• Mashg’ulotning rejasi 1. Sifat menejmenti tizimi haqida 2.
  • Amaliy mashg’ulotni o ’ tish davrida kutilayotgan natijalar
  • Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish




    Download 231 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi231 Kb.
    #231509
      1   2   3
    Bog'liq
    1-Laboratoriya mashg‘uloti



    1-laboratoriya(
    amaliy)
     mashg'uloti: "Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish" 
    faniga kirish. Sifat sohasidagi asosiy tushunchalar va ta'riflar 
    Mashg’ulotning rejasi 
    1.
    Sifat menejmenti tizimi haqida 
    2.
     
    Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish fanining maqsadi va vazifalari
     
    3.
    Sifat menejmenti tizimi tushunchlari
     
    Mashg’ulot maqsadi: 
    Talabalarning sifat menejmenti tizimi fani, maqsadi va vazifalari, sifat 
    menejmenti tizimi tushunchlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 
    Amaliy mashg’ulotni o

    tish davrida kutilayotgan natijalar: 
    talabalarning ma’ruza mavzulari 
    bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitish. Shu 
    bilan birga, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimini mustahkamlashga erishish, 
    tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimini oshirish.
     
    Amaliy mashg’ulotni o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: 
    Darslik, ma’ruza matni, o‘quv 
    qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallarlar, skotch, qog‘oz, marker 
    Laboratoriya jihozlari

    ko‘rgazmali tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, 
    qurilmalari va axborot multimedia qurulmalari bilan jihozlangan
    xona 
    Sifatni boshqarish va sertifikatlashtirish faoliyati iqtisodiyotning bir qancha sohalar va 
    sanoatning barcha tarinoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik 
    jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan turli mahsulotlarning sifati yuqori 
    darajada, me’yoriy hujjatlarning belgilangan talablariga mos bo'lishini, iste’mol mahsulotlarini 
    aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan 
    foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan. 
    Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari 
    mavjud, chunki u o‘ziga ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishini ham qamrab oladi. Bu esa 
    kolpchiIik mahalliy korxonalarning o‘ziga xos shart-sharoitlarining mavjudligi bilan 
    tushuntiriladi, ya’ni ularda menejment tizimlari mavjud emas, ammo ular ishlab chiqarishni 
    baholash jarayoni bilan tanishlar, chunki bir vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarining 
    attestatsiyasilash ham mumkin. Bu esa menejment tizimlari orqali ishlab chiqarish hamda 
    korxonaning boshqaruv tizimini muqobillashtiradi. Shuning uchun menejment tizimi o‘zining 
    afzalliklari bilan ham ahamiyatlidir. 
    Korxonalarda ISO xalqaro standartlari talablari asosida sifat menejment tizimlarini ishlab 
    chiqish va joriy etish va ularni sertifikatlashtirish hamda kelgusida sifat menejmenti tizimlarini 
    natijaviyligi va samaradorlinigi tahlil qilish orqali korxonaning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini 
    baholash qulay afzalliklarni yuzaga keltiradi. 
    Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish fani korxona va tashkilotlarda sifat 
    menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etilgan sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish, 
    audit o‘tkazish, audit turlari, o‘tkaziladigan va o‘tkazilgan ichki audit natijalarini tahlil qilish 
    natijalari asosida sifat menejementi tizimi muvofiqligini baholash va tasdiqlash tartiblari, ishlab 
    chiqarish rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar 
    natijalari va sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro, hududiy muammolarning mahsulot sifati, uning 
    raqobatbardoshligiga ta’siri masalalarini qamrab oladi. 
    Xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish sharoitini boshqarish fanining maqsadi 
    — talabalarda sifat menejmenti tizimini rivojlanish istiqbollari, sertifikatiashtirish tarixi va uning 
    hozirgi davrdagi ahamiyati, respublikamizda sifat menejmenti tizimini korxonalarda joriy etish va 
    sertifikatiashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korxonalarda ishlab chiqilib va joriy 
    qilinadigan menejment tizimlari, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish 
    asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyalari 
    xususiyatiga xos sertifikatlashtirish tartiblarini tanlash bo‘yicha yo‘nalish ixtisosligiga mos bilim, 
    ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. 


    Belgilangan maqsaddan kelib chiqib, fanning vazifasi — talabalarga sifat menejmenti 
    tizimlarini korxonalarda ishlab chiqish va joriy etishi hamda sertifkatlashtirish, tartib-qoidalari, 
    sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishning huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslari, sifat 
    menejmenti tizimini sertifikatiashtirish idoralari, ularning faoliyati, sifat menejmenti tizimlarini 
    sertifikatlashtirishda xalqaro standartlar, sertifikatlashtirilgan sifat menejmenti menejmenti 
    tizimlari faoliyati ustidan inspeksion nazorat o‘tkazish va ma’lum shart-sharoitlar uchun sifat 
    menejmenti tizimini sertifikatiashtirish dasturlarim ishlab chiqishni o'rgatishdan iborat. 
    Mahsulotlarni ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash, mahsulot sifatini ta’minlashda sifat 
    menejmenti tizimini joriy etib uni sertifikatiashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport 
    salohiyatini oshirish va korxona raqobatbardoshligi ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. 
    Ishlab chiqarishda sifat tizimini joriy qilish va uni sertifikatlashtirish orqali iqtisodiy 
    samaradorlikka erishish, ishlab chiqarish texnologik jarayonlari uchun sarflanadigan xarajatlarni 
    kamaytirish sifatli boshqarishning dolzarb masalalari bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli ushbu fan 
    asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib 
    hisoblanadi. 

    Download 231 Kb.
      1   2   3




    Download 231 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish

    Download 231 Kb.
    Pdf ko'rish