E-qaror gov uz 448-6-85-Q/23




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.12.2023
Hajmi266,2 Kb.
#113872
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
448-6-85-Q 23

e-qaror.gov.uz
448-6-85-Q/23
2
tizimini takomillashtirishni ta’minlash hamda sohada izchil islohotlarni amalga
oshirish;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi - avtomobil
yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish,
ta’mirlash hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash va tabiiy
ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yagona
buyurtmachi hisoblanadi, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash,
saqlash va jihozlash, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini amalga
oshirish hamda yo‘l xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Transport nazorati inspeksiyasi - yo‘l-qurilish obyektlarida shaharsozlik
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi hamda avtotransport vositalarining ruxsat
etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshirish;
mahalliy hokimliklar - shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda
ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari,
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari
bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda yo‘l bo‘yi
infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
mustaqil muhandis konsultantlar - yo‘l qurilishi obyektlarida loyihani
muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlarini Xalqaro muhandis-
konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq amalga
oshirish;
loyiha va pudrat tashkilotlari - “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda
Davlat xaridlari elektron tizimi orqali o‘tkaziladigan xarid qilish tartib- taomillari
yakunlari bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish,
qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, shaharlar va boshqa aholi punktlari
ko‘chalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini
amalga oshirish;
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati
xavfsizligi xizmati - yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga
rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shaharlar va boshqa aholi punktlari
ko‘chalarini yo‘l harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlash ishlarini
ta’minlash, shuningdek, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yo‘l
harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlash ishlarini o‘rnatilgan tartibda
muvofiqlashtirish;
Yo‘l ishlariga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini



Download 266,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish