E-qaror gov uz 448-6-85-Q/23




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana08.12.2023
Hajmi266,2 Kb.
#113872
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
448-6-85-Q 23

e-qaror.gov.uz
448-6-85-Q/23
3
oshirish maqsadida shunday tartib o‘rnatilishi belgilanganki, unga muvofiq 2024-yil
1-yanvardan boshlab:
avtomobil yo‘llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish,
ta’mirlash hamda saqlashdan iborat bo‘lishi;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo‘l-qurilish ishlarini amalga oshirish,
shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini nazarda
tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etilishi;
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan
obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida uch yillik kafolatli
xizmat qilish muddati joriy qilinishi;
yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi
transport vositalari va avtopoezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan
tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatilishi belgilanganligi;
Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining quyidagi takliflari
ma’qullanganligi:
a) xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining
“Toshkent- Chinoz” yo‘nalishidagi 817-827 km qismini ilg‘or xorijiy texnologiyalar
va zamonaviy xalqaro standartlar asosida sement-beton qoplama qurgan holda
rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish ishlarini joriy yilda boshlashi;
b) xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida avtomobil
yo‘llarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yuqori
tezlikda harakatlanishga oid xalqaro talablarga muvofiq loyihalashtirish, qurish va
rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda kelgusida ushbu yo‘llarga
muqobil yo‘llar mavjud bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan pullik yo‘llar”
toifasiga o‘tkazish;
bunda, “pullik yo‘llar”dan olingan daromadlarni taqsimlash va ushbu yo‘llarni
boshqarish masalalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi;
v) 2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va sun’iy inshootlarni qurish,
rekonstruksiya qilish bo‘yicha avvalgi yillardan o‘tib kelayotgan obyektlarni ustuvor
ravishda yakunlashni nazarda tutish;
g) yangidan boshlanadigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari,
ko‘priklar va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish obyektlarini
moliyalashtirishni asosan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobiga amalga



Download 266,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish