|
Zarrachalarini o‘lchamlari
|
bet | 157/285 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #126265 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligiZarrachalarini o‘lchamlari. Buning uchun 0,02 g bo‘lgan preparatni predmet shishasiga joylashtirib, 15x15 mm lik yopuvchi shisha bilan berkitiladi, preparat zarrachalarini yopuvchi shisha tagida bir xil joylashtirish uchun yopuvchi shishani preparat ignasini to‘mtoq uchi bilan bosiladi (TU 64-1-464-74) va okulyari 16 x, obektivi 10x marta kattalashtirilgan mikroskopda ko‘riladi.
Mikroskopni 10 ta ko‘rish maydonida zarrachalarning asosiy massasini o‘lchamlari 60 mkm dan katta bo‘lmasligi kerak; 10 tadan ko‘p bo‘lmagan zarrachalarni o‘lchamlari 60 dan 90 mkm gacha bo‘lishi ruxsat etiladi.
Aniqlash o‘rtacha beshta probada bajariladi.
Bir xillik. Surtma birturli bo‘lishi kerak. Preparatni 0,02 g massalik 4 ta namunasini 2 tadan predmet shishasiga qo‘yiladi. Ikkinchi predmet shishasi bilan yopilib, diametri 2 sm atrofidagi dog‘lar xosil bo‘lguncha zichlashtiriladi va ko‘zdan 30 sm uzoqlikdan ko‘riladi; namunalarni to‘rtadan uchtasida zarrachalar ko‘rinmasligi kerak.
Agar zarrachalar ko‘p sonli dog‘larda ko‘rinsa, aniqlash sakkiztalik tekshiruvda qayta bajariladi, zarrachalarni mavjudligi ikkita sinovda aniqlash ruxsat etiladi. Bunda 12 talik sinovlarda zarrachalarni mavjudligi 3 ta sinovdan ko‘p bo‘lmagan xolda aniqlash ruxsat etiladi.
Mikrobiologik tozalik. Preparat XI DF, 2 nashr, 193 betda keltirilgan usul bo‘yicha, shuningdek N 2 ot 12.10.2005 y, kategoriya 2 o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rsatilgan talablarga javob berishi kerak. 1 g preparatda aerobik bakteriyalar va zamburug‘lar umumiy soni 102 dan oshmasligi ruxsat etiladi, 10 tadan ko‘p bo‘lmagan ekterobakteriyalar va boshqa grammusbat bakteriyalar, Psendomonas aeruginosa, staphylococcus aureus bo‘lmasligi kerak. Preparat tajribalar o‘tkazish sharoitida mikroblarga qarshi xossaga ega emas (suyultirish 1:10).
Diklofenak natriy surtmasini miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Diklofenak natriyni miqdorini aniqlash. Eritmalar ishlatilish oldidan tayyorlanadi. Taxminan 0,5 (aniq o‘lchov) preparat 50 ml li kolbaga solinadi, uglerod dioksididan ozod bo‘lgan 20 ml suv qo‘shilib, bir turdagi aralashma xosil bo‘lgunicha magnit aralashtiruvchi kajavada aralashtiriladi, uglerod dioksididan xoli bo‘lgan 20 ml suv yordamida 50 ml sig‘imlik o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi. 3 ml 0,1 m natriy gidroksid eritmasi qo‘shiladi, shu erituvchi yordamida eritmaning xajmi belgisigacha etkaziladi, aralashtiriladi va aylanish tezligi 8000 ob\min bo‘lgan sentrifugada 10 daqiqa davomida sentrifugalanadi. 2 ml xosil bo‘lgan eritmani 25 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinib, uglerod dioksididan ozod qilingan suv yordamida eritmaning xajmini belgisigacha etkaziladi va aralashtiriladi. Tekshirilayotgan eritmani va standart eritmalarning nur yutish ko‘rsatkichi spektrofotometrda, to‘lqin uzinligi 276 nm da 10 mm li qatlam qalinligidagi kyuvetada optik zichligi o‘lchanadi, solishtiriluvchi eritma sifatida uglerod dioksididan ozod bo‘lgan suv solishtirish uchun eritma sifatida ishlatiladi.
Diklofenak natriyni 1 g preparatdagi gramm miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi
D1 - tekshirilayotgan eritmaning optik zichligi
Do - standart eritmaning optik zichligi
m0 - diklofenak natriy SO o‘lchov massasi, g
m1 - preparat massasini aniq tortmasi, g
R - diklofinak natriy SO sidagi asosiy moddani miqdori,%
1 g preparatda S14N10 Sl2 N NaO2 (diklofenak natriy) miqdori 0,027 dan 0,033 g gacha bo‘lishi kerak.
Surtmadagi diklofenak natriyni son jihatdan aniqlash metrologik xarakteristikalar natijalari
Diklofenak natriy miqdori
|
Xsr
|
S2
|
S
|
P
|
Delta X
|
DeltaXsr
|
Eps
|
Eps sr
|
0,031
0,031
0,030
0,030
0,031
|
0,0306
|
0,0000003
|
0,00054
|
0,05
|
0,0031
|
0,0014
|
10,4532
|
4,6748
|
|
| |