|
KOGNITIV METAFORA MENTAL VA MADANIY MODEL SIFATIDA
|
bet | 5/15 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 3,73 Mb. | | #253883 |
Bog'liq DUNYONI INTERPRETATSIYA QILISHDA TILNING ROLIKOGNITIV METAFORA MENTAL VA MADANIY MODEL SIFATIDA
Metaforalarning badiiy yoki lingvistik o'rganilishi Arastu davriga borib taqaladi. Faylasuf o'zining "Poetika" asarida metaforani borliqdagi atalmishlarning o'xshashligi asosida ifodalovchi ma'nosining qayta tushunilishi sifatida talqin qiladi. Tilshunoslar bu tushunchaning fanimizga ritorika orqalio'zlashganligini ta'kidlashadi. Bu atamani birinchi bo'lib Izokratning "Evagorus" deb nomlangan asarida qo'llangani haqida ma'lumotlar bor[1;110 -115] XX asrga kelib esa u haqiqiy ilmiy tadqiq ob'ektiga aylandi, tilning ajralmas va o'ziga xos fenomenlaridan biri sifatida lingvistikada o'rganila boshlandi.Bugungi kunda metafora tilshunoslikda hatto fan yo'nalishi darajasiga ko'tarildi va hozirda metaforologiya bo'yicha bajarilgan va amalga oshirilayotgan ishlarni sanash va qayd qilish imkoni cheklanib bormoqda. Bajarilayotgan ishlarda tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan tutashuvi natijasida yangi-yangi muammolar kun tartibiga qo'yilmoqda. Tilshunoslarning umumiy fikrlariga ko'ra, bugungi kunda metaforologiyaning quyidagi ikki yirik yo'nalishlari mavjudligini e'tirof etish mumkin: Metaforaning germenevtik tadqiqi muammolari qadimiy va hamisha navqiron holatdaligi bilan boshqa yo'nalishlardan ajralib turadi. Metaforik ma'noning lisoniy va kognitiv asosini aniqlash, sharhlash germenevtik yondashuvning asosini tashkil etadi. Muqaddas kitoblar yoki boshqa yozma yodgorliklardagi metaforik ma'nolarni sharhlash germenevtikada ustuvor sohalardan biri hisoblanadi. Bu haqda tilshunos P.Riker quyidagilarni yozadi: "Germenevtika deganda men matnlarni sharhlash, talqin qilishda ularni tushunish amaliyoti mexanizmini anglayman. Germenevtika atamasi matn talqinlarining izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirilishidan boshqa narsani bildirmaydi. Ketma-ketlik, bosqichma-bosqichlilik deganda men quyidagilarni tushunaman: tushuntirish, sharh deganda bevosita muayyan matnga nisbatan qo'llaniladigan usullar majmui tushunilsa, germenevtika tushuntirishning umumiy qoidalariga nisbatan qo'llanadigan ikkinchi darajali fan hisoblanadi. Shunday qilib, interpretatsiya (talqin) va tushunish orasida munosabat o'rnatmoq lozim bo'ladi. Tushunish deganda biz bir ong tomonidan uzatiladigan belgi ma'nolarini boshqa ong tomonidan ularning tashqi ifodalovchilari (noverbal vositalar, nutq) vositasida anglanish san'atini nazarda tutamiz. Tushunishdan maqsad - ifodalovchidan belgining mohiyatiga borish,
ifodalovchi orqali undan tashqariga chiqish demakdir. Tushunishdan talqinga o'tish esa belgining moddiy asosga egaligi, bu moddiy asosning modeli yozuv ekanligi bilan belgilanadi. Har qanday dog', iz, har qanday hujjat yoki yodgorlik, har qanday arxiv yozuv bilan qaydlangan bo'ladi va u tadqiqotchini talqinga chorlaydi. Metaforaning talqini, metaforani tushuntirish matn orqali amalga oshar ekan, uni germenevtik yondashuv sifatida baholash to'g'ri bo'ladi. Tilshunos O.N.Laguta metaforik matndagi metafora va ramzlar sistemasi eng murakkab hodisalarni ham tushuntirib berish darajasida bo'ladi"[5;4] Konfessional metaforalarni milliy metaforik qadriyatlar asosida tushuntirib berish muammosi esa maxsus tadqiq qilinishi lozimligi tilshunoslar tomonidan aytilgan. Lingvoaksiologik qarashlar zamirida metaforani milliy mental fenomen sifatida tan olish yotadi. Dj.Lakoff va M.Djonson ta'kidlaganlaridek, "nisbatan asosiy va fundamental qadriyatlar ushbu madaniyatning asosiy tushunchalarining metaforik strukturasi bilan to'la muvofiq keladi". Ular bir nechta sotsiologik tajribalar o'tkazganlar. Xususan, "baland/past" makon metaforalari asosida qator aksiologik modellar yaratganliklari tilshunoslikda qayd etilgan. Ular G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika madaniy hududlarida quyidagicha namoyon bo'lishini aniqladilar: "ko'p (miqdor) - yaxshi", "kattaroq (o'lcham) - yaxshi"Metafora bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ta'limiy ahamiyatga ham ega bo'lib, uni o'qitish, til ta'limi samaradorligi nuqtai nazaridan, xususan, xorijiy tillarni o'rgatish talabi asosida talqin qilish lingvodidaktik yo'nalishning mohiyatini tashkil etadi. Metafora milliy mental xarakterga ega bo'lganligi sababli uni o'qitish milliy xarakterni ochish va tavsiflash ishiga yo'naltirilgan bo'lib, murakkab didaktik jarayon sifatida namoyon bo'ladi. Dunyo tilshunosligida metaforik lingvodidaktika masalasi bo'yicha N.I.Jinkin, Ye.M.Vereshagin, V.G.Kostomarov, va Ye.D.Averina kabi olimlarning tadqiqotlari e'tiborga molikdir[3;8-9].O'zga ma'naviy olam metaforikasini o'qitish bevosita tarjima amaliyoti va nazariyasi bilan bog'lanib ketadi. Xususan, yuqorida ta'kidlangan milliy tarixiy shaxslar nomining o'zga xalqlar tomonidan metaforik asosda qabul qilinishi yoki ularga metaforik asosda uzatish chuqur va atrorflicha kognitsiyani namoyon qiladi. Zero, kognitiv kontseptning ham milliy xarakterga
e ga bo'lishi, boshqacha aytganda,bilimlarning milliy xoslanganligi bu kontseptlarni tashuvchi metaforik nomlar ham ob'ektiv voqelikka, ham milliy kontseptual bilimga mos kelishi lozim.
|
| |