- donlarni chiqindilardan tozalash;
- suliga o ‘xshash donlarni
qiltanoqdan tozalash;
- suv, bug‘ (GTI) bilan ishlov berish;
- separatorlar yordamida oldindan saralash.
Donlardan yorma olish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- oqlashdan oldin saralash;
- qobiqlardan ajratish;
- oqlangan yarim tayyor mahsulotlardan muchka (kepak),
maydalangan don, qobiqlami ajratish;
- oqlangan va oqlanmagan aralashmalardan m ag‘izlarini ajratish;
- yormalarga sayqal va pardoz berish;
- yorma va chiqindilarni nazorat qilish.
Texnologik jarayonlam i tuzish asoslari.
Yorma korxonalariga keltirilayotgan
donlarni qayta ishlash
texnologiyasi rasmda berilgan.
Yorma korxonasiga yuborilayotgan donlar turli chiqindilardan
elevatorda joylashgan havo elak separatorlarida tozalanadi. Yuqori
«vixod»li va sifatli mahsulotlar olish uchun turli sifatga ega bo'lgan
don partiyalaridan tashkil topgan maxsus partiya shakllantiriladi.
Donlarni don tozalash sexlariga yuborishdan oldin
tarozida tortib,
miqdori hisobga olinadi.
Don tozalash sexlarida asosan chiqindilardan tozalash, saralash,
namlash va dimlash jarayonlari o ‘tkaziladi. Donlarga GTI berish
natijasida ulaming mexanik tuzilishi o ‘zgarib, qobiq, murtakning
240