• Abdulazizova Nilufar Abduraxmonovna - Farg’ona davlat universiteti katta o’qituvchisi ABSTRACT
  • Econferencezone org April 28 th 2022




    Download 192.3 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana03.11.2023
    Hajmi192.3 Kb.
    #93927
      1   2   3
    Bog'liq
    Mustaqil ishlar mavzulari(2), 0, kredit foiz stavkasi, Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari, Шодмонкулова Нигора, sinf burchagi11, ona tili majburiy, test tikuvchi, 3-modul-27-dars-ayollar-koylagini-tikish-, 400910860082287092902079001 18.06.2022 18:11:38, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 3, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 2, Yakuniy davlat imtihoni bayonomasi, yakuniy, qurilish-korxonalarida-sifat-menejmenti-tizimini-joriy-qilish-davr-talabi


    Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
    Hosted New York, USA 
    httpseconferencezone.org 
     
    April 28
    th
     2022 
    118 
    O’QUVCHILARDA ZARARLI ODATLARGA QARSHI IMMUNITETNI 
    SHAKLLANTIRISHDA BO’SH VAQTLARINI TASHKIL ETISH 
    OMILLARI 
    Abdulazizova Nilufar Abduraxmonovna - 
    Farg’ona 
    davlat universiteti katta o’qituvchisi 
    ABSTRACT 
    The factors of everyday activity of students are described in this article, correct organization of the daily 
    routine and of leisure of pupils, prophylaxis of pernicious habits at pupils, practising music, painting
    literature, theatre and other types of art, rich in content organization of leisure of pupils. 
     
    KEYWORDS:
    pernicious habits, mental and physical perfection, spare time of students. 
    Inson organizmi doimo oziq-ovqatni talab qiladi va ushbu ovqat hisobidan o’zida energiya jamlaydi. Lekin, 
    turmushda shunday narsalar borki, o’smirlik davrida organizm talab qilmasa ham, uning har narsaga 
    qiziquvchanligidan spirtli ichimliklar ichish, tamaki va nos chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish 
    singari zararli odatlarga o’rganadi. Avvalo bu odatlarni uni o’zlashtirgan shaxs boshqarsa, vaqt o’tishi bilan 
    zararli odatlar shartli ravishda uni boshqaradi. Ya’ni inson o’zi-o’zini boshqarish qobiliyatidan mahrum 
    bo’ladi. 
    Shuning uchun ham xalqimizga bu xususida tushunchalar berish ularning ushbu odatlar bilan 
    shug’ullanishning oldini oladi. Zararli odatlarni bartaraf etishda me’yoridagi parhez, jismoniy mashq va turli 
    sport o’yinlari, to’g’ri mehnat faoliyati va dam olish tartibi muhim ahamiyatga ega. Chunki, sog’lom turmush 
    tarzi - bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikmalarga ega 
    bo’lishi asosida hayotiy faoliyatini yo’lga qo’yishi hamda salomatligining yuqori darajada bo’lishiga 
    erishishni ta’minlovchi shakl bo’lib, u kun tartibiga rioya qilish, faol jismoniy harakat asosida organizmni 
    chiniqtirish, sport bilan shug’ullanish, to’la va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishda gigienik qoidalariga rioya 
    qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy 
    tarbiya olish, zararli odatlardan o’zini tuta bilish va hokazo holatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
    Pedagogik faoliyatning ustuvor yo’nalishi sifatida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish va 
    ularning o’quv-biluv faoliyatini rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli 
    tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi.
    Prezidentimiz yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, 
    ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan 
    foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar 
    bandligini oshirish masalalariga e’tibor karatdi.
    “Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim 
    olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo’sh vaqtini 
    mazmunli o’tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo’lsa, 
    turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo’ladi”
    1
    O’smirlik asosan 11 dan 16 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda o’smir organizmning o’sish 
    va rivojlanishi tezlashgan bo’lishi, organ va organizm funktsiyalarini takomillashuvi kabilar bilan 
    xarakterlanadi. O’quvchilarning uzoq vaqt davomida ish qobiliyati va nerv sistemasi qo’zg’alishini yuqori 
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 19 март куни ўтказган видиоселектрда сўзлалаган нутқи. 
    https://xabar.uz/kmd.



    Download 192.3 Kb.
      1   2   3




    Download 192.3 Kb.
    Pdf ko'rish