• Gidrogenlangan moylar.
  • Gidrofil asoslar.
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    bet165/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Lipofil asoslar. XI DF bo‘yicha lipofil asos sifatida kakao moyi, uning parafin bilan birgalikdagi qotishmalari va gidrogenizatsiya qilingan moylar, qattiq moy, lanol, gidrogenizatsiya qilingan moylarni mumlar bilan birgalikdagi qotishmalari, shuningdek qattiq parafindan foydalanish mumkin.
    Lipofil asoslarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
    • to‘g‘ri ichakda oson erishi kerak,


    • suyuqlanish harorati 370S dan ortmasligi lozim,


    • etarlicha qattiqlikka va suyuqlanish haroratida uncha katta bo‘lmagan intervalga ega bo‘lishi kerak,


    • etarli qovushqoqlikka ega bo‘lishi lozim,


    • suyuqlikni yaxshi yutishi kerak,


    • saqlash davomida turg‘un bo‘lmog‘i lozim.




    Gidrogenlangan moylar. Bu moylar xossalari bilan kakao moyiga yaqin tursada bir qancha kamchiliklarga ega. 1934 yilda A.G.Bosin gidrogenlangan moylarni parafin bilan birgalikdagi qotishmasi – butirolni shamcha asosi sifatida foydalanishni taklif etdi. SHuningdek bugungi kunda kakao moyining o‘rnini bosuvchi gidrogenlangan moylarni xar xil moysimon moddalar bilan xosil qilgan qotishmalari, emulgatorlar yoki uglevodorod maxsulotlaridan shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
    Misol tariqasida Nijniynovgorod kimyo farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasida shamcha tayyorlashda ishlatilayotgan bir nechta asosni keltirishimiz mumkin.
    Birinchi asos. Tarkibida 30% kakao moyi, 49-60% gidrogenlangan kungaboqar moyi va 10-21% parafin.
    Ikkinchi asos. Tarkibida 60-80% lanol (ftal kislotasining yuqori molekulali spirtlar bilan xosil qilgan murakkab efiri), 10-20% kulnariya moyi va 10-20% parafin.
    Gidrofil asoslar. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
    • shilliq qavat sekretsiya bezlarda tez va to‘liq erishi,


    • shilliq qavatni qitiqlamasligi,


    • gidrofob xossaga ega bo‘lgan dori moddalari bilan yaxshi aralashishi,


    • kimyoviy va farmakologik nuqtai nazardan indifferent bo‘lishi lozim.


    Gidrofl asoslarning aksariyatini etilenoksid va suvning polimer kondensatlari - polietilenglikollar tashkil etadi. Bugungi kunda polietilenglikollarning molekulyar massasiga qarab quyidagi turlari mavjud: PEG-400, 1500, 2000, 4000 va 6000. Chet ellarda polietilenglikol asosida sintez qilingan quyidagi asoslar shamchalar texnolgiyasida keng ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda: “Karbovaks” (SSHA), “Skurol” (Fransiya), “Postonal”, “Suppofarm” (Germaniya).



    Download 1,19 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 1,19 Mb.