TIL VA TAFAKKUR, TIL VA MADANIYAT BOG‘LIQLIGI
Reja:
1. Til, fikrlash va madaniyatning o'zaro bog'liqligi
2. Keng vaqtni tejash madaniyati
3. Til va tafakkur, til va madaniyat bog‘liqligi va farqi
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.
Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi o'ziga xos jihatlarning tilda aks etishini o'rganish lingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir[3,10]. Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o'zida madaniy semantikani namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi[3,9]. Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng asosiy Bu masalaning sub'yektiv tomoni. Tilning sharofati bilan olamni ma'lum darajada taffakkur qilishga rag'batlantiruvchi butun borliq esa xalqning ongida konkret til shakllarida namoyon bo'ladi. Til - ijtimoiy hodisa. Uni * j ijtimoiy munosabatlarsiz, boshqa odamlar bilan muloqot qilmasdan egallash mumkin emas. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, agar uning asosiy so'z boyligi, nutq qoidalari va tarkibi juda yoshlikdan egallangan bo'lsa, garchi bunda inson tajribasining juda ko'p jihatlari butunlay unutib yuborilgan bo'lsa ham, ona tilida gapirishni unutish aslo mumkin emas. Bu tilning inson ehtiyojlari uchun yuqori darajada moslanuvchanligidan dalolat beradi. Til bilan madaniyatning o'zaro munosabati xususida gapirganda "madaniyat" tushunchasi xususida batafsil to'xtalish zarur. Ushbu tushunchani talqin qilish yuzasidan ko'plab urinishlar mavjud. Masalan, G.V.Yelizarova "madaniyat" tushunchasini intuitiv jihatdan shaffof bo'lib tuyuladigan aksiomatik tushunchalar qatoriga kiritadi.Biroq bunday kompleks tushunchaga ta'rif keltirish nihoyatda murakkab holdir. Madaniyatning "Madaniyat - bu bizning bu yerda qanday yashashimizdir" kabi qaysidir bir jihatga to'xtalmasdan ushbu tushunchaning barcha qirralarini qamrab olishga intiladigan ta'riflar ham mavjud. Madaniyat ta'rifiga oid
boshlang'ich yondashuv madaniyat bu barcha jamiyatlarga xos bo'lgan gomogen holatdir, degan tasavvurga asoslangan. Jamiyatdagi tafovutlar ularning mohiyati, mazmunidagi farqlar sifatida emas, balki ayni bir holat - madaniyatning ravnaqi darajasidagi tafovutlar sifatida talqin etilgan. Yovvoyilikdan sivilizatsiyaga tomon taraqqiyot o'lchov mezoni bo'lib xizmat qilgan. Jamiyat o'z tasarrufida sivilizatsiyaning qanchalik ko'proq belgilariga ega bo'lsa, u madaniy jihatdan shunchalik ko'p taraqqiy etgan deb hisoblangan. Biz E.Teylor asarlarida madaniyatni tushunishga nisbatan shunday yondashuvning eng yorqin ifodasini uchratamiz. Uning ancha keng tarqalgan madaniyat ta'rifi madaniyatni bilim, e'tiqod, san'at, axloq, qonunlar, urf-odatlar va insonning jamiyat a'zosi sifatida orttiradigan boshqa har qanday belgilari va odatlarini o'z ichiga oladigan yaxlit kompleks hodisa sifatida ifodalaydi. Lekin bunday nuqtai nazar bilan kelishish qiyin: sivilizatsiya va madaniyat - bir-biridan ancha farq qiladigan tushunchalardir. Bir holatni boshqa bir holat orqali baholash mumkin emas, chunki ushbu har ikkala tushuncha turlicha ma'noli hollarga tegishlidir.
|