• Tavsif.
  • Unguentum acidi borici 5% - 5% Bor surtmasi




    Download 1,19 Mb.
    bet162/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Unguentum acidi borici 5% - 5% Bor surtmasi
    Tarkib:
    Borat kislotasi - 5 g
    (FM 42-2024-89, BP, Yevr. F., IP, CP)
    Vazelin - 95 g
    (DS 3582-84, FM 42 O’z – 0430-2010,
    KFM 42-5565-07, BP)
    Ilova: Surtmani issiq iqlim sharoiti va issiq havo haroratida suyuqlanishini oldini olish uchun vazelinli asosga tayyor surma tarkibidagi dori moddasiga nisbatan olinganda 10% gacha bo’lgan miqdorda yuqori tozalikdagi neft parafini, mum, azakerit kabi moddalarni qo’shish mumkin.
    Tavsif. Oq yoki yorqin sariq rangli hidsiz surtma.
    Chinligi. 1 g preparatga 5 ml 96% li etil spirtidan qo’shiladi va suv hammomida asos eriguncha chayqatilib qizdiriladi. Spirtli eritma yashil hoshiyali alanga berib yonadi (borat kislota).
    1 g preparatga 5 ml suv qo’shiladi va suv hammomida bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirgan holda qizdiriladi: eritma avval qizil alanga bilan, so’ng yashil hoshiyali alanga berib yonadi (borat kislota).
    Surtmaning bir xilligi. Preparat DF XI, 2 tom, b.145-146 talabiga javob berishi kerak. Surtma bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Bir xillikni aniqlash uchun surtmadan 0,02 g dan 4 ta namuna olinadi, 2 tadan namunani buyum oynasiga qo’yiladi. Oynani ikkinchi buyum oynasi bilan yopiladi va diametri 2 sm atrofidagi dog’ hosil bo’lguncha zich berkitiladi. Dog’lar qurollanmagan ko’z bilan qaralganda (30 sm uzoqlikda) 4 ta namunadan 3 tasidagi dog’larda ko’rinadigan zarrachalar kuzatilmasligi kerak. Agar dog’lardagi zarrachalar miqdori ko’p bo’lsa yana 8 ta namunada qayta sinov o’tkaziladi.
    Bunda ko’rinadigan zarrachalar faqatgina 2 ta dog’da bo’lishiga ruxsat etiladi.
    Dori vositasidagi zarrachalar o’lchami. Zarrachalarning o’lchami 180 mkm dan katta bo’lmasligi kerak (DF XI, 2 tom, b.146).
    Qadoqdagi modda miqdori. Qadoqdagi modda miqdori TST 64-492-85 ga asosan aniqlaniladi. 3 ta tuba yoki banka olinib, ichidagi dori moddasi bilan alohida-alohida 0,01 g aniqlikda tortiladi. Tubani uzunasiga qaychi bilan kesiladi. So’ng tuba (banka) ichidagi modda yaxshilab bo’shatiladi. Preparat qoldiqlari issiq suv bilan yuvib tozalanadi, namlik esa filtr qog’ozi yordamida bartaraf qilinadi. Tuba (banka) yana tortiladi. Qadoq ichidagi modda miqdori dori vositasining tuba bilan birgalikdagi og’irligi va tara og’irligi orasidagi farq yordamida topiladi.
    Iste’mol tarasi 20 g dan 50 g gacha bo’lgan qadoq uchun og’irlikdan farq ±4% ga teng.
    Tekshirish natijalari qoniqarsiz bo’lsa tekshiruv ikki barobar ko’p miqdordagi namunada o’tkaziladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unguentum acidi borici 5% - 5% Bor surtmasi

    Download 1,19 Mb.