng miqdordagi don bilan qoplangan holda amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
donni qayta ishlaydigan korxonalar tomonidan iste’molchilarga, shu jumladan qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fermer xo‘jaliklariga omixta yem va don chiqindilari sotilayotgan mahsulotning qiymati oldindan yuz foiz to‘lanishi sharti bilan sotiladi;
temir yo‘l shoxobcha yo‘llariga ega bo‘lgan tayyorlov punktlariga donni avtomobil transportida ortib jo‘natish, shuningdek “O‘zstandart” agentligining mintaqaviy organlari tomonidan beriladigan muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmaganda donni davlat resurslariga qabul qilish taqiqlanadi;
mavsumiy hamda doimiy ishlaydigan don qabul qilish punktlarida donni qabul qiladigan moddiy javobgar shaxslar faqat “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishgan holda tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi tarkibiga kiradigan, don, davlat resursidagi donni dastlabki qayta ishlovdan keyingi qo‘shimcha mahsulotlar va chiqindilarni sanoat yo‘li bilan qayta ishlash uchun sotishni amalga oshiruvchi korxonalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan mahsulot aylanmasi miqdori ustama narx summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda boshqa tashkilotlarga, shu jumladan spirt ishlab chiqarish uchun, don sotish aylanmasi umumiy belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
5. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zdavdoninspeksiya” don tayyorlash davrida davlat resurslari uchun tayyorlanayotgan donning sifati va miqdorini nazorat qilish uchun o‘z vakillari ishtirok etishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilinadigan donga muvofiqlik sertifikati shartnoma asosida o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi va hududiy statistika organlari rahbarlariga davlat ehtiyojlari uchun don tayyorlash hajmi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar o‘z vaqtida to‘planishi va taqdim etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda don tayyorlash davrida statistika hisobotlari ma’lumotlarining ishonchliligi korxonaning o‘ziga borib dastlabki hisob ma’lumotlari bo‘yicha muntazam ravishda tekshirilishini tashkil etsin.
8. Mahalliy hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning don tayyorlash davrida uning sifatini aniqlash va kundalik ma’lumotlarni yuritish masalalariga, shuningdek “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korxonalarida mas’ul mansabdor shaxslarni tayinlashga aralashishi qat’iyan taqiqlansin.
9. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotish bo‘yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani;
saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida donning nobud bo‘lishi va kamayishini qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizomni;
don mahsulotlari korxonalarining texnologiya jarayonini tashkil etish va yuritish qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan operatsiyalar hisobini yuritish va rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 20-martdagi 137-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 43-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 2-son, 19-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 269-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 6-son, 54-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizomning amal qilishi davlat ehtiyojlari uchun don xarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi. Bunday korxonalar sirasiga don tayyorlash korxonalari, elevatorlar, tegirmonlar, yorma, omixta yem va urug‘ni qayta ishlash korxonalari va boshqa korxonalar kiradi.
2. Don va don mahsulotlarining miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobi (keyingi o‘rinlarda “dastlabki hisob” deb ataladi):
don va don mahsulotlarining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qilishni;
don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ularga ishlov berishda, shuningdek don mahsulotlari ishlab chiqarishda ularning massasi va sifati o‘zgarishini aniqlashni;
sotuvchilar (yetkazib beruvchilar) hamda xaridorlar (oluvchilar) o‘rtasida, shu jumladan ichki tashishda don va don mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning to‘g‘riligini;
don va don mahsulotlari sifati yomonlashuvining oldini olishni ta’minlashi shart.
3. Dastlabki hisob don va don mahsulotlari bilan barcha xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni, ularni yalpi, uzluksiz va hujjatli hisobga olish yo‘li bilan yig‘ish, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimini ifodalaydi.
4. Miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobni tashkil etishni va uning to‘g‘riligini korxona rahbari ta’minlaydi.
5. Don va donni qayta ishlash mahsulotlarining miqdor jihatidan hisobi va ular bilan operatsiyalar fizik og‘irlikda bir kilogrammgacha aniqlikda olib boriladi. Bundan tashqari, un va yormaning, shuningdek zavodda idishga joylashtirilgan makkajo‘xori va boshqa ekinlar urug‘ining hisobi idishlar soni bo‘yicha yuritiladi.
6. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
don — g‘alla va dukkakli ekinlar, moyli ekinlarning oziq-ovqat, yem va texnik maqsadda foydalaniladigan doni;
don mahsulotlari — un, yorma, non-bulka va makaron mahsulotlari, omixta yem, yem aralashmasi, kepak va donni qayta ishlashdan olingan qo‘shimcha mahsulotlar;
don va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifat sertifikati — don va uni qayta ishlash mahsulotlari sifatining normativ hujjatlar talablariga, shuningdek ularning ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotni tayyorlagan korxona nomiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
IChTL — ishlab chiqarish texnologiya laboratoriyasi;
yiroqdagi punktlar — korxonaga tegishli bo‘lgan, don topshiruvchilardan donni qabul qiluvchi va uni vaqtincha saqlash funksiyasini bajaruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan punktlar;
reklamatsiya dalolatnomasi — don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifat va miqdor jihatidan muvofiq bo‘lmaganda, ularni qabul qilishda e’tiroz bildirish uchun tuziladigan dalolatnoma.
7. Moddiy javobgar shaxslar — don va don mahsulotlarining miqdor va sifat jihatidan saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar: elevatorlar va mexanizatsiyalashtirilgan don saqlash omborlarining katta masterlari (ishlab chiqarish uchastkalari boshliqlari), ishlab chiqarish uchastkalari masterlari, ombor mudirlari, yiroqdagi punktlarning omborlarga bevosita mutassaddilik qiluvchi mudirlari, makkajo‘xori urug‘ligiga ishlov beruvchi makkajo‘xori donini kalibrlovchi sexlar boshliqlari, omixta yem komplekslarining ishlab chiqarish boshliqlari, omborlarga mutasaddilik qiluvchi urug‘lik tozalovchi korxonalar (sexlar) boshliqlari. Tegirmonlar, yorma, omixta yem va urug‘lik tozalovchi korxonalarda (sexlarda) tayyor mahsulotlarning miqdor va sifat jihatidan saqlanishi uchun, ular omborlarga berilgungacha, korxonalarning ishlab chiqarish sexlari boshliqlari javob beradilar.
8. Korxona rahbarlari har bir moddiy javobgar shaxs bilan alohida, ishga qabul qilish vaqtida unga topshirilgan hamda shartnoma amal qilishining barcha davrida u qabul qilib olgan barcha moddiy boyliklar uchun to‘liq mulkiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadilar. Shartnomalar ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq bilan bir vaqtning o‘zida tuziladi.
Korxona rahbari moddiy javobgar shaxsni mazkur Nizom bilan tanishtirishi shart. Don va mahsulotlarni saqlashga javobgar bo‘lgan shaxslar almashtirilganda, uning javobgarligida bo‘lgan barcha moddiy boyliklar yangi tayinlanayotgan shaxsga qat’iy ravishda tarozida tortib yoki qoplangan mahsulot miqdori joylarini qayta hisoblash orqali topshiriladi.
|
| |