E-qaror gov uz 448-6-85-Q/23




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana08.12.2023
Hajmi266,2 Kb.
#113872
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
448-6-85-Q 23

e-qaror.gov.uz
448-6-85-Q/23
9
Viloyat hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi
boshlig‘i O.Inamovga - Dasturlar, “yo‘l xaritasi”, pullik avtomobil yo‘llarini tashkil
etish loyihalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari
hamda boshqa kredit muassasalari mablag‘lari hisobiga avtomobil yo‘llarini qurish,
rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar uchun
xorijiy investitsiya va imtiyozli kredit mablag‘larining belgilangan muddatlarda jalb
etilishi yuzasidan;
Viloyat prokurori U.Madraximovga - Dasturlar va hududlar kesimidagi asosiy
parametrlar doirasida mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan
doimiy nazorat o‘rnatish yuzasidan;
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Aliyevga - Dasturlar va “yo‘l
xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli amalga
oshirilishi, jumladan avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari
harakatlanishida o‘rnatiladigan cheklovlarga rioya etilishi hamda yo‘l harakati
qatnashchilarining harakat xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshirilishi yuzasidan;
Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Hamdamov hamda
Transport boshqarmasi boshlig‘i S.Turg‘unovga - Dasturlar va “yo‘l xaritasi”da
belgilangan chora-tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi, jumladan
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida standartlarni joriy etish, avtomobil yo‘llarini qurish,
rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarida sifat nazoratining Xalqaro muhandislar-
konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq amalga
oshirilishi yuzasidan;
shuningdek, sohaga ilg‘or raqamli texnologiyalar joriy etilishi, avtomobil
yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash obyektlari
tannarxi optimallashtirilishi, yo‘llarning jihozlanishi, kadrlar tayyorlanishi, yo‘l
xo‘jaligi sohasiga oid normativ-huquqiy baza takomillashtirish vazifalari
yuklatilganligi ma’lumot va ijrosini ta’minlash uchun qabul qilinsin.
4. Namangan shahri va tumanlar hokimlariga - Dasturlar va hududlar
kesimidagi asosiy parametrlar, “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar,
avtomobil yo‘llari bo‘yini ko‘kalamzorlashtirish ishlari parametrlari ijrosining
belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi hamda mahalliy budjetlardan talab
etiladigan mablag‘larni o‘z muddatida va to‘liq hajmda ajratib borilishi yuzasidan
shaxsiy mas’uliyat yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Tumandagi manfaatdor tashkilot va korxonalar mazkur qaror “yo‘l
xaritasi”da belgilangan topshiriqlar asosida ish tashkil etsinlar.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


e-qaror.gov.uz
448-6-85-Q/23
10
Tuman hokimi
A.Mansurov

Download 266,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish