NUTQIY MULOQOT XUSUSIYATLARI




Download 3,73 Mb.
bet12/15
Sana25.05.2024
Hajmi3,73 Mb.
#253883
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DUNYONI INTERPRETATSIYA QILISHDA TILNING ROLI

NUTQIY MULOQOT XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Til va nutq faoliyati haqida tushuncha.
2. Nutq faoliyati haqida tushuncha.
3. Nutq faoliyatining turlari.

Ma`lumki hayvonlar olamidagi aks ettirish shakllari, ularning "tillari" ijtimoiy tajribani uzatish va bu tajribani keyingi avlod tomonidan o`zlashtirish imkonini bermaydi. Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog`liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o`zlashtiradilar. Belgi - voqelikning istagan elementlarini qandaydir aks ettirish, uni shartli ravishda belgilashdir. Masalan, avtomobil’ haydayotib, yo`limizda uchraydigan kucha harakati belgilariga bog`liq holda o`zimizni har xil holda tutamiz. Bundan ko`rinib turibdiki belgi ma`lum jihatdan qurolga o`xshaydi. Faqat qurol bizning amaliy mehnat faoliyatimizga vositachilik qiladi, belgi esa bizning nazariy va intellektual faoliyatimiz, yuksak psixik funktsiyalarimiz (idrok, tafakkur va h.k.) vositasidir. So`zning belgi sifatidagi asosiy xususiyati uning mazmuni, ma`nosidir. "Stul" so`zining ma`nosi shu predmetning barcha ijtimoiy muhim belgilarini, xususiyatlarini (turkumi, vazifasi kabi) o`zida aks ettiradi. Tilning eng muhim funktsiyalaridan biri - til IJTIMOIY-TARIXIY TAJRIBANI BERISh VA O`ZLAShTIRISh vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy-tarixiy tajribasi bilan bog`liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onalaridan surab, savollar berib o`zlashtiradi. Boshqa bir qismini o`zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o`zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o`rganadi (til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o`qib o`rganadi (yana til yordamida). Bu tilning KOMMUNIKASIYA funktsiyasidir. Tilning ikkinchi vazifasi (funktsiyasi) - til INTERAKSIYA vositasidir. Ma`lumki kishining hatti-harakatlari va faoliyati, ko`pincha, ijtimoiy qimmatga ega bo`lmangan o`zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Agar biror kishi boshqasiga magazin yoki oshxonaning ishlamayotganligi haqida xabar bersa u o`z hatti-harakatini o`zgartiradi. Boshqa magazin yoki oshxonaga borishi mumkin. Bu erda til yordamida berilayotgan informatsiya kishining hatti-harakatini boshqarmoqda. Bu tilning interaktsiya yoki kishining hatti-harakatini boshqarish vositasi sifatidagi funktsiyasidir. Tilning uchinchi vazifasi (funktsiyasi) kishining o`z tajribasi, va ijtimoiy tajriba asosida o`z hatti-harakatlarini boshqarishi bilan bog`liq. Odam biror muammoli vaziyatlarda o`z tajribasigagina asoslanib qolmay, boshqa kishilarning tajribalariga, umuman jamiyat tajribasidan ham foydalanadi. Ana shunday vazifalarni o`z oldiga quyish va hal qilish jarayoni INTELLEKTUAL AKT (harakat) deb ataladi. Intellektual harakat uch bosqichdan iborat bo`ladi: faoliyatni REJALASHTIRISH, uni AMALGA OSHIRISH, maqsad bilan SOLISHTIRIB ko`rish. Odamning individual harakatlari, asosan, mana shunday intellektual aktlardan tashqil topgan bo`ladi. Bu erda avvalombor odamlarning REJALASHTIRA OLISH qobiliyati yuzaga chiqmoqda. Bunday rejalashtirish va umuman fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli TILdir. Bu erda til intellektual faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasi bilan to`qnash keldik. Monologik nutq - nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir. Monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo`lishi, shu mazmun asosida o`z nutqiy mulohazasini izchil ravishda qura bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o`z nutqini (gaplarnigina emas) avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi (programmalashtiradi). Monologik nutq qiyin, murakkab bo`lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Masalan kichik bola yoki o`rganmagan kishiga o`z fikrini batafsil, monolog sifatida bayon qilish qanchalik qiyinligini barchamiz bilamiz. Shu sababli maktablarda, boshqa tipdagi o`quv yurtlarida monologik nutqni o`stirishga alohida e`tibor berish lozim. Ayniqsa o`qituvchi uchun "tili to`mtoq" bo`lishdan yomonroq, pedagogikaga zidroq narsa yo`q. Nutqning bu turini rivojlantirish uchun turli bahslar, ma`ruzalar bilan chiqishlar, treninglar o`tkazish lozim. Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarateristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshidir. Birinchidan, dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma`lum bo`lgan ayrim suzlar tushirib qoldiriladi. Shu sababli yozib olingan dialogik nutq o`zgalar uchun ko`pincha tushunarsiz bo`ladi. Ikkinchidan, dialogik nutq ixtiyorsiz, REAKTIV nutqdir. Dialogik nutq ko`pincha biror fikrga, lukmaga, hatto nutq bilan bog`liq bo`lmagan stimullarga javob tariqasida (qo`lini eshik qisib olgan kishi - "Ox, qurib ketsin!" deydi) yuzaga keladi. Uchunchidan, dialogik nutq nihoyat darajada OZ TARTIBLIDIR. Dialogik nutq davomida luqma tashlash odatda oldindan rejalashtirilmaydi. Agar dialogik nutq jaryonida rejalashtirishga to`g`ri kelsa ham bu oddiy rejalashtirish bo`ladi. Chunki, biz yuqorida ko`rsatib o`tganimizdek dialogik nutq kontekstga bog`liq ravishda boshqariladi. Ko`p hollarda u guyoki o`z-o`zidan "oqib" kelaveradi. Dialogik nutqda qo`llanilaverib odat bo`lib qolgan so`zlar va SO`Z birikmalari ("rahmat", "yaxshi", "marhamat") juda ko`p qo`llaniladi. Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko`pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida nomoyon bo`ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani echayotgan bo`lsak uni o`z-o`zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq - ya`ni fragmentar xarakterga ega bo`ladi. Sababi biz o`z fikrimizni, nima haqida o`ylab nima haqida "gapirayotganimizni" o`zimiz juda yaxshi tushunamiz. Ikkinchi tomondan, ichki nutqda biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo`lmaydi. Ichki nutq xaddan tashqari sharoitga bog`liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a`zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo`li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantikiy jihatdan oxirigacha olib boilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha etkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o`rganiladi.
Yozma nutq monologik nutqka juda yaqin turadi. Shu sababli ba`zi qo`llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko`rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqqa ham xosdir. YOzma nutq ogzaki monologik nutqka nisbatan birmuncha batafsilrokdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqaning bo`lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so`ray olmaydi, tushungan yoki tushunmaganini izhor qila olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsil, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og`zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o`zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta`lim olmoq zarur.

Download 3,73 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 3,73 Mb.