E-qaror gov uz 448-6-85-Q/23




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana08.12.2023
Hajmi266,2 Kb.
#113872
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
448-6-85-Q 23

e-qaror.gov.uz
448-6-85-Q/23
4
oshirish belgilanganligi;
bunda, 2024-yildan boshlab har yili xalqaro moliya institutlaridan umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va sun’iy inshootlarni qurish,
rekonstruksiya qilish obyektlariga 300 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan
miqdorda kreditlar jalb qilib borish;
d) avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha
loyihalarning texnik topshiriqlarini majburiy ravishda Transport vazirligining
sohaviy ilmiy-texnik kengashiga kiritish belgilanganligi;
Shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab
yangidan boshlanadigan yo‘l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish
va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-
konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil
tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida yashil hududlarni barpo
e t i s h d o i r a s i d a A v t o m o b i l y o ‘ l l a r i q o ‘ m i t a s i t a r k i b i d a g i
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo‘linmalari 9-
ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahri hokimliklari tasarrufiga o‘tkazilganligi;
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari hamda xo‘jaliklararo
qishloq avtomobil yo‘llari mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lishi;
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 12-ilovaga muvofiq
tasdiqlanganligi;
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash maqsadida umumiy qiymati 28,2 mln yevro bo‘lgan xarid
qilinadigan maxsus yo‘l texnikalari ro‘yxati 13-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining ayrim hujjatlariga 14-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilganligi;
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi korxonalari tomonidan bajarilgan yo‘l ishlari
natijasida yuzaga kelgan 1,4 trln so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorliklar
bosqichma-bosqich to‘lanishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi
belgilanganligi;
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibida:



Download 266,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish