Oqlash mashinalari ishchi qismlarining tavsifi
Seperatorlardan o ‘tgan mayda chiqindilar (0=3,0-3,2 mm)
nazorat elagida elab ajratiladi va chiqindiga qo‘shiladi.
Sholi
oqlashdan oldin ikki marta havo separatoridan o ‘tkaziladi. Sholi ikki
vali ustiga rezina qoplangan ZRD-2,5 uskunasi yordamida oqlanadi.
ZRD-2,5 uskunasidan bir marta o ‘tgan massada oqlanlangan sholi 85
% va mayda.s. esa 2,0
%
dan oshmasligi kerak. Aylanuvchi valning
tezligi 9,4 m/sek va ikki valning aylanish nisbati 1/4 bo‘lishi tavsiya
etiladi. ZRD-2,5 uskunasi o ‘rniga RC-125 rusumli g postovasidan
ham foydalaniladi.
Oqlangan yarim tayyor mahsulotlami
shkaf tipidagi ressevlar
yordamida 4 ta fraksiyada saralanadi:
1. Rassevdan chiqqan «sxod»mahsulot.
Rassevning 0 5,5 va 5,0 mm elaklaridan «sxod» b o ‘lib chiqqan
yarim tayyor mahsulot aralashtiriladi. «Sxod» Chiqishlar asosan
luzga va oqlanmagan sholidan iborat bo‘lib,
aralashma ikki marta
havo separatoridan o ‘tkaziladi, qipiqlari ajratib olinib, aralashmaning
qolgan qismi oqlash uchun qaytarib yuboriladi.
2. 0 ‘lchamlari 0 4,0 va 3,6 mm elaklardan «sxod» bo‘lib
chiqayotgan aralashma (asosan m ag‘iz, oqlangan don va luzga) ikki
marta elanib, undan qipiq va oqlanmagan donlami ajratish uchun
Raddi mashinaga yuboriladi. Raddi mashinadan so‘ng oqlanmagan
donlar «sxod» sistemaga
qaytarilib yuboriladi, m ag‘izlari ham
oqlash uchun yuboriladi.
3 .1 0-sxema. Yormabop donlardan yorma olish texnologiyasining
texnologik sxemasi. 1,5 mm o ‘lchamli elakdan olingan aralashmada
oqlanmagan don, maydalangan m ag‘iz va qipiqlar aralashtirilib
ikki marta elanadi,
qipiqni ajratib olib, yorma esa oqlash uchun
yuboriladi.
4.
10-sxema. Yormabop donlardan yorma olish texnologiyasining
texnologik sxemasi. 1,5 mm o ‘lchamli elakdan o ‘tgan aralashmalar
nazorat elaklariga yuboriladi. Qipiqlarni havo separatorida nazo-
ratdan o‘tkazib, qolgan m ag‘izlar ajratib olinadi.
246
Sayqallash uchun yuborilayotgan
yarim tayyor mahsulotlarda
oqlanmagan sholi miqdori 1 % dan oshmasligi kerak. RC-125
sayqallovchi uskunalardan m ag‘iz to ‘rt marta oldinma-ketin o'tadi,
yuqoridagi uskunalar o ‘m iga Al-BShM -2,5 uskunasi ham ishlatilib,
m ag‘izga 2-3 marta sayqal beriladi (26-jadval).
Elangan va havo yordamida chiqindilardan tozalangan mayda
guruchga yana sayqal berilib, undan
kepak va qovuslar ajratib
olinadi.
Guruch yormalariga oxirgi marta pardoz berish uchun RC-125
sayqallovchi uskunaga yuboriladi, uning abraziv yuzasi yumshoq
qoplama bilan almashtirilib, tezligi esa 10% ga kamaytiriladi.
Cayqallangan, rassevlarda elangan
yoki pardozlangan guruch
yormalari Raddi mashinada nazorat qilinib, shopirilib,
metall zar-
rachalardan tozalangandan so‘ng qoplash uchun yuboriladi.