• O‘rtacha og‘irlik va undan chetlanishni aniqlash.
  • Ishqalanishga bo‘lgan qattiqlikni aniqlash.
  • Balandlikni diametrga mutanosibligini aniqlash




    Download 1,19 Mb.
    bet61/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Balandlikni diametrga mutanosibligini aniqlash.
    Bu mutanosiblik tabletkalarni avtomatik ravishda qadoqlashda muhim ahamiyatga ega. Tabletkalarning balandligi mikrometrdan foydalanilgan holda 0,01 mm aniqlikda o‘lchanadi.
    Tabletkalarning balandligi va diametri ma’lum mutanosiblikda bo‘lishi kerak, bu TST (OST) 64-7-170-75 da keltirilgan ikki tomoni yassi tabletkalar balandligi va diametrining mutanosibligi uchun berilgan 19-jadval bo‘yicha belgilanadi.
    O‘rtacha og‘irlik va undan chetlanishni aniqlash.
    Tabletkalarning og‘irlikdagi farqlarini aniqlash uchun 20 ta tabletkani birgalikda 0,001 g aniqlikda tortib, o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi. So‘ng xar bir tabletka shu aniqlikda alohida tortilib, o‘rtacha og‘irlikdan farqi, foiz miqdorda topiladi.
    0,1 g gacha bo‘lgan tabletkalar uchun bu farq +10%,
    0,1-0,3 g - +7,5%,
    0,3 g va undan yuqorilari uchun +5% ni tashkil etishi kerak.
    Obakilash usuli yordamida olingan, alohida qobiqli tabletkalarning massasi, o‘rtacha massadan farqi +15% dan oshmasligi kerak.
    Faqat 2 ta tabletkagina ko‘rsatilgan chegaralardan oshuvchi, biroq ikki martadan ko‘proq oshmaydigan chetlanishga ega bo‘lishi kerak.
    Ishqalanishga bo‘lgan qattiqlikni aniqlash.
    11 DF ga binoan tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi do‘mbirali ishqalagich asbobida aniqlanadi. Asbob qopqog‘i ochiladigan, diametri 200 mm bo‘lgan, ichki devorlariga 200 burchak ostida 12 ta kurakcha joylashtirilgan do‘mbira, soatli mexanizm va do‘mbirani daqiqasiga 20 marta aylanishini ta’minlovchi elektr yurgichdan iborat. Tekshirish uchun 10 dona tabletka 0,001 g aniqlikda tortib olinib, do‘mbiraga solinadi. Qopqog‘i yopilgach, 5 daqiqa elektr tarmog‘iga ulanadi. Belgilangan vaqt o‘tgach tabletkalar changdan tozalanadi va ularning massasi 0,001 g aniqlikda tortiladi. So‘ngra tabletkaning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
    bu erda П – tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi, %;

    Рb – tabletkalarning tekshirishdan oldingi og‘irligi, g;


    Рk - tabletkalarning tekshirishdan keyingi og‘irligi, g.
    Tabletkalarning ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi 97% dan kam bo‘lmasligi kerak, ya’ni ishqalanuvchanligi 3% dan oshmasligi kerak

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Balandlikni diametrga mutanosibligini aniqlash

    Download 1,19 Mb.