|
Educational, natural and social sciencesBog'liq uslubchining-liderlik-va-rahbarlik-xususiyatlariMUHOKAMA VA NATIJALAR
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlarini talab darajasida amalga
oshirish, tarbiyachilarda mehnat intizomiga qat’iy amal qilish ko’nikmasini, bir-
birining kamchiliklariga tanqidiy munosabatni shakllantirish, mehnat va ijodiy
faolligini oshirish orqali ish samaradorligini oshirish; qabul qilingan qarorlarning o’z
vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uslubchidan yuksak bilim va malaka,
tarbiyachilar bilan ularning ruhiyatini inobatga olgan holda ishlash salohiyati, katta
tajriba hamda ko’plab ma’naviy fazilatlar sohibi bo’lishni talab etadi. Shuning uchun
ishini endi boshlayotgan har bir yosh mutaxassis yordam va maslahatga muhtojligini
e’tiborga olib, uni yetarli bilim va tajribaga ega murabbiyga biriktirish maqsadga
muvofiqdir.
Uslubchi jamoani boshqarishda o’zi shaxsiy namuna bo’lishi lozim, ya`ni
u barcha ishlarni oldida, boshida bo’lib yetakchilik qiladi. Umuman olganda
ko’p adabiyotlarda «lider» so’zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari
ko’p uchraydi. O’ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo’lgan
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
954
w
www.oriens.uz
February
2022
psixologik tavsifni to’la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so’zi guruhga munosabat
sifatida, uning a`zolariga ta`sir o’tkazuvchi va maqsadga etaklovchi shaxsga
nisbatan ishlatiladi.
Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali
aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo’lgan fazilatni ifodalovchi yana
qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz.
Bunday talqinda liderga xos bo’lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning
vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati
tug’iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo bo’lgan qiyinchilikni bartaraf
etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni
echish bilan bog’liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o’zining ilg’orligi,
peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o’zbek tilida aynan shu ikki ibora -
«peshqadam» va «etakchi» so’zlari majmuasi lider mohiyatini to’la ifodalashi
mumkin.
Nazarimizda, «Yetakchi» so’zi shaxsning guruhni etaklashga, boshchilik
qilishga bo’lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa
ma`lum fazilatlarga ega bo’lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning
o’z ixtiyoriga ko’ra o’zi ishongan odam borayotgan yo’lni tanlashini anglatadi.
Aynan shu holat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu
xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o’zgalarni o’ziga jalb etish fazilatida
namoyon bo’ladi. Shunday qilib, «lider» so’zini faqat «etakchi» atamasi bilan
almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo’yadi.
Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo’llanmamiz matnida «lider» so’zidan
foydalanishni ma`qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so’zidagi izohiy
ma`noni anglab olish o’zbek kitobxoni uchun tanish holdir.
Liderlik va rahbarlik. Mehnat jamoasidagi har bir xodim guruhda o’zining
mavqeiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki norasmiy tarzda qo’lga kiritilgan bo’lishi
mumkin. Rasmiy mavqe xodimning mansab pog’onasidagi o’rni va uning
lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har qanday xodim
o’z hamkasabalari bilan o’zaro munosabatda bo’lar ekan, turli omillar ta`sirida
bu munosabatlar hissiy rang ola boshlaydi.
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko’rinishda - yoqtirish (simpatiya)
va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular
o’zining ma`lum xislatlari bilan jamoaning ko’pchilik a`zolarida simpatiya uyg’ota
oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori mavqeni egallaydilar.
|
| |