• Shamchalarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Anuzol shamchasi. Maqsad.
  • Vaziyatli masalalar.
  • Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.
  • Tashish. DS 17768-90E talabiga asoslanadi. Saqlash




    Download 1,19 Mb.
    bet164/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Tashish. DS 17768-90E talabiga asoslanadi.
    Saqlash. Salqin, yorug’likdan himoyalangan joyda saqlanadi.
    Yaroqlilik muddati. 2 yil.
    Asosiy farmakologik ta’siri. Antiseptik vosita.
    Ilova. Ushbu korxxona farmakopeya maqolasida keltirilgan reaktivlar, titrlovchi eritmalar va indikatorlar XI Davlat Farmakopeyasi 2 tomining tegishli bo’limlarida keltirilgan.
    Shamchalarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Anuzol shamchasi.


    Maqsad. Rektal va vaginal dori shakllari shamchalar, tabletkalar, surtmalar, kremlar va kapsulalarni sifatini MTH lar bo‘yicha baholash.
    Mavzuning ahamiyati. Rektal dori shakllaridan shamchalar ularni tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ishlab chiqarishda ancha noqulayliklar keltirib chiqaradigan dori shakllaridir. SHunday bo‘lsada, ularga bo‘lgan talabning yuqori ekanligi bu dori shakllarini standartlashni oddiy va qulay usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
    Vaziyatli masalalar.
    1. Shamchaning deformatsiya vaqti MTX da belgilangan vaqtdan o‘tib ketdi.


    2. Shamcha tayyorlash uchun tanlab olingan asosni erish harorati +250S.


    3. Rektal tabletkalarni standartlash.




    Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.
    1. Shamchalarni o‘rtacha og‘irligi va undan farqini aniqlash.


    2. Shamchalarni o‘lchamlarini belgilash.


    3. Shamchalarning deformatsiya vaqtini Kruvchinskiy asbobida aniqlash.


    4. Rektal qapsulalar nima?


    5. Rektal tabletkalarning ishlatilishi.


    6. Sharchalarni sifatini nazorat qilish.


    7. Tayoqchalar va ularni standartlash.


    8. Rektal dori shakllarini chinlik va miqdorini aniqlash.


    9. Rektal dori vositalari sifatiga qo‘yilgan talablar.


    10. Tayoqchalardagi asos miqdorini aniqlash.


    Shamchalar xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki ikki, ba’zan undan ko‘p dori moddasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga bo‘lingan dori shakli bo‘lib, asosan tananing bo‘shliqlariga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.


    Rektal dori shakllarining diametri 1,5 sm gacha bo‘lib, shakli konus, silindr, torpedo yoki sigaretsimon, bitta shamchaning o‘rtacha og‘irligi 1,1 g dan 4 g gacha bo‘ladi. Uzunligi esa 2,5 sm dan 4 sm gacha, shuningdek bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalarning o‘rtacha og‘iriligi 0,5-1,5 g oralig‘ida bo‘ladi.
    Vaginal shamchalar sferik (globuli), tuxumsimon (ovula) va tilsimon (pessaria) bo‘lib, bitta vaginal shamchalarning o‘rtacha og‘irligi 1,5-6 g oralig‘ida bo‘ladi.
    Tayoqchalar o‘tkir uchli, silindrsimon shaklli bo‘lib, uning diametir 2-5 mm, uzunligi esa 10 sm gacha bo‘lishi mumkin.
    Shamchalar fizik-kimyoviy tuzilishi jihatidan dispers tizimli bo‘lib, disper muhit (asos) va dispers faza (dori moddasi) dan iborat. Dori moddasining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra shamchalar xar xil dispers tizimlarni xosil qilishi mumkin.
    Agar dori moddasi asosda erisa gomogen tizimli, agar erimasa geterogen tizimli (emulsion yoki suspenzion) shamchalar xosil bo‘ladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashish. DS 17768-90E talabiga asoslanadi. Saqlash

    Download 1,19 Mb.