LINGVOKULTUREMA TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI




Download 3,73 Mb.
bet7/15
Sana25.05.2024
Hajmi3,73 Mb.
#253883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
DUNYONI INTERPRETATSIYA QILISHDA TILNING ROLI

LINGVOKULTUREMA TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Lingvokulturema – Lingvokulturologiyaning asosiy birligi sifatida
2. Lingvokulturema turlari
3. Lingvokulturemalarning xususiyatlari

Konseptni o’rganish bilan shug’ullangan atoqli tilshunoslaridan biri


S.A.Askoldov hisoblanadi. U konseptga “bu bir tur yoki boshqa turdagi
tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o’zida aks ettiradigan birlikdir”, deb izoh bergan.N.D.Aryutunova fikricha, konsept falsafadagi azaliy tushuncha bo’lib, milliy an’ana, hayotiy tajriba, din, ideologiya, folklor, san’at obrazlari kabi ko’plab
faktorlar va fikrlash jarayoni o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Konsept “inson va dunyo o’rtasida bog’liqlik o’rnatadigan madaniy qatlamni” o’zida namoyon qiladi. D.S.Lihacheva o’zining «Концептосфера русского языка» nomli ilmiy ishida konseptni “so’zning lug’aviy ma’nosi bilan insonning milliy qarashlari to’qnashuvi natijasida hosil bo’ladigan fikrlash jarayonining mahsuli”, deb ta’riflaydi. S.G.Vorkachev bu tushunchani “Konsept – tilda o’z ifodasi va lingvokulturologik spetsifikasiga ega tushuncha, tasavvur va bilimlar to’plamidir”, deydi. Bu madaniy tushuncha va tasavvurlar verballashgan fikrni ham anglatadi. Konsept milliy til va milliy tafakkurga tegishli elementdir. Abstraktlikning yuqori bosqichida semantik shakllanish konseptning o’ziga xosligidir.Bu bildirilgan fikr Yu.S.Stepanovaning bildirgan fikriga juda yaqin,“konsept bu madaniyat elementlaridan birining kishi tafakkuridagi shaklidir, xuddi shu shaklda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi”.
Turli tilshunoslarning ilmiy ishlarini solishtirish natijasida ko’plab xususiy xulosalar qabul qilindi. Konsept tushunchasining tilshunoslikda qabul qilinganligi madaniyat, ong, tafakkur va til birligining asosiy o’ziga xosliklarini aniqlashda, lingvistikaning kulturologiya, falsafa va kognitologiya aspektlari uchun yangi bosqich bo’lib xizmat qildi.
Lingvistik adabiyotlarda “konsept” tushunchasiga turlicha yondashuvlar mavjud, shu sababli ham bu termin haqida juda ko’p izohlar mavjud, turli yondashuvlar natijasida esa konseptning tasniflari ham turlicha aniqlanadi. Lingvistik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Masalan, hosildorlikni soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi
hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama
soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tah-lilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati vazifasi, maʼnosi va shahrik. belgilanadi. Bunda: qosildor yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy kiyem ga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub suz va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamasoʻzining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, lik suz yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, -n i qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning maʼnosi va shahrik. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil; 2) frazeologik taxlil; 3) semasiologik taxlil; 4) fonetik tahlil; 5) imloviy taxlil; 6) orfoe-pik taxlil; 7) morfem taxlil; 8) sintaktik tahlil; 9) punktuatsion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil.



Download 3,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 3,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LINGVOKULTUREMA TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Download 3,73 Mb.