Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar




Download 1,19 Mb.
bet166/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar. Bu asoslar garchand DF tarkibiga kiritilgan bo‘lsada, ular shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarishda kamdan kam xolatlarda ishlatiladi.
Shamcha asoslari etarli tuzilish-mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun ularning tarkibiga alyuminiy stearat, magniy stearat va boshqa yog‘ kislotalarining tuzlari, shuningdek tvinlar, T-2, №1 emulgatorlar, bentonit, glyukoza, kraxmal va aerosil qo‘shiladi.
Shakl berilgan shamchalar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha organoleptik tahlildan o‘tkazilib, boshqa ko‘rsatkichlari ham aniqlaniladi va 10-150S haroratda 2-3 soat davomida qo‘shimcha ravishda xavo yordamida moylovchi va sovituvchi komponentlardan tozalanadi. Tayyor shamchalar yarim avtomat yordamida qadoqlash va o‘rash uchun o‘tkaziladi.
Shamchalar 5 donadan qadoqlanadi va 2 qadoq ya’ni 10 tadan qilib qutilarga joylashtiriladi. Qutining ichiga qo‘llashga doir ko‘rsatma solinadi, etiketkasiga esa seriya nomeri va yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi. Tayyor maxsulot quruq va salqin joyda, yorug‘likdan ximoya qilingan xolda, 200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.
XI DF shamchalarni quyidagi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashni talab qiladi: shamchalar bir xil massani tashkil etishi lozim, bir xildaga shaklga ega bo‘lishi kerak, etarli qattiqlik va ishlatish uchun qulaylikka ega bo‘lmog‘i lozim.

Shamchalarning bir xilligi vizual – ko‘z orqali ko‘rish bilan, shamcha ko‘ndalang kesimida dori va yordamchi moddalarning bir xil taqsimlanganligi kuzatiladi.


Shamchalarning o‘rtacha massasi va undan chetlanishi XI Bo‘yicha tabletkalarning o‘rtacha og‘irligi va undan farqini aniqlashga o‘xshab aniqlaniladi.
Lipofil asoslarda tayyorlangan shamchalarning suyuqlanish harorati aniqlaniladi, u 370S dan ormasligi kerak. Agar shamchalarning suyuqlanish haroratini aniqlash qiyinchilik tug‘dirsa, shamchalarning to‘liq deformatsiya vaqti aniqlaniladi. Bu ko‘rsatkich 15 daqiqadan ortmasligi kerak.
Gidrofil asoslarda tayyorlangan shamchalar uchun erish vaqti aniqlaniladi. Bu ko‘rsatkich 1 soatdan ortmasligi lozim.
Shuningdek, shamchalarda shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdori va dozalar bir xilligi ham DF ning talabi bo‘yicha aniqlaniladi.



Download 1,19 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar

Download 1,19 Mb.