MADANIY BELGILAR VA ULARNING TURLARI




Download 3,73 Mb.
bet9/15
Sana25.05.2024
Hajmi3,73 Mb.
#253883
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
DUNYONI INTERPRETATSIYA QILISHDA TILNING ROLI

MADANIY BELGILAR VA ULARNING TURLARI
Reja:
1.
2.
3.

lk sanʼat Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga chizib qoldirgan rasmlar ilk sanʼat namunalaridir. Qoyatosh suratlarining oʻziga xos tomoni shundaki, ular insoniyat tomonidan hali yozuv paydo boʻlmasidan oldin yaratildi. Bu sanʼat namunalari muhim manba hisoblanadi. Suratlarda qadimgi odamlarning kundalik hayoti, turmush tarzi, mashgʻulotlari va odatlari ifodalangan. Ayniqsa, ajdodlarimiz eng sevimli va eng qadimgi mashgʻuloti – hayvonlarni ovlash manzarasi koʻp uchraydi.


Mil.avv 15-8-ming yilliklarda qoyatosh suratlarini dastlab kromanyon odamlari yaratganlar. Bu davrda qadimgi rassomlar suratlarni, asosan, qoyalarga oʻyib ishlaganlar. Ularning bir qismi Ispaniyadagi dunyoga mashhur Altamira va Fransiyadagi Lasko gʻorlaridan hamda Boshqirdistondagi Kapovaya gʻoridan topilgan. Oʻsha zamon tasviriy sanʼat ustalari hayvonlarni tasvirlashda turli moddalar qorishmasidan tayyorlangan rangli boʻyoqlardan, tosh devorlardagi rasmlarni boʻyashda esa tayoqcha yoki hayvon junidan tayyorlangan moʻyqalamdan foydalanishgan.Lasko gʻori nisbatan kichik boʻlib, barcha yoʻlaklarning uzunligi 235 metrdan oshmaydi. Chuqurligi taxminan 30 metr. Aosiy kirish joyi qadimiy va biroz insonning hayolini qochiradigan edi.
Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari tomonidan yaratilgan. Yozuv – kishilar oʻrtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimi. Oʻtmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keladi. Tildagi soʻzlar soniyaga qaraganda ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish koʻradi. Tarixda anchagina yozuv muammosi sababli inqiloblar yuzaga kelgan. Olimlar yozuvlarni bir nechta turlarga boʻlganlar. Ulardan dastlabkisi eslatuvchi belgilar deb atalgan. Bunday belgilar muayyan miqdorni belgilashda, biror xabarni uzoq masofaga yetkazishda qoʻllanilgan. Ajdodlarimiz yozuvning buyumli yozuv deb ataluvchi turidan ham foydalanishgan. Masalan, qoʻrgʻon rasmi marhum koʻmilgan joyni, non-tuz esa doʻstlikni anglatgan. Qadimgi yozuvning yana bir turi rasmli yozuv edi.Hind yozuvi [1] Mil. Avv. 3-2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi-rasmdan iborat yozuv boʻlgan. Hind Panjobviloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlarning fikricha bu yozuvlar Shummer va Misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlagan. Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal va Shri Lankaning oʻzidan tashqari ularga qoʻshni hududlarda – Tibet va Markaziy Osiyoda, Hindixitoy yarim oroli hamda Indoneziyada ham tarqalganMuzeylarning urlari koʻp. Yevropada koʻplab muzeylar tashkil etilishi 14-17- asrlarga toʻgʻri keladi. Muzeylab dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Tarixiy muzeylar madaniy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish kabi ishlarni amalga oshiruvchi ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy maskan. Noyob buyumlari, sanʼat asarlari, bejirim va nafis goʻzalliklar hamma davrlarda ham insoniyatni oʻziga rom etgani shubhasiz. Butun dunyoda birinchi Museyon' [2] yaʼni maʼbud – yoki muzalar, ilhom parilarining uyi miloddan avvalgi 290-yilda paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Makedoniyalik Aleksandrning sarkardalari va vorislaridan biri Ptolomey dastlabki muzeyning tashkilotchisi sifatida eʼtirof etiladi. Manbalarga koʻra ungacha ham Muzalar uyi ibodatxonalar uyi mavjud boʻlgan boʻlishi mumkin, ammo Iskandariya ibodatxonasi muzeylar tarixining tamal toshini qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi deya hisoblanadi. Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati. Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda “madaniyat” so’zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko’rsatkich sifatida foydalanilgandek tuyuladi. Lekin madaniyat so’zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e’tibor beradigan bo’lsak, bu atama tabiat, jamiyat va insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko’plab qarashlar, nazariyalar va g’oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo’llanishini anglab yetamiz.
XX asrning 50-yillari boshida amerikalik madaniyatshunos olimlar Alfred Kreber va Klayd Klavixonlar o’zlarining “Madaniyat: tushuncha va ta’riflar” nomli asarida madaniyatning 164 ta ta’rifi mavjud ekanligini ko’rsatib o’tadilar. Hozirgi paytda “madaniyat” atamasining 400 da ortiqroq ta’rifi mavjud Agar ularga e’tibor bersak, madaniyat tushunchasi keng qamrovli hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bo’lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko‘ramiz. Shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga insonning aqliy faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tushuncha sifatida ta’rif berish juda mushkul.
Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga nazar tashlasak, madaniyatning turlicha ta’rifu talqinlari mayjudligini ko‘ramiz, chunonchi: «inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi»; «moddiy va ma’naviy qadriyatlar»; «inson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat»; «insoniy faoliyat mahsuli»; «ijodiy faoliyat»; «ijodiy faoliyat mahsuli»; «jamiyatning ma’naviy hayoti»; «insonning ma’naviy dunyosi»; «insonning axloqiy fazilatlari»: «insonning ichki va tashqi olami»; «axloqiy sifatlar yig’indisi»; «jamiyat faoliyati»; «shartli belgilar tizirni yig’indisi»; «shartli tasvirlar»; «ramziy ishora va belgilar»; «me’yorva andazalar» va shu kabilar.
«Kultura» atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, uni birinchi marta fanga 1871-yili tarixchi va etnografolim E.Taylor kiritgan. Uning ko‘rsatishicha, o‘sha paytda bu tushunchaning bor-yo‘g‘i 7 tagina ta’rifi bo’lgan. Aslida madaniyat keng qamrovli va murakkab tushuncha. Shu boisdan ham yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, uning 400 dan ortiq ta’rifi mavjuddir
E.Taylor o’zining «Ibtidoiy madaniyat» nomli asarida «kultura» («madaniyat») tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: «kultura yoki sivilizatsiya keng ko‘lamli etnografik tushuncha shaklida insonning jamiyat a’zosi sifatida egallab olgan bilimlari, diniy e’tiqodiari, san’ati, axloqi, huquqi, marosimlari va boshqa odatga aylangan qobiliyatlari yig’indisidir». Albatta, hu ta’rifda E.Taylorning «kultura» («madaniyat») tushunchasiga etnograf sifatida yondashuvi ko‘zga tashlanadi.
Arxeologlar, faylasuf va madaniyatshunoslar «kultura» («madaniyat») tushunchasiga ta’rif berishganida, E.Taylor singari madaniyatni ma’naviy hodisa sifatida olib qarash biian birgalikda moddiy predmetlar, narsalar va boyliklar, shuningdek, inson tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazarda tutadilar.
Madaniyat haqidagi fikrlar insonning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, ya’ni oddiy tosh qurollardan foydalanib ov qilish, o‘lja va mevalarni terib iste’mol qilish, ilk dehqonchilik bilan shug‘uilangan va ilk shahar madaniyatini vujudga keltirgan davrlardayoq paydo bo’lmagan. Madaniyat tushunchasi dastlab atama sifatida vujudga kelgani bilan hali jamiyatning moddiy va ijtimoiy hayotini, odamning ongli mayjudot sifatidagi insoniylik qiyofasini anglatmas edi. Inson bunyodkoiiik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini anglab yetish, inson qiyofasini shakllantirish, ya’ni uning ongi va tafakkuriga ta’sir etish orqali jamiyat manfaatlariga mos keladigan insonni shakllantirish zaruriyati paydo bo’lgan davrlarga kelib «madaniyat» va «kultura» atamalarining mazmun-mohiyati o‘zgaradi.
Agar «madaniyat» va «kultura» atamalarining qo‘llanish tarixiga e’tibor bersak, «madaniyat» arabcha «madina» so‘zidan olinganligi va «shahar» degan ma’noni anglatishini ko‘ramiz. «Kultura» so‘zi esa yuqorida yozganimizdek, lotinchadan olingan bo’lib, «ishlov berish, parvarishlash» ya’ni tuproqqa va yerga ishlov berish kabi ma’nolarni anglatgan. Keyinchalik mazkur atamalarning mazmun-mohiyati o‘zgarib borgan.
Kishilik jamiyatidagi beqiyos o‘zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning murakkablasha borishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi tub o‘zgarishlar, inson imkoniyatlarining yuzaga chiqa borishi, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasida inson o‘rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, kishilarning turmushi, o‘zaro munosabatlarga oid umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o’zgarishiga olib keldi.
«Madaniyat» so‘zining etimologiyasiga e’tibor bersak, so‘zning kelib chiqishida arablar turmush tarzi muhim rol o‘ynaganligini ko‘ramiz.



Download 3,73 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 3,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MADANIY BELGILAR VA ULARNING TURLARI

Download 3,73 Mb.