|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq uslubchining-liderlik-va-rahbarlik-xususiyatlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
952
w
www.oriens.uz
February
2022
–ta’lim-tarbiya
sifatini
yaxshilash,
bolalarni
maktabgacha
ta’limga
tayyorlashdagi dolzarb masalalarni pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish va
unda pedagogik kengash a’zolarining faol ishtirokini ta’minlash, kiritilgan
masalalarni chuqur o‘rganish, natijalari bo‘yicha sifatli, tahliliy, tanqidiy ma’lumotlar
tayyorlash, qabul qilingan qaror va buyruqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini
tashkil etish hamda ta’minlash;
–tashkilotning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarini tegishliligi bo‘yicha
sifatli va samarali o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, pedagogik jamoaga ta’limdagi
yangiliklarni yetkazish bo‘yicha nazariy, amaliy seminar mashg‘ulotlarini tashkil
etish;
–tashkilotdagi guruh xonalarini bolalar yoshiga mos ravishda jihozlash
yuzasidan tegishli maslahatlar berish;
–ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun zarur chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
–axborot va pedagogik texnologiyalarni, jumladan masofaviy o‘qitish usullarini
tashkil etish ishlarini qo‘llash va takomillashtirishni ta’minlash;
–tashkilot pedagog xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobatli muhitni yaratish
maqsadida ko‘rik-tanlovlar, tadbirlar, sport musobaqalari, o‘quv va amaliy seminarlar
tashkil etish va o‘tkazish;
–tarbiyalanuvchilar va ota-onalarni qiziqishini orttirish uchun turli sport
musobaqalari, bayram ertaliklari, ochiq mashg‘ulotlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishini
tashkil etish;
–tashkilot xodimlariga vakolati doirasida topshiriqlar berish va ularning
bajarilishini nazorat qilish, xodimlarning kasbiy mahorati va metodik salohiyatini
oshirish ishlarini tashkil etish;
–tashkilot pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat
intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish, o‘z vakolati doirasida eng faollarini
rag‘batlantirish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda takliflar kiritish;
–tashkilotni o‘quv-didaktik, metodik va ko‘rgazmali materiallar, o‘yin,
o‘yinchoqlar va musiqa asboblari bilan jihozlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va
rahbariyatga taklif kiritish;
–tashkilotda ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, sanitariya
qoidalari va gigiyena normalariga, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, texnika va
yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.
|
| |