• Tashqi ko‘rinishi.
  • Yot moddalarni aniqlash
  • Diklofenak natriy surtmasini son ko‘rsatkichlarini aniqlash




    Download 1,19 Mb.
    bet155/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Diklofenak natriy surtmasini son ko‘rsatkichlarini aniqlash.
    Tarkibi
    Diklofenak natriy
    (100% quruq moddaga nisbat, BF) -3.0 g
    Glitserin
    (FS 42-Uz-0035-2007, GOST 6824-96) -8.0g
    Propilenglikol
    (VFS 42-1594-86, BF) -7,5g
    96% rektifikatlangan etil spirti
    (GOST 5962-67,FS 42 Uz -0171-2010) -8,0g
    Karbomer 934 R,974 R
    karbopol 934 R, 974 R, EF -1,0g
    Mentol yoki ratsemik mentol
    (GF X,387 b.FS 42-1866-90,AQSH F,EF) -0.5g
    Ammiakning 15% li eritmasi
    (GOST 3760-79) -0.6g
    Formaldegid eritmasi
    (GF CH, 628 b ) - 0.1g
    Tozalangan suv
    (FM 42 Uz -0511-2007) -100,0g gacha
    Izoh: ammiakning 15% li eritmasi ammiakning konsentrlangan eritmasidan tayyorlanadi (GOST 3760-79).
    Tashqi ko‘rinishi. Spetsifik xidli, bir xil konsistensiyali, oq rangdagi surtma.
    Chinligi. Diklofenak natriyni miqdor jixatdan aniqlash uchun tayyorlangan eritmani ultrabinafsha nur yutish spektori 220 nm dan 300 nm gacha bo‘lganda, to‘lqin uzunligi 276 + 2nm xolatida maksimum nur yutish ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak.
    Yot moddalarni aniqlash. Buning uchun, standart eritma xromatogrammasida asosiy dog‘, diklofenak natriy guvox moddasi standart namunasining A eritmadagi (SOVS) dog‘ bilan bir satxda ko‘rinishi kerak.
    0,5 g preparatni chinni idishga solib, ketma-ket ravishda 0,1 ml peridol eritmasi va 0,15 ml konsentratlangan sulfat kislotasi qo‘shib, aralashtirganda yo‘qolib ketuvchi binafsha rang xosil bo‘ladi (diklofenak natriy).
    Sig‘imi 25 ml bo‘lgan chinni idishga 2,0 g preparat solib, sulfat kislotasidagi 1 ml vanilin (0,1 g vanilin 10 ml sulfat kislotasida) eritmasi qo‘shiladi. Natijada malina tusli qizil rang xosil bo‘ladi (mentol).
    Mentol, etil spirti, propilenglikol va glitserinni miqdoriy aniqlash uchun tayyorlangan standart eritma xromatogrammasida mentol (taxminan 0,15), etil spirtini (taxminan 0,15), propilenglikolni (taxminan 0,42) va glitserinni (taxminan 1,46) ushlab turilish nisbiy vaqtlarini piklari mentolni, etil spirtini, propilenglikolni va glitserinni SO eritmasidagi etil spirti, propilenglikol va glitserin xromatogrammasidagi ushlab turish nisbiy vaqtlari piklari bilan farqi 0,2% aniqlikda bir xil bo‘lishi kerak. Butandiolni pikni ushlab turish vaqti -1,4 birlik deb qabul qilingan (XI DF, 1 nashr, 105 bet) (mentol, etil spirti, propilenglikol, glitserin).

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Diklofenak natriy surtmasini son ko‘rsatkichlarini aniqlash

    Download 1,19 Mb.