• Qadoq ichidagi massa.
  • Yot qo‘shimchalar.
  • Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    bet156/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    pH ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich 6,0 dan 7,5 gacha (potensiometrik XI DF, 1 nashr, 113 bet) bo‘lishi kerak.
    Sig‘imi 50 ml bo‘lgan shisha kimyoviy stakanga 2,0 g preparat solib, 20 ml yangi qaynatib sovutilgan suv qo‘shiladi va 10 daqiqa davomida aralashtiriladi. Xosil bo‘lgan bir turdagi aralashmani XI DF 1 nashr, 113 betga asosan potensiometrik usulda rN aniqlanadi.
    Qadoq ichidagi massa. Qadoq massasini tarkibi OST 64-492-85 ga asosan aniqlanadi. Uchta tuba yoki banka, ichidagi bilan har biri torozida alohida-alohida tortiladi, mayda qadoq uchun 0,01 g aniqlikda va 1 g gacha aniqlikda - yirik qadoq uchun. Tubani uzinasiga qaychi bilan kesiladi, so‘ngra tuba yoki bankani ichidagidan massa ajratiladi. Preparat qoldiqlarini qaynoq suv bilan yuvib, namlikni filtrlovchi qog‘oz bilan tozalanadi. Tuba (bankani) yana torozida tortiladi. Qadoq ichidagi massani, dorivor moddani qodoqdagi massasi va ichidagidan tozalangan qadoq massasini nisbati aniqlanadi.
    10 g dan 50 g gacha bo‘lgan qadoq uchun ruxsat etilgan aniqlik ± 4%, 100g lik qadoq uchun ± 2,5% tashkil etadi.
    Qoniqarsiz natija olinganda sinov, preparat miqdorini ikki barobar oshirib bajariladi.
    Yot qo‘shimchalar. 0,67 g preparatni 6 ml sovuq metil spirti-uksus kislotasi bilan aralashmasi (9:1) yordamida 10 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinib, 10 daqiqa davomida aralashtiriladi, berilgan erituvchilar aralashmasi bilan eritmani xajmini belgisigacha etkazilib, aralashtiriladi va tarkibida suv bo‘lmagan qog‘oz filtr yordamida filtrlanadi. Tarkibida suvsiz 1,0 g natriy sulfati bo‘lgan o‘lchamlari 7,5x15 sm bo‘lgan Kizelgel 60 F 254 (Merk firmasi ) xromatografik plastinka start chizig‘iga 100 mkg(200 mkg diklofenak natriy) olingan eritma surtiladi. 100mkg (0,5 mkg) diklofenak natriyining A (SOVS) yordamchi moddasini eritmasini standart namunasi va 100 mkg (0,4 mkg) diklofenak natriy B (SOVS) eritmasi.
    Plastinka xavoda 5 daqiqa davomida quritiladi va xloroform-atseton chumoli kislotasi (80:1:3) erituvchilar aralashmasi bilan kameraga joylashtirib, oshib boruvchi usul bilan xromatrografiyalanadi.
    Erituvchilar fronti start chizig‘idan 10 sm o‘tganda, plastinkani kameradan olib, 10 daqiqa xavoda quritiladi va ultra binafsha nurini to‘lqin uzunligi 254 nm da ko‘riladi yoki oltingugurt kislotasidagi kaliy bromati eritmasi purkaladi, qo‘ng‘ir-binafsha dog‘lar ko‘rinadi.
    Tekshirilayotgan eritma xromatogrammasida asosiy dog‘dan tashqari qo‘shimcha dog‘larni borligiga ruxsat etiladi, lekin bu dog‘larni xar birining kattaligi va rangining intensivligi natriy diklofenakni A (SOVS) eritmasini xromatogrammasidagi dog‘dan katta bo‘lmasligi kerak (0,25% dan ko‘p emas).
    Qo‘shimchalarni yig‘indi miqdori 10% dan oshmasligi kerak. “Xromatografik jadvalni yaroqligini tekshirish” testini talablari bo‘yicha bajarilgan analiz natijalari to‘g‘ri xisoblanadi.
    Eslatma:
    1. Diklofenak natriy A eritmasi va B SOVS eritmalarini tayyorlanishi. 0,063 g diklofenak natriy (Br 2004) 25 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinib, sovuq 15 ml metil spirti–sirka kislotasi (9:1) aralashmasida eritilib, eritmani xajmini shu erituvchilar yordamida belgisigacha olib boriladi va aralashtiriladi (asosiy eritma).
    Asosiy eritmani qorong‘i erda saqlanganda saqlash muddati 10 kun.
    0,1 ml asosiy eritmani 50 ml sig‘imlik o‘lchov kolbasiga solib, eritma xajmini metil spirti-sirka kislotasi (9:1) sovuq aralashmasi yordamida belgisigacha suyultiriladi va aralashtiriladi (A eritma).
    0,08 ml asosiy eritmani 50 ml sig‘imlik o‘lchov kolbasiga solib, metil spirti–sovuq sirka kislota aralashmasi yordamida eritmaning xajmini belgisigacha etkazilib aralashtiriladi (B eritma).
    Diklofenak natriyning A va B SOVS eritmalari yangi tayyorlangan xolda ishlatiladi.
    Xromatografik jadvalni yaroqligini tekshirish.
    Xromatografik jadval yaroqli deb xisoblananishi uchun:
    - diklofenak natriy B SOVS eritmasini xromatogrammasida dog‘ aniq ko‘rinishi kerak,
    - diklofenak natriy B SOVS eritmasini xromatogrammasida Rf dog‘lar 0,6 qismini tashkil etishi kerak.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

    Download 1,19 Mb.