• Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 433,58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/9
    Sana14.02.2024
    Hajmi433,58 Kb.
    #156507
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    uslubchining-liderlik-va-rahbarlik-xususiyatlari

    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 2 | ISSUE 2 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor
     
     SJIF 2022: 5.947 
    Advanced Sciences Index Factor 
     ASI Factor = 1.7 
    955 
    w
    www.oriens.uz
    February
    2022
     
    Psixologik talqin bo’yicha, jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeni 
    egallovchi xodim rahbar bo’lib hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeni 
    egallovchi shaxs esa – liderdir.
    Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar tizimida amalga 
    oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan olinishi unga hissiy yaqinlikni, 
    uning ish bilan bog’liq bo’lgan qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu
    shaxsning guruh manfaatlariga e`tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning
    hamma a`zolari tomonidan tan olingan shaxs.
    Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har
    narsadan ustun qo’yish, doimo guruh oldiga qo’yilgan vazifani echishga
    sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta olishidir.  
    Mehnat jamoasidagi lider avvalambor o’zining ishchanlik xususiyatlari bilan 
    farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli boshqalardan ajralib 
    ko’zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar 
    ekan, kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar
    manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada, jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider 
    o’rtasida ziddiyat paydo bo’lishi mumkin. Korxona manfaatidan kelib chiqsak,
    jamoadagi rasmiy rahbar va norasmiy tizimda shakllanuvchi lider bir shaxs
    orqali ifodalanishi eng maqbul holdir.
    Zamonaviy psixologiya fani, o’z yutuqlari orqali, liderga xos fazilatlar tabiati va
    unga erishish yo’l-yo’riqlari haqida etarlicha ma`lumot bera oladi. Shu 
    munosabat bilan liderga xos bo’lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin: 
    1) 
    jamoa manfaatlariga yo’nalganlik;
    2) 
    kasbiy mohirlik, har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni
    o’z bo’yniga olish va ishni oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo’lish;
    3) 
    emotsional, hissiy jalb etuvchanlik xislatlari; 
    Yuqorida sanab o’tilgan xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o’z 
    mantiqiga ega. Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, hissiy jalb etuvchanlik odatda lider 
    shaxsda juda yorqin ko’zga tashlanishi shart emas ekan. Shaxsda bu ko’rsatkichning 
    o’rta me`yorda mavjudligi, uni liderlik darajasida tan olinishi uchun etarlidir.
    Lekin insonga xos hissiy jozibadorlik ko’rsatkichi pastligi ish yuzasidan
    o’tadigan muloqot va muzokaralarga salbiy ta`sir etishi mumkin. Rahbarning
    muloqot sirlarini yaxshi bilishi orqali atrofdagilarda o’zi haqida ijobiy taassurot
    uyg’ota olishi ushbu ko’rsatkichni oshirishdagi asosiy vositadir. Rahbarlik
    tayinlanuvchi lavozimdir, liderlik esa hamfikrlar tomonidan ko’tarilgan shaxs
    mavqeidir. Agar rahbar va lider o’rtasidagi farqga e`tibor beradigan bo’lsak,



    Download 433,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 433,58 Kb.
    Pdf ko'rish