81
Bob bo‘yicha xulosalar
O‘lchash texnikasining rivoji uchun yangi o‘lchash usullari asos bo‘lib
xizmat qiladi. Keyingi paytlarda yangi o‘lchash usullarining paydo bo‘lishi nafaqat
atrof muhitni tekshirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan
yangi fizikaviy
hodisalarning ochilishi, balki yangi hususiyatlarga ega bo‘lgan
birlamchi
o‘lchash o‘zgartkichlarini(datchiklarni) ishlab chiqarish texnologiyasining tez
rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Uchinchi bobda
yuqorida bayon qilinga
ma’lumotlar bilan bir qatorda eksperiment natijalarini statistik ishlov berishning
zamonaviy usullari bo‘yicha ishlanmalar keltirilgan.
82
Umumiy xulosalar
O‘lchash davomida tadqiqonchi ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra
(o‘lchash moslamasining xatoliklari tufayli) doim xatoliklarga duch keladi. Ilmiy-
tadqiqot ishlarini o‘tkazishda muqarrar bo ‘lgan xatoliklarni(absolyut,
nisbiy va
keltirilgan) to‘g‘ri baholash, o‘lchash sharoitiga bog‘lab o‘lchash uslubiyatlarini
va o‘lchash insrumentlarini to‘g‘ri tanlash doimo o‘zining
dolzarbligini
yo‘qotmaydi.
Elektr asboblari elektr va radiotexnika, aloqa uskunalari, avtomatlashtirish va
kompyuter texnikasini sozlash, ishlatish va ta’mirlashda,
shuningdek, imiy-
tadqiqot ishlarini dajarishda keng qo‘llaniladi.
Elektrotexnologiyalardan
agrar
sohada
samarali
foydalanishning
imkoniyatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining
urug‘lariga, chigitga elektrli ishlov berish(elektrofizik ta’sir o‘tkash) o‘simlikning
rivojlanishiga ijobiy turtki bo‘lib, uning turli kasalliklarga
uchrashini keskin
kamaytiradi, natijaviy masulot sifatini yaxshilaydi.
Mazkur monografiyaning o‘lchash asoslari bo‘yicha ma’lumotlar deb
nomlangan birinchi bobida tadqiqot natijalariga statistik ishlov berishning nazariy
asoslari, o‘lchash xatoliklari va ularning tabaqalanishi haqida tahliliy fikrlar bayon
qilingan, nazariy ma’lumotlar ko‘rib chiqilgan.
Elekton otsillografda ishlash bo‘yicha tayyorlabgan ikkinchi bobda elekton
ossillografda ishlash usullari, multimetr bazasidagi ossillografda ishlash usuli va
olingan natijalarga ishlov berish asoslari yoritilgan. Bob elektr o‘lchash natijalarini
mikrokalkulyatorlar yordamida qayta ishlash usullariga doir ma’lumotlar
bilan
davom ettirilgan.
Uchinchi bobda eksperiment natijalarini statistik ishlov berishning zamona-
viy usullari bo‘yicha ishlanmalar keltirilgan.
Qo‘lyozmaning har-bir bobi qisqacha xulosalar bilan yakunlangan.