E-qaror gov uz 448-6-85-Q/23




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana08.12.2023
Hajmi266,2 Kb.
#113872
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
448-6-85-Q 23

e-qaror.gov.uz
448-6-85-Q/23
7
foydalanishdagi avtomobil yo‘lini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida
xususiy sektorni jalb qilish loyihasi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
Viloyat hokimining o‘rinbosari (S.Sultanov), Iqtisodiyot va moliya bosh
boshqarmasi (Z.Baxriddinov), Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
(A.Xamdamov), “Namanganyo‘lko‘kalam” DM (A.Mannanov), Qurilish va uy-joy
kommunal xo‘jaligi boshqarmasi (D.Mirxanov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza
qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi (A.Jalilov) Namangan shahri va tumanlar
hokimliklari bilan birgalikda:
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llarini
loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash,
ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash
hamda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish uchun
mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tizimli ravishda mablag‘ ajratib borilishini;
avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalarida servis obyektlarini
joylashtirish hamda ajratilgan mintaqalarda yashil hududlarni barpo etish va ularni
lozim darajada saqlash bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro manfaatli
hamkorlik amalga oshirilishini;
mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda ta’mirlangan ichki xo‘jalik
yo‘llarini asrash, ularning shikastlanishining oldini olish choralarini ko‘rish,
yo‘llarning atrofini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga
oshirilishini;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi
punktlari ko‘chalarining ajratilgan yo‘l bo‘yi mintaqalarida noqonuniy qurilgan
bino-inshootlarning 2024-yil yakuniga qadar o‘rnatilgan tartibda bosqichma-bosqich
ko‘chirilishini hamda ajratilgan yo‘l bo‘yi mintaqalari tashqarisida joylashgan bino-
inshootlarga kirib-chiqish yo‘llarining shaharsozlik normalariga mos ravishda qayta
qurilishini ta’minlashlari;
Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Z.Baxriddinov) ikki oy muddatda
shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llarini
loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash,
ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish, sug‘orish tizimlarini barpo etish, yo‘l
bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlarini tizimli ravishda mahalliy budjet
mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning aniq mexanizmini ishlab chiqishi va
viloyat hokimi tasdig‘iga kiritishi;
Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi (A.Xamdamov), Ekologiya, atrof-
muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi (A.Jalilov),
“Namanganyo‘lko‘kalam” DM (A.Mannanov), Qurilish va uy-joy kommunal



Download 266,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 266,2 Kb.
Pdf ko'rish