• Yot aralashmalar.
  • Tarkibi. Analgin inyeksiya uchun – 500 g (FM 42-2085-95) Inyeksiya uchun suv – 1 litrgacha (FM 42-2620-97) Tavsif




    Download 1,19 Mb.
    bet199/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Tarkibi.
    Analgin inyeksiya uchun – 500 g
    (FM 42-2085-95)
    Inyeksiya uchun suv – 1 litrgacha
    (FM 42-2620-97)
    Tavsif. Tiniq, rangsiz yoki sarg’imtir suyuqlik.
    Chinligi. 0,2 ml 50% li eritmani suv bilan 1 ml bo’lguncha suyultiriladi, 0,5 ml suyultirilgan sulfat kislotasi va 0,5 ml yangi tayyorlangan xlorli ohak eritmasi qo’shiladi, eritma avval yashil so’ng sariq rangga o’tadigan havorang rangga bo’yaladi (metilaminoantipirin).
    0,1 ml 50% li eritmani suv bilan 1 ml bo’lguncha suyultiriladi, 2 ml suyultirilgan xlorid kislotasi qo’shiladi va 2 daqiqa davomida suv hammomida qaynatiladi; oltingugurt angidridining hidi seziladi. Eritma sovuganidan so’ng 1 ml temir okis xlorid qo’shiladi. 2 daqiqadan so’ng to’q qizil rang hosil bo’ladi (4 – metilaminoantipirin).
    0,2 ml 50% li eritmani suv bilan 10 ml bo’lguncha suyultiriladi, 1 ml temir okis xlorid qo’shiladi; avval to’q yashil so’ng sariq rangga o’tadigan to’q ko’k bo’yoq hosil bo’ladi (amidopirin va antipirindan farqi).
    Preparat natriyga hos bo’lgan B reaksiyani beradi (DF XI, 1 nashr, 159 b.)
    Yot aralashmalar. 2 ml preparatni hajmi 50 ml bo’lgan tiqin bilan zich yopiladigan kolbaga solinadi, 25 ml suvsiz xloroform qo’shiladi, 5 daqiqa davomida chayqatiladi va suvsiz xloroform bilan ho’llangan filtr qog’ozi (moviy chiziqli) yordamida filtrlanadi. Filtratning boshlang’ich qismi tashlab yuboriladi. Hosil bo’lgan filtratning 0,005 ml miqdorini (200 mkg) 7,5x15 sm o’lchamli Silufol UB-254 plastinkasining start chizig’iga tomiziladi. Yoniga guvoh moddaning standart namunasi sifatida (GMSN) 0,005 ml (1 mkg) 4-aminoantipirinning xloroformdagi 0,02% li eritmasi tomiziladi. Namunalar tomizilgan plastinkani havoda 5 daqiqa davomida quritiladi, qurigan plasitnkani xloroform : metil spirti (9:1) aralashmasi solingan kameraga joylanadi va yuqoriga ko’tarilib boruvchi usul yordamida xromatografiyalanadi. Erituvchi fronti plastinka ohiriga yetib borganidan so’ng plastinka kameradan olinadi, 5 daqiqa davomida havoda quritiladi va UB nurda 254 nm to’lqin uzunligida ko’riladi.
    Tekshiriluvchi namuna xromatogrammasida start chizig’i yonida aniq ko’rinadigan analgin hosil qilgan dog’ ko’rinadi, GMSN dog’i balandligi bilan bir xil yoki undan katta Rf ga ega bo’lgan aralashmalar tomonidan hosil qilgan dog’ kuzatilishi mumkin, ammo bu dog’ kattaligi va intensivligi jihatidan GMSN dog’idan katta bo’lmasligi kerak ( praparatda 0,5% dan ortiq bo’lmasligi kerak).
    Ilova. 4 – aminoantipirinning 0,02% li eritmasini tayyorlash. 0,01 g 4 – aminoantipirinni (TSh 6-09-3948-76) hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasida xloroform bilan eritiladi va belgisigacha xloroform bilan yetkaziladi.
    Eritma yangi tayyorlangan holda ishlatiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarkibi. Analgin inyeksiya uchun – 500 g (FM 42-2085-95) Inyeksiya uchun suv – 1 litrgacha (FM 42-2620-97) Tavsif

    Download 1,19 Mb.