Oriental Renaissance: Innovative




Download 433.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana14.02.2024
Hajmi433.58 Kb.
#156507
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
uslubchining-liderlik-va-rahbarlik-xususiyatlari
6- mavzu. Ikki taktli chiqish kaskadlari, 7-lab, Dasturiy injiniring 5-21 nazoart ishi 1 semestr, Mavzu Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish, Simsiz aloqa kanallari, @bankirkundaligi, 01.1. Свод пахта терим 22.10.2023 й, 1-mavzu, Document-WPS diplom, (2 Nusxa) Adam Smit asarlarida klassik maktab g`oyalarining yanada rivojlantirilishi., Kozim Mazbudov, final for students, 1-Mavzu, CHIQISH KASKADLARNI TIJAMKOR RIJIMLARDA ISHLASHI
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
957 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
natija samarasini belgilaydi. YAqin paytgacha psixologiya faniqa shaxsning 
liderlik xislatlarini shakllantirish bo’yicha «Xislatlar nazariyasi» degan ta`limot 
etakchi bo’lib kelgan. Bu ta`limotga binoan liderlikni ifodalovchi bir necha 
xislatlar mavjud va ushbu xislatlar majmuasi shaxsning o’zgalarga ta`sir etish 
qobiliyatini belgilaydi. Ammo, aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki majmuasi 
shaxsni lider darajasiga ko’tara olmaydi va bu xislatlar soni bir necha o’ntalikdan 
iborat bo’lishi mumkin. Bu xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi 
boshqa tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki mazmun-
mohiyatiga aylantirish o’ta murakkab masaladir. Ko’p yillik psixologik tadbirlar 
bunday yo’lning kammahsul ekanligini ko’rsatdi.
Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy yondoshuvlaridan
biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu qobiliyatni imkon
bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday yondoshuv «situativ
liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga 
erishish yo’lida muammoli vaziyatda o’z qobiliyatini namoyon eta olishi tushuniladi.
Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir necha liderga ega bo’lishi mumkin va
kezi kelganda har bir jamoa a`zosi muammoli vaziyatni hal etish borasida o’z
qobiliyat va imkoniyatini namoyish eta oladi.
XULOSA 
Fikrimcha, samarali foliyat olib boruvchi rahbar o’z jamoasida aynan
shunday muhitni yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o’z
imkoniyatini ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi va
boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin. Buning uchun jamoa, har 
qanday vaziyatni hal etishda chuqur mas`uliyat his etuvchi va o’z ishining ustalari 
bo’lgan professional xodimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo 
shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo’luvchi ko’pgina muammoli
vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga ega. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, liderlik ko’p jihatdan shaxs tug’ma qobiliyalarining etarli darajada 
shakllanganligi bilan xarakterlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan biri – guruh 
manfaati haqida g’amxo’rlikdir. Shuning uchun ham liderlik ta`rifidagi asosiy 
ma`no kasb etuvchi tomonlar bu – shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli
hal eta olish qobiliyati va guruh manfaati yo’lidagi jonbozligi deb tushunilishi 
mumkin. Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir asosiy
tomon – jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. Turli mehnat jamoalari



Download 433.58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 433.58 Kb.
Pdf ko'rish